8-mavzu. O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablar va tovarlarni shtrixli kodlash



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə3/4
tarix27.03.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#90510
1   2   3   4
8 mavzu SM

8.4. Shtrixli kodlash
Shtrixli kodlash tovar haqidagi ma’lumotni markalash va kodlashning eng muhim turi hisoblanadi.
Shtrixli kodlash g’oyasi 1930-yillarda Garvardbiznes maktabida (AQSH) tug’ildi. Tizim dastlab AQSHda temir yo’l vagonlarini identifikatsiyalash uchun amaliyotda qo’llanildi.
Shtrixli kod – bu tovarga yoki uning upakovkasiga Shtrixli yoki raqamli belgi ko’rinishida qo’yiladigan tovar belgisi.
Chet elda tovar upakovkasida Shtrixli kodning mavjud bo’lishi majburiy talabga aylandi. Uni bajarmagan savdo tashkilotlari tovarlardan voz kechishi mumkin yoki o’zining raqobatbardoshligini yo’qotadi.
Shtrixli kod almashinib keladigan turli kenglikdagi qora (Shtrixlar) va oq (bo’sh qolgan joy) polosalardan iborat. Polosalar o’lchamlari standartlashtirilgan. Shtrixli kodlar maxsus optik qurilma – skanerlar bilan solishtirib ko’rish uchun mo’ljallangan. Skanerlar Shtrixlarni va raqamli kodni ochib, tovar haqidagi ma’lumotni kompьyuterga kiritadi.
Tovarni raqamlash standartlarining tovarlarni kodlash uchun xizmat qiladigan bir necha turlari mavjud. Ayniqsa EAN (European Article Numbering) kodlari tez-tez qo’llaniladi:

  • 8 razryadli kod - EAN-8,

  • 13 razryadli kod - EAN-13,

  • 14razryadli kod - EAN-14 va h.k.

Masalan, 1-rasmda 13 razryadli EAN kodi ko’rsatilgan.
4 6 0 0 5 0 1 0 0 2 8 2 2
Nazorat soni
Tovar kodi
Ishlab chiqaruvchining kodi
Mamlakat kodi (Rossiya)
1-rasm. 13 razryadli EAN kodi
EAN-13 Shtrixli kodning o’n uchta sonli raqami quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • dastlabki 2 (3) ta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonaning kodi, har bir mamlakatda tegishli milliy organ tomonidan tuziladi;

  • 5 (4) ta belgi –tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi korxonaning kodi;

  • 5 ta belgi –tovarkodi, kodni rasshifrovka qilish universal hisoblanmaydi va tovarning ayrim tavsiflarini (belgilarini) aks ettiradi;

  • 1 ta belgi (oxirgi) – kodni skaner bilan solishtirishning to’g’riligini tekshirish uchun mo’ljallangan nazorat soni

Nazorat soni
Ishlab chiqaruvchining kodi
Mamlakat kodi (Avstraliya)



Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin