2019-yil 18-avgust Samarqand shahri. Samarqaand viloyat hokimligi adliya boshqarmasi nomidan(bundan keyin ish beruvchi deb qayd etiladi) boshqarma boshlig`i va O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasining katta o`qituvchisi Berdiyev Husan Xolnazarovich(bundan keyin ish bajaruvchi deb qayd etiladi) birgalikda yshbu mehnat shartnomasini quyida bayon etilgan majburiyat va vazifalarni bajarish bo`yicha kelishib, imzoladilar.
Mazkur mehnat shartnomasining asosi viloyat adliya boshqarmasi idora a’zolari, notariat idoralari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) idoralari xodimlariga lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi va imlo qoidalarini o`rgatish bo`yicha amaliy o`quv mashg`ulotlarini tashkil etish hisolanadi.
I. Ish beruvchi: I.1. Ish bajaruvchi tomonidan tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlangan o`quv-ish dasturi asosida guruhlarga taqsimlangan adliya boshqarmasi xodimlariga, notariat va FHDY xodimlariga belgilangan xonalarda va paytda oquv mashg`ulotlari o`tish uchun barcha sharitlarni yaratadi, tinglovchilarning to`liq ishtirokini ta’minlaydi.
I.2. Ish bajaruvchiga o`tilgan har bir soatlik amaliy mashg`ulot uchun oliy o`quv yurtlari talabalriga o`tiladigan darslarga soatbay asosida to`lanadigan ish haqiga ellik foiz miqdorida ustama qo`shib to`laydi.
II. Ish bajaruvchi: II.1. Amaliy o`quv mashg`ulotlarini tegishli o`quv dasturi va ish rejasiga asosan ish beruvchi tasdiqlagan dars jadvaliga binoan sifatli o`tilishini ta’minlaydi.
II.2. Guruhlar bo`yicha o`quv mashg`ulotlarining natijalari yuzasidan har bir xodimning olgan bilim darajasi, yangi alifbo va imloda qay darajada ish qog`ozlari yurita olish malakasi to`g`risida ish beruvchiga yozma ravushda axborot beradi.
II.3. Ushbu mehnat shartnomasi tomonlarning o`zaro kelishuvi asosida tuzilgan bo`lib, unda ko`rsatilgan shartlar to`liq bajarilgunga qadar kuchda bo`ladi.
II.4. Shartnomada ko`zda tutilgan majburiyat va vazifalarning bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan nizolar amaldagi qonun va qoidalar asosida hal etiladi.