turli xildagi to`garak seksiya, bilim uylari faoliyat ko`rsatishi va unda zarur sharoitlarning yaratilganligi,
oila muhitida yaratilgan moddiy va ma`naviy shart-sharoitlar hamda shaxslarning ruhan rag`batlantirish yo`lga qo`yilganligi,
shaxslar bilan o`zaro muloqot o`rnatishning uzluksizligi va oilada shaxslararo iliq psixologik muhitning hukm surishi,
turli televizion bahslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik bo`yicha musobaqalar uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyati yaratilgailigi,
ortiqcha informatsiya va xabarlar ko`lamini kamaytirish (masalan, avtomat o`yinlar, videolar),
zararli odatlar va qiliqlar bilan shug`unlamaslik muammosining qo`yilishi, uning yechimi (ichish, chekish va boshqalar),
bolalar va o`quvchilarni ro`zg`or ishlari bilan band qilib qo`yishlik va oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi,
hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli o`quvchilar va talabalar o`rtasida o`quv motivlariga kuchli ta`sir o`tkazayotganligi,
kollej va oliy o`quv yurtlarida ta`lim-tarbiya tizimini yangicha, yangi pedagogik texnologiya asosida tubdan qurish zaruriyati mavjudligi,
o`quvchilar va talabalar o`rtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatga, isrofgarchilikka, fidoiylikka nisbatan qarashlarini keskin o`zgartirish masalalari vujudga kelmoqda.
Bizningcha, yuqorida ba`zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun intellektual testlar mohiyatiga milliy va umumbashariy fazilatlar to`g`risidagi g`oyalarni singdirish yuqori natijalar beradi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari: Tafakkur haqida tushuncha.