Quyidagi masalalar bilan tanishing va ularning yechimini toping.
1-masala. Talaba “Pedagogikaning asosiy kategoriyalari” haqida gapirayapti. Asosiy kategoriyalarni sanadi, lekin ularni to‘liq aytib bera olmayapti. O‘qituvchining yordamchi savollariga ehtiyoj sezdi. O‘qituvchining savollari yordamida xatolarni to‘g‘rilay oldi. Unga nechchi baho qo‘yish mumkin?
2-masala. Talabadan o‘z yozma ishida metod va usul tushunchalarining mohiyatini ochib berish so‘raldi. Talaba o‘z yozma ishida metod va usul tushunchalariga to‘g‘ri ta’rif bergan. Quyidagicha misol keltirgan: “ma’ruza –bu metod. Mavzuni aniqlash rejasini tuzish, ularni bayon etish, umumlashtirib xulosalash esa usullari bo‘la oladi”. Talabaning yozma ishini baholang.
3-masala. Talaba og‘zaki metodlarni sanab bera oldi. Lekin ularning mohiyatini ochib bera olmadi.biroq harbiriga misol keltira oldi. Unga qanday baho qo‘ysa bo‘ladi?
4-masala. Talaba pedagogika fanidan seminarni to‘liq va to‘g‘ri yozib kelgan. Lekin o‘qituvchi savol berganida daftardan javobni o‘qib berayapti. Unga “4”ball qo‘ysa bo‘ladimi?
5-masala. Mutaxassislik fanidan biror mavzuni tanlab oling hamda mazkur mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini ishlab chiqing.
4-topshiriq. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishga doir muammoli vaziyatlar
Quyidagi muammoli vaziyatlar bilan tanishing va ularning yechimini toping.
1-muammoli vaziyat. Siz ishlaydigan kollejdagi bir nechta o’quvchiga o’zingiz o’tayotgan fandan 1-semestr bo’yicha baho qo’ymadingiz. Biroq o’quv yili yakunida jurnalda mazkur o’quvchilarga baho qo’yilganining guvohi bo’ldingiz. Siz o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariga uchrashdingiz. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari ularga bahoni guruh rahbari qo’yib yuborganini aytdi. Mazkur vaziyatda siz qanday yo’l tutgan bo’lardingiz?
2-muammoli vaziyat. Geografiya darsiga har doim tayyor bo’lib keladigan Sunnatni o’qituvchi doskaga chaqirdi. Biroq u tayyor emasligini aytdi. O’qituvchi unga ikki baho qo’ydi. Sunnat indamasdan joyiga o’tirdi. Sunnatning uch kun oldin buvisi vafot etgan edi, shuning uchun u darsga tayyorlana olmagan edi. Siz sababini bilgan va bilmagan holatda tutishingiz mumkin bo’lgan vaziyatni sharhlang.
3-muammoli vaziyat. Sergeli tumanidagi 268-maktabning biologiya fani o’qituvchisi “Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari” bo’lganligi uchun darslarni ham vaqtida o’ta olmas edi. Darslarni o’tgan vaqtida ham o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilib bormasdi. O’quv yilning birinchi choragi tugab, o’quvchilar ta’tilga chiqishganida o’qituvchi ularning choraklik baholrini qo’yib qo’ygandi. II chorak boshlangach o’quvchilar sinf rahbarlaridan biologiya fanidan qo’yilgan baholarni eshitib hayratlanib qolishdi. CHunki baholar o’quvchilar tomonidan olinmagan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.B.S.Abdullayeva, A.Xoliqov,D.R.Farsaxanova….. “Umumiy pedagogika”, Toshkent. Innovatsiya va ziyo.2021yil.2. Djuraev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.
2.Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012.
3.Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
4.O‘.J. Yo‘ldoshev,A.Ziyayev,M.Yusupov vb “Umumiy pedagogika”. –T.: «Fan va texnologiya», 2017.