8-mavzu. Tijorat banklari depozit operatsiyalari reja: Tijorat banklarining depozit operatsiyalari va ularning tavsifi



Yüklə 120,15 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü120,15 Kb.
#205182
  1   2   3   4   5
8-mavzu. TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARI

8-mavzu. TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARI

REJA:

  1. Tijorat banklarining depozit operatsiyalari va ularning tavsifi

  2. Tijorat banklari depozit siyosatini shakllantirishning asosiy tamoyillari va unga ta’sir etuvchi omillar

  3. Tijorat banklarining depozitlari narxini shakllantirish usullari



1-savol bayoni. Bank xizmatlarining spektri har yili kengayib bormoqda, bozorda doimiy ravishda mahsulot va xizmatlarning yangi turlari paydo bo‘lmoqda. Ushbu omil kredit tashkilotlari o‘rtasidagi har bir mijoz uchun raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun, har bir bank mijoz bilan bo‘lgan munosabatlarini sheriklik tamoyillariga asoslangan holda tuzmoqda. Shunday qilib, kredit muassasalari o‘z mijozlarining mablag‘larini nafaqat doimiy ravishda himoya qilibgina qolmay balki yangi bank mahsuloti va xizmatlarini taklif qilish orqali aholining tadbirkorlik faoliyati rivojiga hissa qo‘shishlari haqida fikr yuritishlari shart. Ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta’siri ostida bank mahsulotlari va xizmatlarining evolyutsiyasi amalga oshirilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir mamlakatning milliy iqtisodiyoti rivojlanishiga banklar tomonidan depozitlarga jalb qilingan mablag‘lar miqdori sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb etish uchun avvalo, ularga manfaatli foizlar to‘lanishi va yangi bank xizmati turlarini joriy etish muhimdir.
Tijorat tashkilotlarining bir turi sifatida bank muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ularning resurslari asosan qarzga olingan mablag‘lar hisobidan hosil qilinadi.
Banklar tomonidan jalb etilayotgan mablag‘lar o‘z tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb etilgan mablag‘lar va boshqa kredit muassasalaridan qarzga olingan mablag‘lar asosiy turdagi jalb etilayotgan mablag‘lardir.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv schyotidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi. Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud.
1. Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish;
2. Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasining oshirish;
3. Boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish;
4. Depozit operatsiyalarini amalga oshirish.
Depozitlar banklarning ssuda kapitalini tashkil etib, bank uni istagan xo‘jalikka joylashtirishi mumkin.
Depozit – lotincha (depositum) so‘zdan olingan bo‘lib, saqlash uchun topshirilgan buyum ma’nosini bildiradi1. Iqtisodiyotda esa mijozning o‘z mablag‘ini vaqtincha foydalanish uchun bankka topshirishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabat tushuniladi.
Depozit operatsiyalari banklarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanib, depozit operatsiyalarisiz tijorat banklari o‘zlarining boshqa asosiy vazifalarini bajarishlari mumkin emas. Banklarning bosh maqsadi bo‘lgan foyda olishga erishish istiqbollarini belgilovchi, ya’ni daromad keltiruvchi aktiv operatsiyalarni bajarish bilan bog‘liq faoliyatlarida jalb qilingan va jamg‘arilgan mablag‘lar yoki depozitlar muhim o‘rin tutadi.
Depozitlarning iqtisodiy mazmuni va ularning mamlakat iqtisodiyotidagi tutgan o‘rni nimalardan iborat. Ushbu savolga javob berish uchun avvalo depozit operatsiyalarini bank va mijozlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar sifatida qarash talab etiladi.
Depozit deb quyidagi shartlarning barchasiga muvofiq bo‘lgan, qo‘yilgan pul mablag‘lariga aytiladi:

  • mijozning talabiga binoan yoki muddat o‘tganidan keyin foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz yoxud omonatchi yoki uning vakolatli vakili va pul mablag‘larini qabul qiluvchi bank o‘rtasida, kelishilgan shartlar asosida qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari;

  • subordinar qarzga, egalik qilish huquqlariga yoki xizmatlariga, shu jumladan sug‘urta xizmatlariga taalluqli bo‘lmagan pul mablag‘lari;

  • pul mablag‘larini qabul qiluvchi bankning tegishli hujjati bilan yozma shaklda tasdiqlangan pul mablag‘lari2.

