Savollar hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi tabiiy-ilmiy savodxonlik shkalasi
hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi tabiiy-ilmiy savodxonlik shkalasi
PISA 2006 tadqiqotida tabiiy-ilmiy savodxonlikning oltita darajasi belgilangan, ushbu darajalar tadqiqotning keyingi davriyliklarida ham o‘zgarishsiz qoldi. Quyidagi jadvalda tabiiy-ilmiy savodxonlik darajalari (VI daraja – eng yuqori, I daraja – eng past) hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarining tavsifi keltirilgan:
Daraja
|
Chegara ball
|
|
6
|
708
|
O‘quvchilar fizika, hayot, Yer va fazo sohasidagibir-biri bilan bog‘liq ilmiy g‘oyalar va tushunchalargatayangan holda notanishtabiiy hodisa-jarayonlarni izohlovchi farazlarni taqdim etish yokiprognoz qilish uchun fanning mazmuniga oid, metodologik va epistemik bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ma’lumotlar va dalillarni izohlashda ular mavzuga tegishli va tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni ajrata oladilar va maktabo‘quv dasturidan tashqarida egallagan bilimlariga tayanishlari mumkin. Ular ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan ma’lumotlarni boshqalaridan ajrata olishadi. O‘quvchilar tadqiqotlar, kompyuter simulyatsiyalari va murakkab tajribalar o‘tkazishning muqobil yo‘llariga baho bera olishadi hamda o‘z qarorlariniasoslay olishadi.
|
5
|
633
|
O‘quvchilar ko‘pgina sabab-oqibat aloqalarini o‘z ichiga olgan hodisa-jarayonlarni izohlashda abstrakt ilmiy g‘oyalar yoki tushunchalardan foydalanishlari mumkin. Ular tajribalarning muqobil loyihalarini baholashda murakkabroq epistemik bilimlardan foydalana olishadi hamda o‘z tanlovlarini asoslay olishadi, ma’lumotlarni talqin qilish yoki prognoz qilish uchun nazariy bilimlarni qo‘llay olishadi. O‘quvchilar berilgan savolni ilmiy tadqiq etish usullarini baholay olishadi va ma’lumotlar to‘plamini talqin qilishda cheklovlar, jumladan, manbalar va ilmiy ma’lumotlardagi noaniqlikning ta’sirini aniqlay oladilar.
|
4
|
559
|
4-darajada o‘quvchilar o‘zlariga tanish bo‘lmagan yoki yetarlicha murakkab bo‘lgan hodisa-jarayonlarni izohlash uchun fanning mazmuniga oid murakkabroq yoki abstrakt bilimlardan foydalana olishadi. Ular cheklangan kontekstda ikki yoki undan ko‘p mustaqil o‘zgaruvchili tajribalarni o‘tkazishlari mumkin. Ular metodologik va epistemik bilimlarga asoslanib, tajriba loyihasini asoslay oladilar. O‘quvchilar o‘rtacha qiyinlikdagi ma’lumotlar to‘plami yoki unchalik tanish bo‘lmagan kontekstdan olingan ma’lumotlarni talqin qila olishadi, ushbu ma’lumotlar tahliliga asoslangan holda tegishli xulosalar chiqara olishadi hamda o‘z tanlovlarini asoslay olishadi.
|
3
|
484
|
3-darada o‘quvchilar tanish hodisa-jarayonlarning izohini aniqlash yoki izoh berish uchun o‘rtacha murakkablikdagi fanning mazmuniga oid bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ular unchalik tanish bo‘lmagan yoki murakkabroq vaziyatlarda tegishli yordam yoki belgi-ishoralarga asoslangan holda izoh berishlari mumkin. Ular cheklangan kontekstda oddiy tajriba o‘tkazish uchun metodologik yoki epistemik bilimlarlaridan foydalanishlari mumkin. 3-darajada o‘quvchilar ilmiy va ilmiy bo‘lmagan savollarni farqlay oladilar va ilmiy fikrni tasdiqlovchi dalillarni aniqlay olishadi.
|
2
|
410
|
2-darada o‘quvchilar tabiiy fanlar mazmuniga oid hamda asosiy metodologik bilimlarga asoslangan holda tegishli ilmiy izohni aniqlay olishladi, ma’lumotlarni talqin qilishadi, oddiy ilmiy tadqiqotda tadqiq etilayotgan savolni aniqlay olishlari mumkin. Ular oddiy ma’lumotlar to‘plamidan to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun tabiiy fanlarga oid asosiy yoki kundalik bilimlaridan foydala olishlari mumkin. 2-darajada o‘quvchilar ilmiy jihatdan tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni aniqlay olish orqali epistemik bilimlarini namoyish etishadi.
|
1a
|
335
|
1a darajada o‘quvchilar oddiy, tabiiy hodisa-jarayonlarning izohlarini bilishadi va aniqlay olishadi. Ko‘rsatmaga asoslangan holda, ular oldingan loyihalangan, o‘zgaruvchisi ikkitadan ortiq bo‘lmagan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishlari mumkin.
|
1b
|
261
|
1b darajada o‘quvchilar o‘ziga tanish bo‘lgan yoki oddiy hodisa-jarayonlarning jihatlarini aniqlashda tabiiy fanlardan egallagan asosiy bilimlaridan foydalana olishadi. Ular keltirilgan ma’lumotlardagi oddiy qonuniyatlarni anglashadi, tabiiy fanlarga oid atamalarni bilishadi va tajribalarni bajarishda berilgan ko‘rsatmalarga amal qilishlari mumkin.
|
Aytish joizki, shu vaqtga qadar mamlakatimiz ta’limi PISA baholash tizimi doirasiga tushmagan. Ammo bu borada harakatlar boshlangan. Yurtimiz ta’limi PISAning 2021 yilgi xalqaro baholash dasturida ishtirok etishi va “Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” ochilishi haqidagi murojaati ma’qullangani buning bir tasdig’idir. Bu markazning zimmasiga mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, 2019-2021 yillar oralig’ida amaliy ko‘nikmalar shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish, o‘quv adabiyotlarini modernizatsiya qilish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan holda o‘qish, matematika, tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi bir qator vazifalar yuklatiladi.
TALABALARNING O‘ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH TOPSHIRIQLARI
Mamlakatimiz xalq ta’limi tizimida xalqaro tadqiqotlarning o‘tkazilishi qanday ahamiyatga ega?
PISA xalqaro tadqiqotining mohiyatini izohlang.
PISA xalqaro tadqiqoti nega aynan 9-sinf bitiruvchilarini qamrab oladi?
Dostları ilə paylaş: |