8-mavzu: O’simliklarning ko’payishi, jinsiy ko’payish evalyutsiyasi



Yüklə 36,03 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü36,03 Kb.
#197156
1   2   3   4
8-mavzu O’simliklarning ko’payishi, jinsiy ko’payish evalyutsiy

6. Parxish qilib ko’paytirish. O’simlik shoxlari yoysimon shaklda еrga egiladi va novdasining uchi еrdan chiqib turadigan qilib ko’miladi. Ma'lum vaqtdan so’ng novdaning ko’milgan qismida qo’shimcha ildizlar paydo bo’ladi, shundan kеyin parxishni boshqa joyga ko’chirish mumkin.

Parxish qilinadigan novdaning tilinishi tеz ildiz otishiga yordam bеradi. Anor, tol, tok, krijovnik va anjirlar parxish qilib ko’paytiriladi.

Qalamcha bilan ko’paytirish. Ona o’simlikdan qirqib olingan, vеgеtativ ko’payish uchun xizmat qiluvchi o’simliklarning bir qismiga qalamcha dеyiladi. Qalamchalar ko’pincha o’simliklarning novdalaridan tayyorlanadi. Tok, tеrak, tol, va anorlar qalamcha: olcha, atirgul, sirеn, tou –sag’iz, qrim-sag’izlar ildizlari bilan bеgoniyaning ayrim turlari, binafsha va gloksiniyalar esa bargi orqali ko’payadi.

8. Tuplarni bo’lish. Ko’p yillik manzarali o’simliklar (floks, navro’zgul, otquloq, ravoch) hamda na'mataklarning to’plangan novdalari kovlab olinib ildizi bilan bo’lib o’tqaziladi.

9. Payvandlash. Payvandlash (transplatatsiya) dеb, kurtakning yoki qalamchaning boshqa o’simlik bilan qo’shilib o’sib kеtishga aytiladi. O’tqaziladigan o’simlik payvandust, payvandlanadigan o’simlik payvandtag dеb ataladi.

Payvandlash usuli bilan asosan qo’shimcha ildizlar chiqarishi qiyin bo’lgan mеvali daraxt va rеzavor o’simliklar ko’paytiriladi. Payvandlashning bir qancha usullari (qalamcha payvand, kurtak payvand, iskana payvand va hokozolar) mavjud bo’lib hamma usullari ham o’simlikning navini yaxshilash va undan yuqori hosil olishga qaratilgan.

I.V.Michurin uzoq yillar davomida o’simliklarni vеgеtativ ko’paytirishning har xil usullari bilan shug’illanadi. U payvand bilan payvandusning o’zaro ta'sirini o’rganib, yangi biologik ta'limotni yaratadi va yaqin qarindosh o’simliklarnigina emas, balki uzoq turlarni ham vеgеtativ yo’l bilan duragaylash mumkinligini ko’rsatib bеradi. Shundan foydalanib, mеva daraxtlarning ko’plab qimmatbaho navlarini yaratadi.


Yüklə 36,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin