Fanlar tizimida “ijtimoiy tarmoq” iborasi birinchi bor Jon Berns19 (Jn A.Barnes) tomonidan 1954 yilda kiritilgan. Uning fikricha, bir individning atrofidagi ijtimoiy tarmoqning kattaligi taxminan 150 kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Keyinchalik
u gumanitar fanlarning turli sohalari, jumladan sotsiologiyada ham muntazam qo‘llanila
boshlandi. BusohadaYa.Morenotomonidaneksperementolibborilganvau“Ijtimoiy tarmoqlar tahlili” fan tarmog‘ining asoschisi hisoblanadi. Shuningdek, algoritmik axborot nazariyasini sun’iy intellekt yaratish ustida ijtimoiy tarmoqlar nazariyasining yetakchilari sifatida g‘arb olimlari R.Solomonoff va A.Rapoportlarning bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. 1959-1968 yillarda venger matematiklari P.Erdyosh va A.Reni ijtimoiy tarmoqlar shakllanishining prinsiplarini ta’riflovchi maqolalar nashr etdilar. D.Uotts va S.Strogach ijtimoiy tarmoqlar nazariyasini rivojlantirib, klasterlashtirish koeffitsientini ilmiy muomalaga kiritdilar.
XX asrning 70-chi yillarida sotsial tarmoqlarga oid tadqiqotlarning sotsiologik va matematik usullari majmuasi shakllandi va ular ijtimoiy tarmoqlarning hozirgi zamon tahliliga ilmiy asos bo‘ldi. Keyingi chorak asr davomida shu sohada ish olib borganolimlar tasnifiga ko‘ra, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning tahliliga asosiy 4tayondashuv mavjud.20 Bular: 1) Tuzilmali yondashuv (asosan tarmoqning geometrik shakliga e’tibor beriladi); 2) Resursliyondashuv (aktorlar imkoniyatlari ularning resurlariga qarab tasniflanadi, bunda individual resurslar sifatida bilimlar, boylik, nufuz
v.h. ko‘rib chiqiladi); 3) Normativyondashuv (aktorlar orasidagi ishonch darajasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda aktorlarning hulq-atvori va o‘zaro hamkorligiga ta’sir qiladigan norma, qoida va sanksiyalar o‘rganiladi); 4) Dinamik yondashuv (vaqt o‘tishi davomida tarmoqlardagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratiladi).
Ijtimoiy tarmoq fenomenining global virtual muloqot tizimidagi o‘rni, jamiyat rivojlanishi va unga axborot texnologiyalarining jadallik bilan kirib kelishi ijtimoiy tarmoqlar tushunchasini yanada kengaytirdi va ulardan foydalanish shaklini o‘zgartirdi21. Sotsial tarmoqlaryangi fenomen bo‘lib,uningtashuvchilarinafaqat so‘zlar,balkirasm,surat,kino,video,tovush,veb-sahifakabi,axborotyokimatnnitashuvchisisifatidanamoyonbo‘laoluvchiharqandayob’ektbo‘lishimumkin. Zamonaviypostindustrial-axborotlashgan jamiyatlar rivojlanishi natijasida sotsial tarmokdagi axborotga bo‘lgan talab ortib borib, an’anaviy ommaviy axborot vositalariga bo‘lganidan ham qolishmaydigan darajaga yetdi. Dunyodagi eng katta sotsial tarmoq bo‘lmish Facebook 2012 yil yakuniga ko‘ra 1 mlr.dan ortiq faol foydalanuvchiga ega. Shu bois, milliardlab odamlar uchun axborot manbai sifatida xizmat qiluvchi sotsial tarmoqlarning bir shakli, ob’ektiv shart-sharoitlar va sub’ektiv omilar uyg‘unligi ta’minlash mmuhim ahamiyat kasb etishini taqozo qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar transformatsiyasini madaniy omillar ta’siri kontekstida tahlilqilish ularning regulyativ funksiyasi va intellektual salohiyatini e’tiborga olgan holda, jamoatchilik nazoratini samarali institutsional mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.22