Qatorni formatlash
Bu buyruq qatorining balandligini o‘zgartirish, bir nechta qator uchun avtomatik tanlov rejimini berish, tanlangan qatorni ekranda yashirish yoki aks etishga imkon beradi. Qatorning balandligini boshqa usulda ham o‘zgartirish – sichqonchaning ko‘rsatkichini qatorlar sarlavhasida katak chegarasiga o‘rnatish va sichqonchaning tugmachasini qo‘yib yubormasdan chegarani o‘zgartirish mumkin.
Ustunni formatlash:
Bu buyruq ustun kengligini o‘zgartirish, kenglikni avtomatik ravishda tanlash, ustunni yashirish va aks ettirish, ustunni standart kengligini o‘rnatish imkonini beradi. Ustunnnig kengligini boshqa usul bilan ham – sichqonchaning ko‘rsatkichini ustunlar sarlovhasida katakning chegarasiga o‘rnatib va sichqonchaning tugmachasini qo‘yib yubormay, ustunnnig chegarasini o‘zgartirib amalga oshirish mumkin.
Varaqni formatlash:
Bu buyruq formatlashning quyidagi variantlarini taklif etadi:
A) Varaqni qayta nomlash.
B) Varaqni yashirish.
C) Yashirin varaqni aks ettirish
D) Varaqning qo‘yilishini o‘rnatish.
Varaqni qayta nomlash uchun bu varaqning yorliqchasini tanlash, menyudan buyruq tanlash, klaviaturadan nomni terish va Enter tugmаchасini bosish zarur. Bu harakatni kitobning har bir ish varag‘i uchun bajarish afzalroqdir, chunki standart nomlar, ayniqsa, kitobda varaqlar soni ko‘p bo‘lganda chalkashliklar unsurlarini kiritishlari mumkin. Varaqni yashirish uchun shu varaqning yorliqchasini chertish va yashirilsin buyrug‘ini bajarish kifoyadir. Yashirilgan varaqni ko‘rsatish uchun aks ettirilsin buyrug‘ini bajarish zarur. Paydo bo‘lgan darchadagi ro‘yxatdan yashirilgan varaqni tanlash va OK tugmasini chertish kerak. Varaqning qo‘yilishini o‘zgartirish uchun ushbu buyruqni bajarish, paydo bo‘lgan darchadan qo‘yilish rasmi bor faylni tanlash va kiritilsin tugmasini chertish zarur.
Avtobichim
Avtobichim buyrug‘ini ishlatib, siz jadvalni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan vaqtni tejashingiz mumkin. EXCELning avtomatik bichimlari – bu raqamli bichimning, shrift, tekislash, ramkalar, bezak (naqsh), ustunning kengligi va qatorning oldindan belgilangan qo‘shilishidir. Ushbu buyruq tanlanganidan so‘ng ekranda quyidagi darcha paydo bo‘ladi.
Darchaning ish maydoni (sohasi)da bichimlarning andozalari keltirilgan, formatlashni o‘tkazish uchun ulardan birini tanlash va OK tugmasini chertishning o‘zi kifoya. Shundan so‘ng butun jadval tanlangan andoza bo‘yicha formatlashtiriladi.
Endi jadvalimizga qaytamiz. Agar u ochilmagan bo‘lsa, jadvalli faylni ochish kerak. Bundan so‘ng Bichim Avtobichim buyrug‘ini bajarish. Ro‘yxat 3 andozasini tanlash va OK tugmasini bosish kerak. Jadvalimiz quyidagi ko‘rinishni oladi.
U ancha jozibali bo‘lib qolganini o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz.
Dostları ilə paylaş: |