Fikrimizcha, nazariy jihatdan bu iqtisodiy manfaatdorlikdir yoki har ikkala tomon ham ma’lum iqtisodiy naf olishni ko‘zlagan xolda iqtisodiy munosabatga kirishadi. Agar, aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklarda bexavotir saqlash kafolatlari mavjudligi hamda topshirilgan omonatlar bo‘yicha foizli daromad olishdan manfaatdor bo‘lsa, banklar esa ushbu jalb qilingan mablag‘lar hisobiga mijozlarga kreditlar berib yoki lizing, faktoring kabi jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan xizmatlarni ko‘rsatish orqali foizli daromadlar olishadi. Shu yo‘l bilan bo‘sh pul mablag‘larini bank orqali yig‘ish va iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirish, natijada pul aylanish tezligini o‘stirishi evaziga milliy valyuta qadrsizlanishining jilovlanishiga erishish mumkin. Aynan, mana shu omil ham depozit operatsiyalarining rivojlanishida asosiy o‘rin tutadi.
Depozit – bu mijozning banklarga vaqtincha ishlatish uchun o‘z mablag‘larini berishi bo‘yicha iqtisodiy munosabatidir.
Omonatchi chek yozib berib, ma’lum miqdordagi pul mablag‘ini muomalaga (aylantirishga) qo‘yishi mumkin. Shu bilan birga, bu vaqtda bank pullari foiz keltiradi. Ular omonatchiga 2 xil vazifani bajaradi: birinchi tomondan pul vazifasini, ikkinchi tomondan foiz keltiruvchi kapital sifatida. Naqd pulga nisbatan depozitning ustunligi uning foiz keltirishidir. Depozit faqat omonatchiga emas, balki banklarga ham foydalidir. Ular yordamida banklar ssuda kapitalini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lib, xo‘jalikning xoxlagan soxasiga qulay shartlar asosida joylashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Depozit foizlari bilan pul foizlari o‘rtasidagi farq asosida banklar mukofotga ega bo‘ladilar.
Depozit operatsiyalarini tijorat banklari o‘zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining ob’ekt va sub’ektini aniqlash lozim.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar A.A.Martens va N.O.Derkachlar tomonidan tayyorlangan: “Depozit siyosati – tijorat banklarini fondlashtirishning bazaviy elementi sifatida” deb nomlangan monografiyasida: “…depozit siyosati bank resurslarining asosiy qismini shakllantirish bilan bir qatorda, uning kredit potensiali va moliyaviy faoliyat samaradorligi darajasini belgilab beradi. Ammo ushbu sohadagi innovatsiyalar faqat barqaror moliyaviy sharoitdagina samara beradi, istalgan boshqa sharoitda tijorat banklari o‘zlari uchun jozibador bo‘lgan mijozlar segmentidan mablag‘larni jalb etish yo‘li bilan likvidlilik pozitsiyasini saqlab qolishga intilishadi3” - degan xulosaga kelishgan.
Hind olimlari Narayana Maharana, Suman Kalyan Choudxuri, Ashok Kumar Panigraxilar tomonidan bajarilgan: “Deposit Mobilization of Commercial Banks: A Comparative Study of BOB and Axis Bank in Bhubaneswar City” deb nomlangan ilmiy maqolada Hindistonning alohida hududlarida aholi jamg‘armalarini depozitlarga jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni tahlil qilib, “…mazkur faoliyat yo‘nalishi Hindiston banklari uchun asosiy funksiya hisoblanadi va uni yanada rivojlantirish zarur…4” ligini qayd etishgan.
Shuningdek, M.N.Buxadurova «Aholi bilan o‘zaro munosabatlarda tijorat banklarining depozit siyosati» nomli ilmiy tadqiqot ishida: «depozit siyosati bank siyosatining ajralmas qismi hisoblanib, qaytarib berish va to‘lovlilik shartlari asosida bank mijozlarining pul mablag‘larini jalb etish bo‘yicha bosqichma-bosqich, o‘zaro aloqador hatti-harakatlar; maqsadga muvofiq darajadagi rentabellik va bank likvidliligiga erishishni ta’minlash maqsadida siyosatni amalga oshirish usul va vositalari jamlanmasi»5- sifatida e’tirof etadi.
Taniqli rus olimasi i.f.d., professor Ye.I.Vorobeva o‘zining «Qrim Respublikasida Rossiya milliy tijorat banki depozit siyosati» deb nomlangan ilmiy maqolasida: «depozit siyosati – bu depozitlar (omonatlar) portfelini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar majmuasi hisoblanib, ushbu tadbirlarni amalga oshirishning turli shakl va usullari, bozorning mazkur segmentidagi raqobat pozitsiyasini aniqlash hamda resurs bazasi barqarorligi va ishonchga sazovorligini ta’minlash»6 degan xulosani qayd etgan.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan S.M.Xodiyev o‘zining “Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish” nomli ilmiy ishida tijorat banklarining depozit siyosatini “depozit faoliyatining kompleks dasturi bo‘lib, tijorat banki tomonidan amalga oshirilayotgan depozit operatsiyalarining me’yoriy, tashkiliy va texnologik masalalarini qamrab oladi”7 – deya e’tirof etgan.
Depozit operatsiyalarining sub’ektlari bo‘lib, bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:

  • davlat korxona va tashkilotlari;

  • moliya, sug‘urta, investitsion va trast kompaniyalar;

  • xususiy korxona va tashkilotlar;

  • aksioner kompaniyalar;

  • banklar va boshqa kredit muassasalari;

  • qo‘shma korxonalar, koorperativlar;

  • jamoa tashkilotlari va fondlar;

  • alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar.

Depozit operatsiyalarining ob’ekti bo‘lib ehtiyojdan ortiq pul mablag‘lari hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo‘lib, balans likvidligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni:

  • depozit operatsiyalari bank daromadlarining oshishiga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak;

  • bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak;

  • depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo‘yilmalarga e’tibor qaratish lozim;

  • depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog‘liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish zarur va boshqalar.

Yaqin kunlargacha, banklar tomonidan depozit operatsiyalarga yetarli ravishda e’tibor qaratilmas edi. Buning asosiy sabablari:

  • birinchidan, bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning taklifdan birmuncha yuqoriligi;

  • ikkinchidan, inflyatsiya darajasining nisbatan balandligi;

  • uchinchidan, arzon moliyaviy resurslarning mavjudligidir.

Ushbu holat tijorat banklarining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini ortiqcha qiyinchiliklarsiz qondirish bilan birga, ularga yetarli miqdorda o‘z foydasini shakllantirish imkoniyatini ham beradi.
Ammo aholining banklarga omonatlar qo‘yish istagining pasayib ketganligi, pul mablag‘larini kredit muassasalari tizimidan tashqarida aylanishini kamaytirish lozimligi alohida aytib o‘tish kerak, keyingi yillarda inflatsiya darajasining pasayishi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta maliyalash stavkalarining muntazam ravishda kamayib borishi tijorat banklaridan depozit operatsiyalarning amaliy ahamiyatini oshirishni talab etmoqda.
Tijorat banklarining jalb qilgan mablag‘larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi. Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag‘ida ma’lum vaqtgacha saqlanadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. Bank amaliyotida qo‘llanilayotgan depozitlar haqidagi iqtisodiy adabiyotlarda yagona yondashuv mavjud emas. Xalqaro bank amaliyotida depozitlar deyilganda moliya-kredit yoki bank muassasalariga saqlash uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki pul mablag‘lari tushuniladi
Depozit mijozlarning banka vaqtincha foydalanish uchun bergan mablag‘lari bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni aks ettiradi.
Depozitlarning guruhlanishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va iqtisodiy adabiyotlarda yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim manbalarda ular asosan, uchta guruhga ajratilsa, ba’zi adabiyotlarda to‘rtta guruhga ajratilishi ta’kidlanadi.
Bizning nazariyalarimizda, banklarning depozit operatsiyalarini iqtisodiy mazmuni va muddatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq (1-chizma).


Yüklə 120,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin