8-mavzu: O'simliklarning noqulay omillarga chidamliligi


O'ta sovuqqa chidamlilik-



Yüklə 73,99 Kb.
səhifə11/26
tarix20.11.2023
ölçüsü73,99 Kb.
#162836
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
8-mavzu O\'simliklarning noqulay omillarga chidamliligi

O'ta sovuqqa chidamlilik- buo'simliklarning suvning muzlash haroratidan past haroratga (0°C) ham chidamliligidir. Ushbu hoi ko'pincha bir yillik, urug'lari qishlaydigan va ko'p yillik tuganakli, piyozli va ildizmevali o'simliklarda kuzatiladi. Bunda o'simlikning qishlovchi organlari tuproq va qor tagida qoladi. Kuzgi o'simliklarda va daraxtlarda, past harorat ta’sirida ular to'qimalari muzlab qolishi mumkin, biroq o'lmaydi. Past harorat sitoplazmada koagulyatsiyani vujudga keltiradi va to'qimalar nobud bo'lishi mumkin.
O'ta sovuq muhitda, hujayra oralig'ida hosil bo'lgan muz kristallari atrofdan ularni siqa boshlaydi. Agarda hujayra oraliqlarida muzlar kam hosil bo'lsa, hujayra tirik qolishi mumkin. Shuningdek hujayralarning o'z xususiyatlarini saqlab qolishi muzning holatiga ham bog'liqdir. Masalan muzning shishasimon bo'lmagan holati shishasimon holatiga nisbatan ko'proq zararlidir.
O'ta sovuqga chidamlilik o'simliklarning turlariga ham bog'liqdir. Masalan, kartoshka tuganagi O°C haroratda tezda nobud bo'lsa, karam va piyoz mevalari ushbu haroratni bemalol o'tkazishi mumkin. Kuzgi boshoqli ekinlar masalan bug'doy -15°-20° haroratda ham bemalol qishlab chiqishi mumkin. Shuningdek nina bargli daraxtlarning kurtagi ham o'ta sovuqqa chidamlidir. Sovuqqa chidamli o'simliklarda qandning miqdori yuqori ahamiyatga ega bo'lib va ularning qish davomida sarflanishi dinamikasi ham muhim ahamiyatga ega.
Nitrifikatsiya-busuvni past haroratda shishasimon holatga o'tishidir. Ushbu hoi o'simlik hujayralarida harorat -20 °C va undan yuqori bo'lganda kuzatiladi. Bunda amorf shishasimon massaga o'xshab qolgan to'qima uzoq vaqt o'z hayotchanligini saqlab qoladi. Sunday holatda hosil bo'lgan muz sekin asta eritilsa hujayradagi fiziologik jarayonlar va uning hayotchanligi saqlanib qoladi. Ammo muzning erishi to'satdan ro'y bersa hujayralar tezda nobud bo'lishi mumkin.
Eryuzining 42% da past harorat minimum o'rtacha-20 °C dan pastdir.
O'simliklarning o'ta sovuqqa chidamlilik nazariyasiga N.A.Maksimov, I.I.Tumanov va boshqalar katta hissa qo'shishgan.
Tabiiy sharoitlarda haroratning bir soatda 0,5-1°C ga sekin asta pasayishi hujayra oraliqlarida muz hosil bo'lishiga olib keladi. Bu muz hujayra oraliqlaridan havoni siqib chiqaradi. Agar hujayra tirik qolgan bo'lsa muzning erishidan paydo bo'lgan suv hujayralar tomonidan so'riladi.
O'simlik hujayrasining sovuqda o'lishiga ikki narsa sabab bo'lishi mumkin.
1. Ularning suvsizlanishi.
2. Hosil bo'lgan muzning mexanik ta’siri natijasida hujayra tuzilishining buzilishi.
Birinchi holat hujayra oraliqlarida paydo bo'lgan muz zarrachalarining hujayra tarkibidan suvni tortib olishi bilan bog'liq. Bu holat harorat issiq bo'lganda hujayralarning suvsizlanishiga o'xshashdir. Agar sovuq uzoq davom etsa, muz kristallari kattarib ketib hujayrani mexanik jihatdan zararlaydi.
Hujayralarning sovuqdan zararlanish belgilari bu ularning turgor holatini yo'qotishi hamda ionlarning hujayradan yuvilishidir. Bu holat, yam KQ ionlarining va qandlarning hujayradan chiqishi uning membranasining suv o'tkazuvchanligi buzilishidan emas, balkim ATFazalar yordamida bo'ladigan ionlar tashiluvini olib boradigan membrana sistemalari yordamida bo'ladi.

Yüklə 73,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin