Reja: PISA, PIRLS, TIMMS xalqaro baholash tadqiqotlari va uni o‘ziga xos tomonlari.
PISA topshiriqlarining kognitiv darajalari.
PISA tadqiqotlarining Oʻzbekistonga joriy etish uchun besh omil.
Tayanch iboralar: PISA, PIRLIS, TALIS, TIMSS, xalqaro tadqiqotlar, kontekst, kognitiv, kreativ, bilish darajalari, ilmiy bilish, sovodxonlik, kompetensiya
1.PISA, PIRLS, TIMMS xalqaro baholash tadqiqotlari va uni o‘ziga xos tomonlari
PISA xalqaro tadqiqotida tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishida o‘tgan yillarda foydalanilgan savollar mazmunini o‘rganib chiqib, tahlil qilish va o‘quv jarayonida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Buning uchun:
PISA xalqaro baholash dasturining tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishidagi topshiriqlar bilan tanishish.
Tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishidagi topshiriqlarni tahlil qilish.
Tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishidagi topshiriqlarni o‘quv jarayonida qo‘llashi mkoniyatlarini aniqlash.
PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning alohida fanlardan bilimi tekshirilmaydi, balki hayotda zarur bo‘ladigan bilim va malakalarining holati o‘rganiladi, shuningdek, o‘quvchilarning fanlararo kompetentligi baholanadi. PISA tadqiqotlari uchta yo‘nalishda olib boriladi: o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy fanlardan savodxonlik, 1000 ballik tizimda baholanadi. Tadqiqotlar uch yillik siklda o‘tkaziladi. Har qaysi siklda yuqorida qayd etilganuchta yo‘nalishdan bittasiga asosiy e’tibor qaratiladi. Mamalakatlar ta’lim tizimida muayyan yo‘nalishdagi o‘zgarishlar atroflicha tahlil qilinadi.
PISA doirasida quyidagilar tadqiq etiladi: Yoshlar kelajakda o‘zlari duch keladigan qarama-qarshiliklarga qay darajada tayyor?
O‘quvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash hamda o‘z g’oyalarini taqdim etishga qodirmi?
O‘quvchilar qay darajada o‘z bilim va ko‘nikmalarini real hayotga tatbiq etish qobiliyatiga ega?
PISA ning asosiy maqsadi maktabni tugatgandan so‘ng o‘quvchilar faol hayotiy pozitsiyani egallashlariga imkon beradigan chuqur bilimga egalik darajasini baholashdir.
O‘quvchilar tayyorgarligini baholash uch yo‘nalishda (O‘qish savodxonligi, Matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) bo‘yicha amalga oshiriladi. Bularning har biri ma’lum bir o‘quv faniga mos keladi.
Asosiy e’tibor o‘quvchilar asosiy tushunchalarni anglashiga, yuqorida ko‘rsatilgan uch yo‘nalish doirasida o‘rganilayotgan asosiy usullarni egallashlariga va o‘z bilimlarini turli vaziyatlarda ishlata olish qobiliyatiga qaratiladi. Baholashda o‘quvchilarni o‘quv fanlarini to‘liq mazmun mohiyatini o‘zlashtirishiga alohida e’tibor qaratilmaydi. Tadqiqotda hayotda kerak bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilishiga hamda o‘quvchilarni fanlarning o‘zaro bog’liqligidan xabardorligini baholashga e’tibor qaratiladi. (oldiga qo‘yilgan masalani echishda turli fanlarni o‘rganish jarayonida olingan bilimlaridan yoki boshqa axborot manbalaridan olingan bilimlaridan foydalanishlariga e’tibor beriladi) PISA dasturida o‘quvchilarning matematik savodxonligi 54 tatopshiriq (84 tasavol), o‘qish savodxonligi 8 ta topshiriq ( 28 ta savol), tabiiy fanlardan bilimi 13 ta topshiriq (35 ta savol), shu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarning kompetentliligi, muammolarni yecha olish ko‘nikmalari 10 ta topshiriq (19 ta savol) yordamida aniqlanadi. Savollarning 50 foizi javobi tanlanadigan (test) bo‘lsa, 12 foiz savollarning javoblari o‘quvchi tomonidan aniq so‘z yoki raqamlar vositasida ifodalanishi, savollarning qolgan qismiga o‘quvchi erkin javob yozishi kerak bo‘ladi.
Ba’zi bir topshiriqlar aynan bir hayotiy vaziyatlarga doir, turli murakkablikka ega bir necha savoldan iborat bo‘ladi.
Testlar bir necha variantda tuziladi. Bunda bir guruhdagi topshiriqlar bir necha variantga kiritilishi mumkin.
O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar anketa so‘rovnomasi yordamida to‘planadi. (anketani to‘ldirishga 40 daqiqa ajratiladi).
Maktab ma’muriyati ham qisqacha anketa to‘ldiradi, maktab xodimlarining soni, o‘qituvchilar mustaqilligi, maktab resurslari, tajribalari haqida ma’lumotlar to‘plash amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlardan oldindan belgilangan omillarning ta’lim natijadorligiga ta’sirini aniqlash maqsadida foydalaniladi.