1. Kirish Asosiy qism: Bozor tizimi haqida tushuncha



Yüklə 47,85 Kb.
səhifə1/3
tarix05.06.2023
ölçüsü47,85 Kb.
#125504
  1   2   3
Kurs ishi Bozor tizimining ijobiy va salbiy jihatlari01


Bozor tizimining ijobiy va salbiy jihatlari
1. Kirish
2. Asosiy qism:

    1. Bozor tizimi haqida tushuncha

    2. Bozor tiziminig salbiy jihatlari

    3. Bozor tizimining ijobiy jihatlari

3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish

Iqtisodiyot ilmi hamma zamonlarda ham insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu ilm jamiyat hayotining barcha jabhalariga oid muammolarni hal etish kaliti hisoblanadi. U jamiyat a'zolarida iqtisodiy tafakkurni shakllantiradi, iqtisodiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni o'rgatadi, ularda ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirishga ko'maklashadi. O‘tgan asrning oxirgi 10-yilida dunyo siyosiy xaritasida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishib, bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi natijasida xalqimizning iqtisodiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishi keskin darajada ortib ketdi. Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov O‘zbekistonning kelajagi buyuk davlat ekanini har taraflama va ilmiy asoslab berdi. Shu bilan birgalikda buyuk kelajakni yaqinlashtirish, avvalambor, iqtisodiyotga, uning o‘sish sur'atlariga bog'liq ekani Yurtboshimizning ko'pdan ko‘p chiqishlarida va asarlarida o‘z ifodasini topdi. Shu munosabat bilan jamiyat a'zolari, ayniqsa, yoshlarga iqtisodiy ta'lim berish, xususan, bozor iqtisodiyoti asoslarini o‘rgatish o‘ta dolzarb vazifaga aylandi. Bozor, pul, moliya, kredit, daromad, foyda, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar kishi ongiga yoshligidan qanchalik singib borsa, uning iqtisodiy tafakkuri shuncha erta shakllanadi. Shuning uchun iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish umumiy o'rta ta’lim maktablaridan boshlanib, o‘rta maxsus va kasbhunar ta'limi muassasalari (litsey va kollejlarjda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida yuqoriroq darajada davom ettirilishi kerak.


Mana shunday uzluksiz iqtisodiy ta'lim yoshlarimizga davlatning tashqi va ichki siyosatini, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlami va iqtisodiy taraqqiyotning jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarini xolisona baholash uchun zarur bo'lgan bilimlarni beradi. Qolaversa, ularni jamiyatning iqtisodiy faol va tashabbuskor a'zolariga aylantiradi. Insoniyat tarixining asosida, uning intilishlari va kurashlari zamirida odamlarni harakatga keltiruvchi bir narsa borki, uni biz ehtiyojlar deb ataymiz. Ana shu ehtiyojlar ayrim shaxslarni ham, butun oilalar-u xonadonlarni, korxonalar-u firmalarni va hatto, mamlakatlar hukumatlarini ham harakatga keltiradi.
Tabiatan turli-tuman boyigan mazkur ehtiyojlarni qondirish uchun xatti-harakatlar va kurashlar muayyan xo'jalik faoliyati to’sini bo’ladi. Insoniyat ehtiyojlari, bir tomondan, turli-tuman (moddiy va ma'naviy) boyisa, ikkinchi tomondan, doimo o‘sib boradi. Bu masalaning bir tomoni. Uning ikkinchi va muhim tomoni shundaki, ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari hamma vaqt ham cheklangan boladi. Demak, insoniyat cheklangan imkoniyatlar doirasida o‘z ehtiyojlarini tolaroq qondirish muammosiga doim duch keladi.
Ana shu muammo iqtisodiyot ilmining obyektini tashkil etadi. Muammoning qay darajada hal qilinishi ko‘p jihatdan mazkur mamlakatdagi iqtisodiy tizim va munosabatlarga bog‘liq.



Yüklə 47,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin