4.Qiyalikda yozish malakasini shakllantirish yo'llari Yozishga o'rgatishning birinchi kunlaridayoq o'qituvchi oldida o'quvchilarni qiya yozish malakasini shakllantirish vazifasi turadi. Yozuv daftarlarida qiya qatorlar yo'q. Bular kerak ham emas, chunki bu ko'nikmanlar asta-sekin mashqlar jarayonida shakllanib, mustahkamlanib borishi kerak. Qiya yozish qog'oz holatiga ham bog'liq. Agar qog'oz kerakli holatda qo'yilgan bo'lsa, yozuv o'z-o'zidan qiya bo'laveradi va yozish jarayoni ozod va oson kechadi.
Yozuv qiyaligi 65°(gradius)ni tashkil qilishi kerak. Bu barcha ta’lim bosqichlarida qo’llaniladigan umumiy qoidadir. Birinchi navbatda o'qituvchining o'zi qiya yozishdan maqsad, uning ahamiyati va mohiyatini tushunib olmog'i lozim. Daftar odatda parta ustida chap tomonga 65° qiyalikda qo'yilishi lozim, shundan so’’ng yozuv o’ng tomonga 65° qiyalikda bo’ladi (2-rasm).
Boshlang’ch sinfda ikki chiziqli daftar yo’li kichik harflar uchun 4 mm, bosh harflar uchun 8mm o’lchamda bo’ladi,bir chiziqli daftar yo’li 8 mm o’lchamda bo’ladi. O’quvchilarni bir chiziqli daftatga yozishga o’rgatishda yozuv mashqlari o’tkaziladi:
/ / / / / / i i i i i i uu uu uu aaaa Harf qiyaligini saqlab yozishda, qo’l harakatini uzmay yozish malakalari mustahkamlanib boradi. Bir chiziqli daftarga yozishda ba’zi o’quvchilar bir harfni katta, ikkinchisini kichik, baland-past qilib yozadilar. O’qituvchi daftarlarni tekshirganda shu so’zni tuzatib yozib qo’yishi kerak.
Qiya yozilgan yozuv bilan tik yozilgan yozuvning farqi o’quvchilarga ko’rsatiladi. (tik) (qiya) ona, ana, non ona, ana, non Harf shakllarini yozishni o’rgatayotganda o’qituvchi doskaga yozib ko’rsatadi. So’ng parta oralab ko’rib chiqadi.noto’g’ri yozganlar ogohlantiriladi.
III sinfda o’quvchilar chiroyli yozish malakalarini yaxshi o’rganib oladilar. Endi o’quvchilar ancha maydaroq yoza boshlaydilar. III sinfda yil boshidan bir chiziqli daftarga kichik harflarni 3 mm. balandlikda, bosh harflarni 6 mm balandlikda yozishlari kerak.
Bu ishlarni yil davomida olib borish kerak.III sinfda o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgatish uchun ham tayyorgarlik mashqlari o’tkazish va chamalashga o’rgatish lozim.