8-Mavzu: intellekt va kreativlik режа



Yüklə 23 Kb.
səhifə1/4
tarix02.12.2022
ölçüsü23 Kb.
#71986
  1   2   3   4
8-Mavzu intellekt va kreativlik режа


8-Mavzu: INTELLEKT VA KREATIVLIK
Режа:

  1. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.

  2. Intellekt va kreativlik nazariyalari.

  3. Ijodiy tafakkurning tarkibiy qismlari

  4. Intellektni o`lchash metod va metodikalari.

  5. Intellekt sohasidagi buzilishlar.

Intellekt va kreativlik haqida tushuncha. Intellekt va kreativlik nazariyalari. Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko`ra, intellekt lotincha so`zdan olingan bo`lib, u odatda aql-idroq anglash, tushunish, fahmlash degan ma`noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir.


O`z davrida AQShlik psixolog F.Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat degan g`oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini xaspo`shlab ko`rsatadi:

  • sonli operatsiyalarga nisbatan qobiliyatlik,

  • lug`at boyligi ko`lami,

  • geometrik shakllar o`rtasidagi o`xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan o`quvchanlik,

  • shaxs nutqining tezligi yoki sur`ati, shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi,

  • xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi.

Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib "birlamchi aqliy potensiyalar" deb ataydi. Muallif yetti xildagi potensiyalar o`zaro farqlanishini ta`kidlab o`tadi:

  • insonning hisoblash qobiliyati ko`rsatkichi,

  • og`zaki so`zning ixcham ifodalashi ko`rsatkichi, nutq yordami bilan tez o`qish texnikasining egallaganligi,

  • og`zaki ma`lumotlarni to`la idrok qilish yoki idrok qilingan so`zlarni tushunish, anglash,

  • fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (o`quvchanligi),

  • xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi,

  • fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatliligi,

  • shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur`ati.

Fransuz psixologi T.Ribo idrok ko`lamining kengayishi, bilimlarning ko`payishi, diqqatni bir davrning o`zida bir nechta ob`ektga qarata olishi - inson intellekt taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo`lishi mumkin ekanligini ta`kidlaydi:

  • shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi,

  • inson identifikatsiyasi (o`quvchilar o`qituvchining bilimlarini o`ziga singdirish jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o`zlashtirib borish va boshqalar),

  • refleksiya (inson o`zini-o`zi anglash hamda bo`lg`usi faoliyatni amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tug`ilishi kabilar).

Sh.Byuler intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat bo`lishi shart deb hisoblaydi:

  • sinkretizm (tushunchalarni bir-biridan ajrata olmaslik holati),

  • agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni noadekvat, noto`g`ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo`laklariga binoan bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish),

  • xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o`zi tug`ilib o`sgan Vataniga biron-bir jihatdan yordam berishi,

  • realiya (realizm, ya`ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yakdil tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat fikrlashning ko`rinishi singari.

Jahon psixologlari to`plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib intellekt muammosini tadqiq qilishda diqqat-e`tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb hisoblaymiz:

  • intellektning yosh davr xususiyatlari bog`liqligi,

  • jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi,

  • millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi,

  • oilaning ijtimoiy-iqtisodiy statusi bilan uyg`unlashuvi,

  • ota-onalarning ma`lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi,

  • biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol o`ynashi va hokazolar.

Uzluksiz ravishda o`tkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir qator ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi intellekt muammosini o`ziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keldi:

  • muammo yechimi uslubi va strategiyasi,

  • intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi,

  • vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki mahsuldorligi (ma`noviy, miыdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funksional tomonlari, yo`nalishlari,

  • alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni taqozo etish xususiyati, holati,

  • kognitiv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar.

Psixolog olimlarining kuzatishlariga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday omillar bilan uzviy bog`liq ekanligi ko`zga yaqqol tashlandi:

  • bilish, o`qish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi,

  • yangilikni qidirish, muammo yechimini topish, muayyan vositalar tanlash hamda tadqiqiy, ijodiy faollik namoyon bo`lishi,

  • mustaqil yechishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi, ilgarilab ketib yechish imkonining mavjudligi va "aytib berish", luqma tashlash jarayonida erkinlik, qo`rqinch hissining yo`qligi,

yuksak nafosat va ma`naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga nisbatan qobiliyatlilik ularni baholash va o`lchash funksiyasining tug`ilishi, uning boshqaruvchanligi.

Yüklə 23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin