8-Mavzu: Ma’lumotlarning dinamik tuzilmalari Reja



Yüklə 26,66 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü26,66 Kb.
#208580
1   2   3   4   5   6   7
8-Mavzu Ma’lumotlarning dinamik tuzilmalari Reja-hozir.org

Bir bog’lamli ro’yxatlar

Bir bog‘lamli ro‘yxat elementi ikkita maydondan iborat bo‘lib, ulardan biri ma‘lumotlar maydoni (INFO) bo‘lsa, ikkinchisi ko‘rsatkichlar maydonidir (PTR)



Bir bog ’lamli ro‘yxatning umumiy ko‘rinishi
Ko‘rsatkichning asosiy xususiyati shundaki, u faqat keyingi elementning adresini saqlab turadi. Ro‘yxatning oxirgi elementining ko‘rsatkich maydoni bo‘sh (NIL) bo‘ladi. LST ko‘rsatkich ro‘yxat boshining adresini saqlaydi. Ro‘yxat bo‘sh bo‘lganda LST=NIL bo‘ladi.
Ro‘yxat elementlarini qayta ishlash faqat uning boshidan boshlab ketma-ket bajariladi, ya‘ni ro‘yxatning boshidan oxiriga qarab borish mumkin emas.
Halqasimon bir bog'lamli ro‘yxat. Halqasimon bir bog'lamli ro‘yxat oddiy bir bog'lamli ro‘yxatda oxirgi element ko‘rsatkichiga ro‘yxat boshining adresini ta'minlash bilan hosil qilinadi.

Xalqasimon bir bog’lamli ro‘yxatni hosil qilish
Ikki bog’lamli ro’yxatlar
Bir qator masalalarni yechishda bir yo‘nalishli ro‘yxatlarni qo‘llash qiyinchiliklar tug‘diradi. Gap shundaki, bir yo‘nalishli ro‘yxatlarda faqat bir yo‘nalishda - boshidan oxiriga qarab harakatlanish mumkin. Ko‘pincha berilgan xususiyatga ega bo‘lgan elementni tanlash va undan oldin turgan elementni qayta ishlashga zaruriyat paydo bo‘ladi. Lekin bir bog‘lamli ro‘yxatda tanlangan elementdan oldingi elementga osongina murojaat qilishning iloji yo‘q. Buni amalga oshirish uchun algoritmni murakkablashtirish zarur. Bu noqulay va maqsadga muvofiq emas. Bu noqulayliklarni yo‘qotish uchun ro‘yxatning har bir elementiga yana bir yangi maydon qo‘shish zarur. Bu maydon qiymati o‘zidan oldingi elementga murojaatni ta‘minlaydi. Bunday turdagi elementlardan tashkil topgan ma‘lumotlarning dinamik tuzilmasi ikki yo’nalishli yoki ikki bog’lamli ro’yxat deyiladi.
Ikki bog‘lamli ro‘yxatlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ixtiyoriy elementining ikkita ko‘rsatkichi mavjud bo‘lib, bittasi o‘zidan oldingi elementni ko‘rsatib tursa, ikkinchisi esa keyingi elementni ko‘rsatib turadi .


Yüklə 26,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin