Ma`ruza 13 rdb tokarlik dastgohlarining tuzilishi va asosiy qismlari Reja Detal va zagotovkalar konturining elementlari



Yüklə 10,42 Kb.
səhifə1/4
tarix26.04.2023
ölçüsü10,42 Kb.
#103088
  1   2   3   4
Ma`ruza 13 rdb tokarlik dastgohlarining tuzilishi va asosiy qism-fayllar.org


Ma`ruza 13 rdb tokarlik dastgohlarining tuzilishi va asosiy qismlari Reja Detal va zagotovkalar konturining elementlari

Ma`ruza 13

RDB tokarlik dastgohlarining tuzilishi va asosiy qismlari

Reja:1. Detal va zagotovkalar konturining elementlari.

2. Tokarlik ishlov berish uchun asboblarni tanlash

3.Tokarlik ishlov berishida qirqish rejimlari parametrlarini tanlash.

4.G00 va G01 kodlarining tahlili

 

 

 



Detal va zagotovkalar konturining elementlari.
Detallar konturi. RDB stanoklarda ishlov beriladigan detallar yuzalari aylanish o‘qiga perpendikulyar tekisliklar, o‘qdosh silindrlar, konuslar, sferalar, torlar va ixtiyoriy yasovchiga ega aylanish yuzalariga hamda rezba hosil qiluvchi vintsimon yuzalarga bo‘linadi. Bu yuzalarning yasovchilari to‘g‘ri chiziq, aylana va nuqtalar ketma-ketligi bilan berilgan chiziqlardan iborat bo‘ladi. Texnologik nuqtai nazardan bu geometrik elementlar va ularga mos keladigan yuzalarni asosiy va qo‘shimchalarga bo‘lish qabul qilingan.
Detal konturining asosiy elementlariga plandagi bosh burchagi φ= 950 va yordamchi burchagi φ1= 300 bo‘lgan konturli ishlov berishga mo‘ljallangan keskichlar bilan ishlov berish mumkin bo‘lgan hosil qiluvchi yuzalar kiradi. Bunday keskichlar tashqi va yon yuzalar uchun o‘tish, ichki yuzalar uchun teshik yo‘nish keskichlariga kiradi. Ko‘rsatilgan keskichlar bilan shakl yasash mumkin bo‘lmagan yuzalarni hosil qiluvchi elementlar qo‘shimcha elementlarga kiradi.
1–rasm. Detal konturini tashkil etuvchi yuzalar: 1–6 – asosiy yuzalar (1 –yon; 2 – radiusli yon; 3 – tashqi silindrik;4 – konus; 5 – konussimon faska; 6 – silindrik teshik), 7–13 – qo‘shimcha yuzalar (7 – rezba orti ariqchasi; 8 – rezbali yuza; 9 – tashqi trapetsiyasimon ariqcha;10 – burchak ariqcha; 11 – ichki to‘g‘ri burchakli ariqcha; 12 –yon yuzdagi ariqcha; 13 – tarnov).
Kichik va o‘rtacha seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida, o‘rtacha o‘lchamdagi RDB tokarlik stanoklarda ishlov beriladigan detallar uchun zagotovka sifatida qirqilgan prokat foydalaniladi. Zagotovka diametri 50 mm va undan ortiq bo‘lganda har bir detal uchun donali zagotovkalar qo‘llaniladi. Maksimal diametri 50 mm dan kichik detallar uchun bir nechta detallarga bitta zagotovka foydalanishi mumkin. Markazlarda ishlov beriladigan detallar uchun zagotovkalar ikki tomondan markazlangan bo‘lishi va yonlardan bir tomoni qirqilagan bo‘lishi kerak. Uzunlik bo‘yicha ruxsat etilgan chetga chiqish 0,6 mm dan oshmasligi kerak [9]. Zagotovka sifatida pokovkalar foydalanilganda mahkamlash uchun mo‘ljallangan yuzalar oldindan yo‘nilgan bo‘lishi kerak. Agar termoishlov talab qilinsa, termoishlov zagotovkaga RDB stanokda ishlov berishdan oldin amalga oshirilishi kerak. Zagotovka konturi ko‘pchilik hollarda to‘g‘ri burchakdan iborat bo‘ladi. Quyma yoki shtampovka foydalanilganda zagotovka konturi shakldor bo‘lib, detal konturiga o‘xshab to‘g‘ri chiziq kesmalari va aylana yoylaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Yüklə 10,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin