Reja ishlab chiqarish rejasi tarkibi va ko’rsatkichlar tizimi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#179826
  1   2   3   4   5
Lecture 7


7-MODUL. YALPI ISHLAB CHIQARISH SHAROITLARIDA I.CH. TARMOQLI REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
MODULE 7: PLANNING AND MANAGEMENT OF THE PRODUCTION NETWORK UNDER GENERAL PRODUCTION CONDITIONS
REJA
1. Ishlab chiqarish rejasi tarkibi va ko’rsatkichlar tizimi.
2. Ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi.
3. Ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi
1. Ishlab chiqarish rejasi tarkibi va ko’rsatkichlar tizimi
Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib, odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu bo’limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat
Ishlab chiqarish rejasi bo’limi quyidagi tuzilmaga ega bo’lishi mumkin
• ishlab chiqarish texnologiyasi;
• ishlab chiqarish kooperatsiyasi;
• ishlab chiqarish jarayoni nazorati;
• atrof muhit muhofazasi tizimi;
• ishlab chiqarish dasturi;
• ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi;
• ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi.
• xarajatlar bashorati
Noishlab chiqarish firmalari uchun uzoq muddatli aktivlar va aylanma mablag’larga bo’lgan talab va harajatlar bashorati «Moliyaviy reja» bo’limida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish rеjasi
Ishlab chiqarish dasturini rеjalashtirish
Dizaynni rеjalashtirish
Assortimеntni rеjalashtirish
Mahsulot hajmini rеjalashtirish
Ishlab chiqarish dasturini bajarishni rеjalashtirish
Ishlab chiqarish tеxnologiyasini rеjalashtirish
Oqim tarzida ishlab chiqarish
Tayyorlash turini rеjalashtirish: - Donalab; -Sеriyali
Tayyorlashning sеx tamoyili
Ommaviy
Ishlab chiqarish rejasining tarkibini sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin.
Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ushbu bo’limning muhim tashkil etuvchilaridan biri ishlab chiqarish jarayonini bayon etish, ta’riflashdir. Unda ishlab chiqarish shakli (donalab, seriyalab, ommaviy), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish tsikli (davri) tuzilmasi aks ettiriladi. Texnologik jarayon chizmasini hamda yuk oqimi chizmasini keltirish mumkin. Mavjud texnologiyani quyidagi yo’nalishlar bo’yicha baxolanadi:
• texnologiyaning zamonaviy talablarga mos kelishi:
• ishlab chiqarish jarayonining avtomatlashganligi darajasi:
• ishlab chiqarish jarayonining moslashuvchanligi, qayta sozlashga sarflanadigan vaqtni qisqartirish:
• mahsulot chiqarishni tezda qisqartirish yoki ko’paytirish imkoniyatlari.
Biznes-rejada ko’zda tutilgan texnologiyani takomillashtirish va rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.
Biznes-rejada texnologiyadagi taklif etilayotgan o’zgarishlar natijasida mahsulot sifati, ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot bahosidagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish kerak.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi. Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa, buni biznes-rejada alohida qayd etish lozim. Kooperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlarining minimumlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi. Hamkorlarni tanlashda ularning ishonchliligi, ishlab chiqarish, moliyaviy, xodimlar bo’yicha imkoniyatlari, nufuzi hisobga olinadi.
Biznes-rejada subpudratchi-firmalarning nomi, joylashgan joyi va manzilgohi, ular tomonidan bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish. Korxonada foydalaniladigan mahsulot (xizmat) sifatini boshqarish tizimi ko’rib chiqiladi. Mahsulot sifatini nazorat qilishning uslublari va vositalari, tarkibi bayon qilinadi. Mahsulot tayyorlash, xizmat ko’rsatish sifatini tartibiga soluvchi me’yoriy-texnik xujjatlar ko’rsatilishi mumkin. Bundan tashqari tannarxga kiruvchi materiallar, mehnat va boshqa elementlar bo’yicha xarajatlarni nazorat qilish uslublari ko’rsatilishi ham mumkin.
Atrof muxitni himoya qilish tizimi. Biznes-rejada atmosfera, suv resurslari kabilarga ta’sirni baholash keltiriladi. Chiqindilarni qayta ishlash, yo’q qilish bo’yicha tadbirlar xarajatlari ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish dasturi bozorni o’rganish, korxona quvvatlarini baholash va sotuv hajmini bashorat qilishdan so’ng ishlab chiqiladi. Gap shundaki, loyihalarning aksari qismi uchun korxona ish boshlagan dastlabki yildayoq muvaffaqiyatga erishishi real vazifa emas. Ishlab chiqarish faoliyati boshlangan zahoti belgilangan quvvat bilan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga bo’lgan engil va oziq-ovqat sanoati uchun ham birinchi yilda ishlab chiqarish hajmi korxona quvvatlari yo’l qo’yishi mumkin bo’lgandan kamroq miqdorda rejalashtiriladi. Biroq bu doimiy qoidaga aylanib qolmasligi kerak.
Biznes-rejada har bir turdagi mahsulotning natural birliklaridagi ishlab chiqarish xajmi va uning oxirgi uch yildagi o’zgarishlari to’g’risidagi hamda bu ko’rsatkichlarning kelgusi 3-5 yildagi qiymatlari keltiriladi. Ishlab chiqarish dasturining asosiy ko’rsatkichlari yalpi mahsulot, tayyor (tovar) mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish (ishlov berish tugallanmagan mahsulot) hisoblanadi.
Tayyor (tovar) mahsulot hajmi ishlab chiqarish dasturiga muvofiq, har bir mahsulot turi uchun belgilangan narxlar bo’yicha quyidagicha aniqlanadi:
,
bu yerda
Qtm - tayyor mahsulot hajmi, qiymati, so’m;
a, , ... n — mahsulot (ish, xizmat) nomenklaturasi;
Qa, Qb,… Qn – mos keluvchi mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarishning yillik hajmi, o’lchov birliklarida;
BBa, BBb, ... BBn — mos keluvchi mahsulot birligining bozor bahosi (narxi), so’m/birl.
Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
Qtug = Qs  Td  TNr Kmah
bu erda:
Qtug - tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, so’m;
Qs - o’rtacha 1 sutkada mahsulot ishlab chiqarish xajmi, o’lchov birliklarida;
Td - ishlab chiqarish davri (tsikli) muddati, kun;
TNr - rejadagi mahsulot tannarxi, so’m/birl.;
Kmah - mahsulot bo’yicha xarajatlar o’sishining o’rtacha koeffitsienti (0,5 - 0,75 atrofida).

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin