O'simliklarning past haroratga moslashuvi. O'ta sovuqqa chidamli o'simliklar past salbiy harorat ta’sirini bartaraf qilishga yoki uni kuchsizlantirishga qodirdirlar. Bu holatga quyidagi uchta hoi sabab bo'ladi.
1.Hujayra ichida muz hosil bo'lmasligi uchun undagi suv tezlikda hujayra tashqarisiga chiqarib yuboriladi. Bu membrananing yuqori o'tkazuvchanligi tufayli sodir bo'ladi. Bu esa o'z navbatida membranadagi lipidlar xossasi tufayli sodir bo'ladi. Jumladan to'yinmagan yog' kislotalarining membranadagi miqdori oshishi tufayli bo'ladi. To'yinmagan yog' kislotalari miqdorining oshishi lipidlarning suyuq-zarracha holatidan gel (qattiq) holatga o'tish haroratini pasayishiga olib keladi. Bu holat o'z navbatida o'ta sovuqqa chidamli o'simliklarda hujayralar muzlaganda membranalarning yuqori o'tkazuvchanligini taminlaydi.
2.Krioprotektorlar, yani to'qimalarni himoya qiluvchi moddalar sintezining kuchayishi. Masalan, suv bog'lovchi gidrofil oqsillar, mono- va oligosaxaridlar. Bu moddalarga qobiq holatda bog'langan suv muzlamaydi va hujayra tashqarisiga tashilmaydi. Bu holat hujayralar ichida muz hosil bo'lishdan va ularning haddan tashqari suvsizlanib qolishidan saqlaydi. O'ta sovuqqa chidamli o'simliklarda past haroratda kraxmalning parchalanishi kuchayib ketadi. Ko'pgina o'simliklar hujayralarida suvda eruvchi oqsillar miqdori oshib ketadi. Qandlar va eruvchan oqsillar miqdori qancha ko'p bo'lsa, o'simlikning o'ta sovuqqa chidamliligi ham shuncha yuqori bo'ladi. Shuningdek,polimerlarning boshqa bir tipi-gemetsellyuzlar (ksilanlar, arabinoksilanlar) ham past haroratga chidamliligini oshiradi. gemitsellyulozaning miqdori ham krooprotektor sifatida muhimdir. Ular u muz zarrachalarini o'rab olib ularni kattalashishiga yo'l qo'ymaydi.Burring natijasida muzning kichik ferisstallari yuzaga keladi va ular hujayra hamda to'qimalarni kamroq zararlanishiga olib keladi.
3. O'ta sovuqqa chidamli o'simliklarda qishga tayyorgarlik davrida zapas oziq moddalar ko'p to'planadi. Bu moddalarda o'simlik sovuq tugaganidan so'ng o'sish va rivojlanishni boshlashda foydalaniladi.
O'simliklarning sovuqqa chidamliligini ularni chiniqtirish yo'li bilan oshirish mumkin.
Chiniqish nazariyasi I.I Tumanov tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga asosan o'simlik sovuqqa chidamlilik xossasini o'zlashtirish uchun uchta tayyorgarlik bosqichini o'tish zarur, yani tinim holatiga o'tish va birinchi hamda ikkinchi chiniqish fazalarini o'tash lozim. Tinim holati birinchi va ikkinchi chiniqish fazalarisiz o'simlikni ozgina chiniqishiga olib keladi. Tinim holatiga o'tish fitogormonlar nisbatan o'zgarishi bilan, yani auksin va gibberellinning kamayishi ABK miqdorining esa oshishi bilan ro'y beradi. O'simliklarni tinim davrida xlorxolinxlorid bilan ishlash ularning chidamliligini oshirsa, IUK va gibberillin bilan ishlash chidamlilikni pasaytiradi.
Daraxt o'simliklarda tinim kuz boshlanishi bilan ro'y beradi hamda birinchi chiniqish fazasida u chuqurlashadi. O't o'simliklarda esa tinim holatiga o'tish birinchi chiniqish fazasi bilan birgalikda boradi.
Chiniqishning birinchi davri o't o'simliklarida 0,5-2°C da 6-9 kunda, daraxtlarda 30 kun davom etib 0°C haroratda o'sish to'xtaydi, hujayralarda himoya vositalari qandlar, eruvchan oqsillar va boshqalar, jumladan, membranada to'yinmagan yog' kislotalarining miqdori kamayadi.