y. 23 avg.) ko‘ra, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ko‘p bolali oilalar, kam
pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini
yo‘qotganlarning oilalari, yolg‘iz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj
oilalarga moddiy yordam berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1996 y. 10 dek. dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam
ta’minlangan oilalar davlatning alohida otalig‘iga olindi, 2002 y. 25 yanv. dagi
farmonga binoan ijtimoiy yordam ko‘rsatiladigan farzandli oilalar doirasi
umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida
o‘qiyotgan 18 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalar hisobiga kengaytirildi.
Bulardan tashqari O‘zbekistonda norasmiy ijtimoiy yordam turlari ham
mavjud; ularga qarindoshlarning o‘zaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar
asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam
ta’minlangan ko‘p bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy himoya doirasida 1998 y. «Oila yili», 1999 y. «Ayollar yili», 2000 y.
«Sog‘lom avlod yili», 2001 y. «Bolalar yili», 2002 y. «Qariyalarni qadrlash yili»
deb e’lon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud
Ijtimoiy himoya muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda
yaxshi samaralar berdi. 1995 y. da byudjet xarajatlarining 21,8%, 2000 y. da
29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y. dan boshlab YaIM o‘sishi aholi o‘sishi
sur’atidan ustun bo‘lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o‘sishining va Ijtimoiy
himoya rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi.
«O‘zbekiston Respublikasi aholisini 2010 y. gacha bo‘lgan davrga
mo‘ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona kontseptsiyasi» ishlab chiqilgan.
Unda Respublikada mavjud bo‘lgan Ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, pensiya
ta’minoti, bolalarga nafaqa to‘lash, yolg‘iz kek-salarga xizmat ko‘rsatish,
nogironlarni
protez-ortopediya
buyumlari,
harakatlanish
vositalari
bilan
ta’minlash, shuningdek tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat,
ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo‘la (nomuntazam)
yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
Dostları ilə paylaş: