Ma`ruza 13 rdb tokarlik dastgohlarining tuzilishi va asosiy qism-fayllar.org
Tokarlik ishlov berish uchun asboblarni tanlash. Asboblar nomenklaturasi. RDB stanoklarda qo‘llanadigan asboblarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga o‘z o‘qi atrofida aylanadigan asboblar kiradi. Ular uchun umumiy bo‘lgan holat shundan iboratki, ularning qirqish tezligi stanok bosh yuritmasining aylanish chastotasi va asbob diametri bilan aniqlanadi. Bu guruhga teshiklarga ishlov berish uchun sterjensimon asboblar (parmalar, zenkerlar, razvyortkalar, metchiklar va h.k) frezalar kiradi. Ikkinchi guruhga tashqi va ichki aylanma yuzalarni yo‘nish hamda yon yuzalarni qirqish uchun keskichlar kiradi. Surish yo‘nalishiga qarab o‘tish keskichlari ishlov berish sxemalarini amalga oshirishda foydalaniladigan o‘ng va chap turlarga bo‘linadi. Tashqi silindrik, konussimon va yon yuzalarga ishlov berish uchun ko‘pchilik hollarda uch xil turdagi o‘tish keskichlaridan foydalaniladi. Plandagi bosh burchagi φ= 950 va yordamchi burchagi φ1= 50 bo‘lgan xomaki, plandagi bosh burchagi φ= 950 va φ1= 50 toza va burchaklari φ= 950 va φ1= 50 kombinatsiyalangan qirqib quyish keskichlari (3.5 rasm).
2-rasm. RDB tokarlik stanoklar uchun ishchi zonasi yo‘nalishi ko‘rsatilgan qirqish asboblari nomenklaturasi: 1 – spiral va markazlovchi parma; 2 – chap o‘tish keskichi; 3 – o‘ng o‘tish (qirqib kirish) keskichi; 4 – chap o‘tish (qirqib kirish) keskichi; 5 – chap va o‘ng konturli keskichi; 6 – o‘tish teshik yo‘nish keskichi; 7 – konturli teshik yo‘nish keskichi; burchak ariqchalari uchun keskich; 9 - qirqib kirish keskichi; 10 – yon ariqchalarni kesish uchun keskich; 11 – rezba keskich; 12 - qirqib tushirish keskichi; 13 – burchak ariqchalarni kesish uchun keskich; 14 – teshik yo‘nib qirqib kirish keskichi; 15 – rezbali teshik yo‘nish keskichi.
Zenkerlarni odatda RDB tokarlik stanoklarda foydalaniladigan asboblar nomenklaturasiga kiritishmaydi. Chunki bunday stanoklarda teshiklarga ishlov berishni teshik yo‘nish keskichlari bilan bajarish yuqori mahsuldorlikni ta’minlaydi va ishlov berilgan yuzalar ham sifatliroq bo‘ladi. Razvyortkalar bo‘yicha ham xuddi shunday. RDB tokarlik stanoklar teshik yo‘nish keskichlari yordamida aniqligi va yuzasining sifati bo‘yicha razvertkalashda olish mumkin bo‘lgan teshiklardan past bo‘lmagan teshiklar olish imkoniyatini beradi.
Shuning uchun razvyortkalarni ham stanokning asosiy asboblari nomenklaturasiga qo‘shish maqsadga muvofiq emas. Ular faqatgina detallarning katta partiyasida kichik diametrli teshiklarga ishlov berishda samarali bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha yuzalarga ishlov berish uchun qirqib kirish keskichlari (tashqi, ichki va yon yuza uchun), burchak ariqchalar uchun tashqi va ichki keskichlar, hamda metrik va dyumli rezbalar uchun tashqi va ichki rezbalar kesish keskichlaridan foydalaniladi.