ma’lumotlar saqlashdagi cheklanmagan xajm. Ma’lumotlarni saqlash xajmiga qarab bulutli texnologiyalar qulay va avtomatik tarzda (is’temolchi xohish istagiga qarab) joylashtiradi. Oddiy shaxsiy kompyuter is’temolchisi ma’lumotlarini saqlashga joy yetmaganda, bunday xolat bulutli hisoblash istemochilarida yuzaga kelib chiqmaydi
operatsion tizim bilan mos kelishi
operatsion tizim bilan mos kelishi. Bulutli texnologiyalar Iste’molchilarda qanday operatsion tizim turganligiga qaramaydi. Microsoft Windows operatsion tizimidan foydalnilayotgan mijoz, Unix mijozlari bilan muammosiz ma’lumotlarni almashishi mumkin. Servislardan foydalanishda esa har bir operatsion tizim brauzerga qarab standartlashtiradi
hujjat formatlari bilan mos kelishi. Shaxsiy kompyuterdagi fayl Microsoft Word 2007 dasturi asosida bajarilgan bo‘lsa, eski versiyalarida yani Microsoft Word 2003 da ochish imkoniyati mavjud emas. Bulutli hisoblashlarda esa to‘gri kelmagan hujjatlarni ochish muammosi kelib chiqmaydi
bir guruh bo‘lib ishlash
iste’molchilarning bir guruh bo‘lib ishlashidagi qulayliklari. Bulutli hisoblash tizimlarida bir vaqtning o‘zida bir necha iste’molchilar ish olib borishlari mumkin. Hujjatlarni bir kompyuterdan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish kerak bo‘lmaydi. Hujjatlarni tahrirlash tez aks etadi, bundan tashqari iste’molchilar hujjatning yangilash imkoniyati mavjud
bulutli hisoblashlarda fayllardan erkin foydalanish imkoniyati mavjudligi. Agar ma’lumotlar bulutda saqlanilayotgan bo‘lsa, bu ma’lumotlardan istalgan vaqtda faqatgina Internet tarmog’i mavjud bo‘lgandagina iste’molchilar foydalanishlari mumkin. Iste’molchilar uchun keng qamrovdagi qurulmalardan Internetga kirish orqali foydalanishlari mumkin. Bulut mijozi shaxsiy kompyuter, planshet, netbook, smartfon, notebooklardan foydalanishlari mumkin