Kasb tanlash ijtimoiy foydali mehnatga o’z hisasini qo’shish zarurligini anglash natijasida kasbga yo’nalish.
Proforientatsiya - yoshlarni hohish istaklari qiziqishlari qobiliyatlariga qarab xalq xo’jaligi mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik-pedagogik va tibbiy kasbga yo’naltirish.
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omilar quyidagilardan iborat.
ta’lim tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining mazmuni va metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi.
O’quvchilarni kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi ekanligi.
Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.
Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning alohida ajratib ko’rsatilishi.
Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko’lamda yo’lga qo’yilishi .
Maxsus muassasalar faoliyati.
Kasbga oid ko’rgazmalar sayohatlar uyushtirilishi.
Ijodkor nufuzli mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.
Kasb tanlashda mahalliy matbuot radio va televideniyaning ishtiroki.
Psixolog K.K.Platonov “Kasb tanlashga yo’naltirish uchburchagi” sxemasini ishlab chiqib u o’zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo’llashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo’naltirish uchburchagining muhim tomoni bu har xil kasb hunar egasiga nisbatan quyiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyatning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo’yicha bilimlar mujassasmlashganligidir. Yana bir o’ziga xos tomoni shundan iboratki kasbga yo’naltiruvchining qunti qobiliyati shaxsiy xususiyatlari bo’yicha bilimlar umumlashtirilgan bo’lib kasb tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo’naltirilgan uchburchagi shaxsning qiziqishi mayli hohishi o’zini o’zi baholashi nufuzi kabilarga oid materiallarni o’zida mujassasmlashtiradi.
V.A.Krutetskiy o’spirinlarda uchrash mumkin bo’lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tadi:
-biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi.
-vatanga foyda keltirish istagi
-shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilib ko’rsatish
-oilaviy an’analariga rioya qilishi
-do’stlari va o’rtoqlaridan o’rnak olganligi
-ish joyining va o’quv yurtining uyga yaqinligi
- moddiy ta’minlanganlik
- o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir.
Psixolog Ye.A.Klimov tomonidan o’spirinlarda kasb tanlash jarayonida uchraydigan xatoliklarni quyidagilar deb ajratib ko’rsatadilar:
-biror bir kasbning nufuzli ekanligiga bahs borishdagi dogmalarga asoslanish
-kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish
-biror kasb egasi bo’lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo’lishni tegishli kasbga ko’chirish
-kasbning oddiy kundalik tomonini nazar pisand qilmasdan uning tashqi tomoniga sirtiga mahliyo bo’lish
-o’rtoqlarining ta’siri ostida kompaniya uchun kasb tanlash va boshqalar.
V.SHubkin qiziqarli ma’lumotlarni keltirb o’tadi ma’lum bo’lishicha maktabni bitirib chiqayotgan yoshlar fizik radiomutaxassis matematik uchuvchi geolog vrach adabiyot va san’at xodimi kasblarini juda yuqori baholar ekanlar. Xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasblarning sotuvchilar umumiy ovqatlanish kommunal korxonalar xodimlari tikuvchilar shuningdek hisobchilik ish yurituvchilik buxaterlik kasblarining mavqei juda past ekan. G.Kulagin ham maktabni bitirib chiqayotganlar orasida turli kasblarning qanday mavqeiga ega ekanligi haqida yorqin ma’lumotlar keltiradi. Ana shu yoshlar 80 ta kasbni muhimligiga qarab quyib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin unga ko’ra tokar va usta kasblarini 39-40 o’ringa quygan bo’lsalar ayrimlari 75-76 o’ringa quyishgan.
Kasbiy niyatlarning barqarorligini o’rganish maqsadida N.I.Krilov o’tkazgan tekshirish shuni ko’rsatadiki hatto o’z niyatlarini amalga oshirib oliy o’quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko’plari o’zlarining kim bo’lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab maktabni bitirgan yoshlarini mazkur oliy o’quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy amaliy mazmuni o’rtasidagi nomuvofiqlikdir. Ko’plari mazkur oliy o’quv yurtiga tasodifan kirgan bo’ladilar otam ham vrach bo’lgani sababli kirdim, o’rtog’im kirayotgani sababli kirdim chunki bu yerga kirish osonroq bo’ldi va hokazo.
A.V.Darinskiy yoshlarni oliy ma’lumot olishning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlari ham mavjudligini ko’rsatib o’tadilar.
-ilk o’spirin o’zlari tanlagan oliy o’quv yurtga kirish uchun imtihon topshiradigan 3-4 ta fanni chuqur o’rganshni mo’ljallaydilar xolos. Boshqa fanlarni o’rganishga vaqt sarflash oqilona va samarali ish deb hisoblanmaydi uch baho olinsa bo’lgani.
-tanlagan fanlarini o’rganish ham to’g’ri ko’rsatib o’tilganidek oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlari topshirish talablariga mos keladigan pragmatik xarakterga ega bo’ladi.