Hozirgi kunda Respublikamiz tijorat banklari amaliyotida ham depozit sertifikatlari joriy etilib bank resurslarining manbalarini shakllantirilishda foydalanilmoqda. Depozit sertifikatlarining o‘ziga xos xususiyatlardan biri shundaki, ular bankning haqiqatda ham ma’lum miqdordagi mablag‘ni bankka qo‘yganligi haqida mijozga yozma tasdiqnomasini anglatadi.
Depozit (omonat) sertifikati – bankka qo‘yilgan depozit (omonat) summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) depozit (omonat) summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz10.
Sertifikatlar ikki turda chiqarilishi mumkin:
a) «depozit sertifikatlari» — yuridik shaxslar uchun;
b) «omonat sertifikatlari» — jismoniy shaxslar uchun.
Eng asosiysi depozit sertifikatlari garov sifatida banklar tomonidan qabul qilinadi. Depozit sertifikatlari bo‘yicha foizlar miqdori depozit summasining hajmi, muddati, shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasiga bog‘liq.
Boshqa depozitlar guruhiga banklarning yuqorida qayd etilgan depozitlaridan tashqari mijozlarning akkreditiv bo‘yicha talab qilib olinguncha bo‘lgan davrdan foizsiz depozitlar, shuningdek, amaldagi qoidalarga muvofiq turli ishonchli mablag‘lar va shunga o‘xshash boshqa moliyaviy operatsiyalar va majburiyatlar bo‘yicha depozit hisobvaraqlarini ochishi mumkin.