8-mavzu. Globallashuv davrida axborot makoni va g’oyaviy mafkuraviy kurashlar



Yüklə 63,69 Kb.
səhifə3/6
tarix16.05.2022
ölçüsü63,69 Kb.
#58128
1   2   3   4   5   6
Глобаллашув[1]

Axborot xurujlari – bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo’naltirilgan ta’sir bo’lib, uning asl maqsadi o’sha shaxs, tashkilot va davlatni normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning g’arazli niyatlaridan kelib chiqadi, shuning uchun ham ular mohiyatan ijtimoiy psixologik hodisalardir.

Oxirgi paytlarda turli xorijiy OAV orqali tarqatilayotgan turfa xil asosli-asossiz axborotlarda odamlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ma’lumotlar tarqatilmoqdaki, ularning ta’sirida ayrim odamlar va yaxlit ijtimoiy guruhlarda bir-biriga nisbatan ba’zan agressiv, ochiq deviant (normal xulq shaklidan chekingan) xatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar yuzaga kelmoqda. Bunga biz chet el OAVning 2005 yil may oyida Andijonda bo’lib o’tgan voqyealarni sharhlashlarida guvoh bo’lganmiz. O’shanda ayrim xorijlik jurnalistlar voqyealarning asl mohiyatini xaspo’shlash, noto’g’ri talqin qilish orqali jamiyatimizdagi barqarorlikka tahdid solmoqchi bo’lgan edilar. O’zbekiston OAV orqali voqyealarning xolis, ochiq bayon etilishi esa, bunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlagan muhim manba rolini o’ynagan edi.

Mutaxassislar kompyuter jinotchiligining quyidagi turlarini farqlaydilar:1 1) terrorizm; 2) josuslik (xalqaro va sanoat sohasidagi); 3) ekstremistik guruhlar faoliyati (siyosiy, ekologik va diniy yo’nalishlardagi); 4) uyushgan jinoyatchilik va qalloblik; 5) xakerlar faoliyati (alohida va uyushgan guruhlar).

Yuqori axborot texnologiyalari sohasida esa quyidagi toifali jinoyatchilik turlari farqlanadi: a) xakerlar (ingliz tilidan olingan: hackers) – kompyuterlar va axborot tizimlarini juda yaxshi biladigan odamlar; b) krekerlar (ingl. srackers) - axborot tizimning xavfsizligini ataylab buzib, ruxsatsiz unga o’zgartirish kiritish bilan shug’ullanadigan insonlar; v) frikerlar – ( ingl. phreakers) turli xil telekommunikasiya tizimlarida qo’poruvchilik bilan shug’ullanadiganlar.

Bu kabi jinoyatchilar guruhi odatda yirik kommunikasiya tarmoqlarida qo’poruvchilik bilan shug’ullanib, bank va jamoat tartibini saqlash muassasalari tarmoqlaridagi axborot tizimini buzishga harakat qiladilar, chunki bu ishlarning tagida yotgan maqsad hamisha g’arazli bo’lib, u yirik pul mablag’lariga ega bo’lish bilan bog’liqdir. Bugungi kunda AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi davlatlar ana shunday yirik elektron terrorizmning xavfi ostida qoldi. Bu kabi ishlarga ayrim-alohida shaxslar kirishsa, ularni tezda aniqlab topish, jazolash mumkin, lekin bunga uyushgan jinoyatchilar guruhi kirishsa, buning xavfi kattaroqdir.

Informasion tahdid va uning psixologik mohiyati ko’plab siyosatchilar, psixologlar izlanishlarining predmetiga aylanib bormoqda. Rossiyalik olim G. Pochepsovning ta’kidlashicha, axborot urushida eng avvalo psixologik qonuniyatlar inobatga olinadi, chunki uning asosiy mo’ljali – inson ongidir. Shu kabi tahdidlar uchun o’ziga yarasha himoyalanish qurollari ham ishlab chiqilmoqda. Axborot-psixologik qurol – bu yangi turdagi qurol bo’lib, u ommaviy axborot vositalari, kompyuter o’yinlari, Internet tizimi yordamida inson ongi orqali uning psixikasiga ta’sir ko’rsatishga mo’ljallangandir.

Shunday qilib, axborot urushi – bu gumanitar sohada bir ijtimoiy guruhning boshqa bir ijtimoiy guruh manfaatlaridan qat’i nazar, uni o’ziga tobe qilish, o’z qadriyatlariga ko’ndirish, bo’ysundirishga qaratilgan uzoqni ko’zlagan siyosatidir. Bunda asosiy qurol rolini cheksiz ma’lumotlar makonida faoliyat yurgizayotgan elektron ommaviy axborot vositalari o’ynaydi.



  1. Yüklə 63,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin