2. PISA topshiriqlarining kognitiv darajalari.
PISA topshiriqlari mazkur tadqiqotning baholash vositasidir. Har bir PISA topshirig‘i bir yoki bir necha savolnio‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, har bir savolning qiyinlik hamda kognitiv darajalari bo‘ladi. Savolning qiyinlik darajasi mazkur savolga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar soni bilan aniqlanadi. Kognitiv daraja – bu savolga javob berish uchun talab etiladigan aqliy jarayonlar, savolning intellektual jihatdan qiyinligi, ya’ni talab qilinadigan fikrlash jarayonining murakkabligi va savolga javob berish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikmalar ko‘lami. Savolning kognitiv darajasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
quyi daraja (bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalil, atama, qonuniyat va tushunchani yodga olish, jadval yoki grafikdan so‘ralgan ma’lumot ifodalangan nuqtani topish);
o‘rta daraja (hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda tegishli bilimlardan foydalana olish va qo‘llay olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab qiladigan tegishli amallarni tanlay olish, grafiklar yoki jadvallar ko‘rinishidagi oddiy ma’lumotlar to‘plamini talqin qila olish yoki qo‘llay olish);
yuqori daraja (murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish, dalillarni umumlashtirish yoki baholash, asoslash, axborotning turli manbalaridan foydalangan holda muammoni hal qilish rejasini tuzish yoki amallar ketma-ketligini belgilash).
PISA topshiriqlarining qiyinlik darajasihamda o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasi bitta shkala yordamida o‘lchanadi.
O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasi va savollarning qiyinlik darajasio‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ehtimoliydir.O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasi ular tomonidan muvaffaqiyatli bajarishlishi mumkin bo‘lgan topshiriq turlarini aks ettiradi.
Tabiiy-ilmiy savodxonlik shkalasi
IV daraja
III daraja
VI daraja
V daraja
A o‘quvchiI-V darajali savollarga to‘g‘ri javob berishi mumkin, ehtimol, VI darajali savollarga ham javob bera oladi ehtimolligi
Nisbatan yuqori qiyinlik darajasiga ega bo‘lgan savollar
B o‘quvchiI, II, III darajali savollarga to‘g‘ri javob berishi mumkin, IV darajali savolga javob berish ehtimoli kam,V va VI darajali savollarga javob bera olmasligi mumkin.
B o‘quvchi, savodxonlik darajasi o‘rtacha
O‘rtacha qiyinlik darajasiga ega bo‘lgan savollar
C o‘quvchiII IV darajali savollarga to‘g‘ri javob bera olmasligi mumkin, shuningdek, I darajali savolga to‘g‘ri javob berish ehtimoli kam.
Nisbatan quyi qiyinlik darajasiga ega bo‘lgan savollar
Dostları ilə paylaş: |