Reja ishlab chiqarish rejasi tarkibi va ko’rsatkichlar tizimi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#179826
1   2   3   4   5
Lecture 7

Yalpi mahsulot quyidagicha aniqlanishi mumkin:
Qya = Qtm  Qtug
bu erda: Qtug - yil boshida va yil oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o’zgarishi.
Ishlab chiqarish xajmini mahsulot turlariga ko’ra davrlar bo’yicha bashorat qilish quyidagicha amalga oshiriladi: birinchi yil-choraklar bo’yicha (zarur hollarda oylar bo’yicha), ikkinchi yil-yarim yillik yoki choraklar bo’yicha, keyingi davrlar-butun yil bo’yicha (7.1 -jadval).

Mahsulot turi

O’lchov birligi

Davrlar bo’yicha ishlab chiqarish xajmi

1- yil

2-yil

3-yil

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

I Yarim yil

II Yarim yil

7.1-jadval. Ishlab chiqarish dasturi.
4. Ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish
quvvatlari bilan asoslanishi
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati bu belgilangan muddat ichida tayyorlanishi mumkin bo’lgan mahsulot birligi yoki hajmidir. Qisqa vaqt uchun olingan korxona quvvatlari doimiy kattalik bo’lishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish hajmi va chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi o’zgargan sari o’zgartirishlar kiritish zarurligini nazarda tutish kerak.
Korxonaning zarur quvvatlarini aniqlash quyidagilarni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy tadqiqotlar davomida amalga oshiriladi:
• muayyan mahsulot turi uchun bozorga kirib borish darajasi va talab bashorati;
• talab qilinuvchi resurslarning mavjudligi;
• ishlab chiqarish turi (donalab, seriyali va hokazo);
• chiqarilayotgan mahsulot yoki ko’rsatilayotgan xizmat turi;
• qo’llanayotgan texnologiya;
• mazkur ishlab chiqarishning o’zini qoplovchi (rentabelli) minimal hajmi.
Korxonaning boshlang’ich (yil boshidagi), chiqish (yil oxiridagi), o’rtacha yillik va loyiha quvvatini ajratib ko’rsatish mumkin. Bulardan oxirgisi qurilish loyihasida ko’rsatilgan quvvatdir. Qayta ta’mirlash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashdan so’ng loyiha quvvatiga o’zgartirish kiritish mumkin. Shu sababli amaliyotda ko’pincha loyiha quvvati korxonaning amaldagi quvvati bilan taqqoslab ko’riladi. Korxonaning amaldagi quvvati ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati odatda etakchi (asosiy) tsexlarning quvvatiga, tsexlar quvvati esa etakchi uchastkalar quvvatiga, uchastkalar quvvati esa etakchi asbob-uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilab beruvchi asosiy elementlar quyidagilardan iborat:
• asbob-uskunalarning tarkibi va turlari bo’yicha soni;
• asbob-uskuna, qurilma va stanoklardan foydalanishning texnik-iqtisodiy normalari;
• asbob-uskunalarning ishlash vaqti fondi;
ishchilar soni;
• chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti.
Korxonadagi etakchi bo’g’in (tsex) ishlab chiqarish quvvatini quyidagi formula asosida hisoblash mumkin:
bu erda:
M - sexning, uchastkaning ishlab chiqarish quvvati, belgilangan o’lchov birligida;
n - sexda (uchastkada) etakchi asbob-uskunalar soni;
Fmaks - etakchi asbob-uskuna ishlab berishi mumkin bo’lgan maksimal vaqt fondi, soat;
Mm - etakchi asbob-uskunada mahsulot tayyorlash uchun mehnat sig’imining progressiv normasi, soat.
Korxonada mavjud quvvatlarning ishlab chiqarish dasturiga mos kelishini aniqlash uchun o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab chiqiladi. U quyidagicha topiladi:
bu erda:
Mo’r. yil. - korxonaning o’rtacha yillik quvvati;
My.b. - yil boshidagi korxona quvvati;
Mk - yil davomida kiritilgan quvvat;
Mch - yil davomida ishlab chiqarishdan chiqib ketuvchi quvvat;
n1, n2 – mos holda quvvatlarni kiritish va chiqib ketishi davridan yil oxirigacha bo’lgan to’liq oylar soni.
Quvvatlarni kiritish, chiqib ketishi va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq boshqa tadbirlar ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlarining balansini tuzish yo’li bilan hal qilinadi. Bunda korxonaning zarur quvvatlarga ehtiyoji va ularni qoplash manbalari aniqlanadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin