8-mavzu. Ms exsel dasturida axborot komplekslarida qaror qabul qilishga doir iqtisodiy- moliyaviy masala yechish texnologiyasi. Nazariy qism: Ma‘lumotlarni tahrir qilish



Yüklə 44,72 Kb.
səhifə3/3
tarix04.11.2022
ölçüsü44,72 Kb.
#67347
1   2   3
8-mavzu

Shartli formatlash:


Shartli formatlash yordamida siz, solishtirilayotgan ifodalarga bog‘liq ravishda, ekranga raqamlarni chiqarishni boshqarishingiz mumkin. Masalan, jadvalda raqamlarning rangi berilgan qandaydir ifodadan katta yoki kichikligiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib turishi uchun bu zarur. Ushbu amalni bajarish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:
kerakli kataklarni ajratish;
bichimni shartli formatlash buyrug‘ini94 tanlash, ekranda shartlar berish uchun uchta hoshiyasi (maydoni) bor darcha paydo bo‘ladi. Birinchi hoshiyada ifoda yoki formula, ikkinchisida – ochiladigan ro‘yxatdan shart belgisi tanlanadi, uchinchisida raqam beriladi. Bu hoshiyalar to‘ldi-rilganidan so‘ng Bichim tugmachаsini chertish va o‘z xohishiga ko‘ra shriftning rangi, o‘lchami, qo’yish rangini tanlash hamda OK tugmasini chertish kerak. Undan so‘ng dastlabki darchada ham OK tugmasini chertish lozim.

Kiritish (qo‘shish) menyusi:


Ushbu menyuning buyruqlari yordamida qator, ustun, Varaqni sizning kitobingizga kiritishni bajarishi mumkin. Qatorni kiritish uchun undan tepada kiritish bajariladigan qatorning istalgan katagi tanlanadi. Ustunni kiritish uchun kiritish amalga oshiriladigan oldingi ustunnnig katagi tanlanadi. Undan so‘ng kiritish menyusidan tegishli buyruq tanlanadi. Varaqni kiritish uchun kiritilishi mo‘ljallanganning oldidagi yorliqchasi tanlanadi va tegishli buyruq bajariladi.


To‘g‘rilash menyusi

Ushbu menyu buyruqlari yordamida Siz quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin:


 jadvallarning qismlaridan nusxa ko‘chirish, qirqib olish, kiritish (uskunalar panelida bu buyruqlarga o‘xshash tugmalar bor).
Tozalansin buyrug‘i katakning ichidagilarni tozalash, bichimlarni tozalash, hamma narsani tozalash, katak ilovalarini tozalash imkonini beradi.
chiqarib tashlansin buyrug‘i kataklar qatorlar yoki ustunlarni chiqarib tashlashni taklif qiladi. Varaq chiqarib tashlansin buyrug‘i esa ish varag‘ini chiqarib tashlaydi.
nusxa olinsin, ko‘chirilsin buyrug‘i kitobning ish varaqlaridan nusxa olish yoki harakatlantirish imkonini beradi. bu buyruq tanlanganidan so‘ng ekranda darcha paydo bo‘ladi:
Yüklə 44,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin