8-mavzu. Tijorat banklari depozit operatsiyalari reja: Tijorat banklarining depozit operatsiyalari va ularning tavsifi



Yüklə 120,15 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü120,15 Kb.
#205182
1   2   3   4   5
8-mavzu. TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARI

3-savol bayoni. Depozitlarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish yuzasidan narxlarni belgilashda bank rahbariyati qadimiy dilemmaga duch keladi: omonatlarni jalb qilish va o‘zida «ushlab qolish» uchun banklar mijozlarning yuqori foiz daromadlarini olishini ta’minlashi kerak, ammo shu paytning o‘zida bank keragidan ortiqcha foiz stavkalari belgilashi kerak emas, negaki yuqori foiz stavkalari depozitlardan foydalanishdan olingan daromadni «yutib» yuborishi mumkin. Depozitlar uchun olib borilayotgan raqobat kurashi bu muammoni yanada murakkablashtiradi, chunki raqobat depozitlar bo‘yicha foiz harajatlarini ko‘paytiradi va bir vaqtning o‘zida jalb qilingan mablag‘lar aylanmasidan olinishi mo‘ljallanayotgan foydani kamaytiradi.
Haqiqatda, moliyaviy bozorda alohida banklar uzoq muddatli perspektivada depozitlar narxini belgilash ishlarini juda kam darajada nazorat qila oladi. Alohida olingan bank emas, balki bozor va uning ishtirokchilari (yoki unga yetarli darajada ta’sir o‘tkazuvchilar) barcha baholar darajasini belgilab beradi. Bunday holatda bank rahbariyati bozor tomonidan aniqlangan bahoga nisbatan yuqoriroq bahoni taklif qilish yo‘li bilan katta miqdordagi depozitlarni jalb qilishi kerakmi yoki bozor sharoitidan yomonroq shartlarni o‘rnatish bilan depozitlardan voz kechishi kerakmi degan masalani hal qilishi zarur bo‘ladi. Bank boshqaruvchilari ko‘p paytlarda kengayish yoki daromadlilikni ta’minlashdan birini tanlashga majbur bo‘lishadi. Qimmat depozitlar uchun kurash – foydani yo‘qotish hisobiga bankning tezkor kengayishiga erishish demakdir.
«Harajatlar plyus foyda» usulida depozitlar narxini aniqlash. Dastlabki paytlarda depozitlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha harajatlarni mijozlar zimmasiga yuklash g‘oyasi banklar tomonidan to‘liq qo‘llab – quvvatlanmadi. XX asrning oxiri va XXI asrning birinchi besh yilligida mijozlar ko‘proq bepul xizmat olishlari kerak degan g‘oya (yangilik sifatida) bank amaliyotiga joriy qilingan edi. Bu g‘oya banklarning an’anaviy bozorlariga kirib borayotgan va depozitlarning sezilarli qismini jalb qilishga urinayotgan boshqa moliyaviy vositachilarning manfaatlariga mos kelardi. Ammo, keyinchalik bankirlar mayda depozitlarning ko‘payishi va ularga xizmat ko‘rsatish bankning joriy harajatlarini ko‘paytirib yuborishi oqibatida bunday marketing strategiyasining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida shubhalana boshlashdi.
Faoliyat ko‘rsatib kelayotgan banklar harajatlarga nisbatan past bo‘lgan baholarni o‘rnatish evaziga mijozlarni jalb qilishgan. Natijada mijozlar uchun, depozitlar bo‘yicha xizmatlarning haqiqiy qiymati va mijozlarning bu xizmatlar to‘lovi uchun harajatlari o‘rtasidagi farq tariqasida aniqlanadigan, foyda normasining oshishi («yashirin foiz stavkalari» nomi bilan ma’lum bo‘lgan) kuzatila boshlandi.
Depozitlar narxi va bank harajatlari o‘rtasidagi aloqa banklarga baholar va harajatlar o‘rtasidagi nisbatni aniqlash imkoniyatini berib, bepul ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kamaytirishni taqozo qiladi. Masalan, so‘nggi yillar davomida barcha banklar hisobvaraqlardan mablag‘ olinishi (ishlatilishi) paytida komission haq (debet oborotdan) olish, depozit hisobvaraqlari bo‘yicha minimal summa miqdorini belgilash amaliyotiga o‘tishgan. Natijada xizmatlar uchun olinayotgan komissiya miqdori bank harajatlarini to‘liq qoplamoqda.
Depozitlarga xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha qiymatini baholash. «Harajatlar plyus foyda» usulida baholarni aniqlash depozitlar bo‘yicha har bir xizmat turining qiymatini aniq hisoblashni taqozo qiladi. Buni qanday amalga oshirish mumkin? Eng ko‘p ishlatiladigan usulning mohiyati bank harajatlarini baholash asosida depozitlar narxini kalkulyasiya qilishdadir. Bank: 1) bank mablag‘larining har bir manbasi bo‘yicha harajatlar stavkasini (Markaziy bank talablari asosida tashkil qilinadigan rezervlar, depozitlar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari va x.k. hisobga olingan holda) hisoblashi; 2) har bir manbadan olinadigan mablag‘larning o‘rtacha (nisbiy) summasini harakatlar stavkasiga ko‘paytirishi; 3) olingan natijani qo‘shib, bank mablag‘larining o‘rtacha tortilgan qiymatini aniqlashi kerak bo‘ladi. Ushbu usul (mablag‘larning umumiy fondi usuli) alohida olingan depozit turining qiymati mavjud emas, balki barcha moliyaviy manbalarning o‘rtacha tortilgan qiymati bor degan g‘oyaga asoslanadi.
Bozorga kirishni ta’minlash uchun depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘rnatish usuli. Bank harajatlari va daromadlarining miqdori (hech bo‘lmaganda qisqa muddatli perpektivada) inobatga olinmasdan bahoni aniqlash usullaridan biri – bozorga kirishni ta’minlash uchun depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘rnatish usulidir. Yuqori foiz stavkalari (odatda, bozor darajasidan oshiq miqdorda) va komission yig‘imlarning eng kam tariflarini taklif qilish yo‘li bilan imkon qadar ko‘p mijozlarni jalb qilish g‘oyasi ushbu usulning zamirida yotadi. Bunda bank rahbariyati omonatlar kreditlar miqdorini ko‘paytirilishiga olib kelishi va bu bilan foydaning kamayishini kompensasiya qilishiga umid bog‘laydi. Bozorga kirib borishni ta’minlash usulida baholarni aniqlash odatda, bozorning tezkor o‘sib borishi davrida (yoki bank uning bir qismini egallashga yoki monopol bo‘lishga harakat qilgan paytda) qo‘llaniladi.
Bu usulning mohiyati «ko‘pchilik mijozlar uchun mablag‘larni bankdagi hisobvaraqlarda saqlash qimmatga tushadigan ish» degan konsepsiyada ochiladi. Bundan tashqari, aksariyat mijozlar odatda, bank xizmatlaridan foydalanishmaydi. Depozit hisobvaraqlar mijoz va bank o‘rtasidagi yuzaga kelgan aloqalar holatini ko‘rsatadi hamda odatda bu aloqalar ssuda to‘g‘risidagi shartnomalarning tuzilishi, ishonch operasiyalarining bajarilishi va x.k. lar paytida yanada mustahkamlanadi. Bu aloqalarning «uzilishi» mijoz uchun qimmatga tushishi mumkin, shuning uchun ham ular o‘zlari tanlagan bankni «tark» etmaslikka harakat qilishadi. Shunday qilib, omonatlar banklar uchun ishlab chiqarishning o‘ta muqobil omili bo‘lib hisoblanadi. Demak, ular boshqa moliyaviy manbalarga nisbatan bank xizmatlariga bo‘lgan baholar yoki foiz stavkalarining o‘zgarishiga hamda raqobatchilar tomonidan taklif qilinayotgan xizmatlarning kengayishiga sezuvchan emas. Garchi bankning omonatchiga (uning omonatini «egallash» uchun yetarli bo‘lgan vaqt davomida) bozorga nisbatan yuqori daromad normasini taklif qilish imkoniyati bo‘lsa, kelgusida depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirilgan holda ham mijoz o‘z bankini «tark» etmaydi (bu holda asosiy sabab tariqasida, omonatni boshqa bankga ko‘chirish va yangi bank bilan tegishli aloqalarni o‘rnatilishi ko‘p vaqt va harajatni talab qilishini keltirish mumkin).
Banklar, bugungi kunda, o‘z mijozlariga faqagina o‘z harajatlari darajasi haqidagi ma’lumotlarnigina emas, balki ular foydalanayotgan depozitlar bo‘yicha ko‘rsatilayotgan, istalgan xizmat haqi to‘lovini nima uchun amalga oshirayotganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham berishlari kerak.
Mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar miqdori asosida depozitlar bahosini aniqlash usuli (bahoni shakllantirishning ko‘p omilli usuli). Bahoni shakllantirishning ko‘p omilli usuli bankning eng yaxshi (moliyaviy mustahkam) mijozlarini saqlab qolish hamda har bir mijozga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning miqdori va sifatiga qarab depozitlar bahosini aniqlashga asoslangan. Bankning ikki yoki undan oshiq xizmatlarini sotib olayotgan mijozlar bank bilan aloqasi mustahkam bo‘lmagan mijozlarga nisbatan kamroq miqdordagi tariflarni o‘rnatilishi bilan rag‘batlantiriladi. Bu usulning bosh g‘oyasi – bank xizmatlarini ko‘proq sotib olayotgan mijoz, bankga ko‘proq tobe’ bo‘ladi. Shunday qilib, mijozlarning bank bilan aloqasining holatiga bog‘liq holda baholarni o‘rnatish – depozitlar bo‘yicha taklif qilinayotgan foiz stavkalari darajasi yoki boshqa bank xizmatlarining bahosining o‘zgarishidan qat’iy nazar mijozlarning bankga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lib qolishini ta’minlaydi.
Bank maqsadlariga erishishda depozitlar bahosidan foydalanish. So‘nggi yillarda banklar depozit bahosidan har bir xizmat turi bo‘yicha mijozlar portfelini shakllantirishda foydalanish mumkinligi tushunib yetishdi. Depozit bahosining o‘zgarishi nafaqat kredit va depozit stavkalari o‘rtasidagi farqni ko‘paytirmasdan, balki mijozlar tarkibi va omonatlar strukturasiga ham ta’sir o‘tkazadi.
Bundan tashqari, kreditlar va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq qanchalik kichik bo‘lsa, bankning depozitlarga o‘rnatilgan narxlarning o‘zgarishiga sezuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Depozitlarga baholarni o‘rnatish usullaridan, mijozlarni jalb qilish yoki raqobatchilar bilan kurash uchun emas, balki bankning daromadliligini saqlab qolish va ko‘paytirish yo‘lida foydalanish maqsadga muvofiqroqdir. Haqiqatda, omonatlarning yangi turlari taklif qilinishida, ularga bo‘lgan talab va tadbirning muvaffaqiyati birinchi navbatda bankda omonatlarga ega mijozlar bilan bog‘liqdir.


1 https://ru.wiktionary.org/wiki/deposit - Vikilug‘at

2 O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 5 noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi O‘RQ-580-sonli Qonuni

3Мартенс А.А., Деркач Н.О. Депозитная политика как базовый элемент фондирования коммерческого банка / А.А. Мартенс, Н.О. Деркач // Образование и наука: современные тренды : коллективная монография (Чебоксары, 15 март 2018 г.) / гл. ред. О.Н. Широков – Чебоксары: ЦНС «Интерактив плюс», 2018. – С. 140-150..

4 Narayana Maharana, Suman Kalyan Choudhury, Ashok Kumar Panigrahi. Deposit Mobilization of Commercial Banks: A Comparative Study of BOB and Axis Bank in Bhubaneswar City. Journal of Management Research and Analysis 2015;2(3):195-203.

5 Бухадурова М.Н. “Депозитная политика коммерческих банков во взаимоотношениях с населением”. автореферат. дис. … канд. экон. наук: 08.00.10. – Москва., 2012. – 12-15 стр.

6 Воробьева Е.И. Депозитная политика Российского Национального коммерческого банка (ПАО) в Республике Крым. Научный вестник: Финансы, банки, инвестиции - 2018 - №1. 99-110 стр.

7 Ходиев С.М. “Совершенствование депозитной политики коммерческих банков в условиях либерилизации экономики”. автореферат дис. … канд. экон. наук. 08.00.07– Ташкент, 2010. – 19 стр.

8 Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida muallif ishlanmasi

9 Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida muallif ishlanmasi

10 “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 2008 yil 14 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami: 1859.



Yüklə 120,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin