8-mavzu. Ma‟naviy hayotdagi o`zgarishlar, madaniy


O„z.R.Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan. 24.01.2020



Yüklə 113,66 Kb.
səhifə15/15
tarix12.06.2023
ölçüsü113,66 Kb.
#128970
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
8-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

O„z.R.Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan. 24.01.2020.).
Prezidentimiz ta‘kidlab o‗tganlaridek turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog`iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. 2020 yilda hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri – yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazish yuklatildi.
Ma‘lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O`zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Katta salohiyatga ega bo‗lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish istiqbollari mavjud. Yurtimizda 8 ming 300 dan ziyod madaniy meros obekti mavjud bo‗lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi kiritilgan. Ziyorat va an‘anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo‗lgan marshrutlardagi obektlar sonini 800 taga yetkazish zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirilmoqda. Qator farmon va qarorlar asosida bu sohadagi sharoitlar kengaytirilmoqda. Xususan, 2017-2020-yillarda fuqarolaridan yurtimizga viza talab etilmaydigan mamlakatlar soni 9 tadan 86 taga yetkazildi, 53 ta davlat uchun ―elektron viza tizimi joriy etildi. Turizm uchun qiyin bo`lgan joriy 2020-yilda sohadagi subyektlar har tomonlama qo`llab-quvvatlandi, ularga subsidiya va ssudalar berildi.
2021-yilda 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada eng katta manba, avvalo, ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid ko`plab ziyoratgohlar, yahudiylik, buddaviylik yodgorliklari bor. Bu imkoniyatdan foydalanib, 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 million dollarlik xizmatlar eksportini ta‘minlash mumkin.
2021-yil 6-aprelda Prezident Sh.Mirziyoyev ―Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish
davlat qo`mitasi negizida “Turizm va sport vazirligi” tashkil etildi.
Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.
Yüklə 113,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin