Shartnomalarning yagona reyestri Vakolatli organ davlat xaridlari elektron tizimlarining va maxsus axborot portalining axborotlar bazalari o‘rtasida axborot almashish orqali Shartnomalarning yagona reyestrini yuritadi. Shartnomalarning yagona reyestriga quyidagi hujjatlar va axborot kiritiladi: davlat buyurtmachisining nomi; moliyalashtirish manbasi; ijrochini aniqlash usuli
xarid qilish tartib-taomilining natijalari sarhisob qilinadigan sana va shartnoma tuzish asoslarini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari; shartnoma tuzilgan sana; tovarning (ishning, xizmatning) nomi, shartnoma bahosi va uni bajarish muddati, tovar (ish, xizmat) birligining narxi, u kelib chiqqan mamlakatning va ishlab chiqaruvchining nomi; ijrochi soliq to‘lovchining nomi, firma nomi (agar mavjud bo‘lsa), joylashgan eri (yuridik shaxs uchun — pochta manzili), familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa), yashash joyi (jismoniy shaxs uchun), ijrochining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki chet ellik shaxs uchun tegishli chet davlatning qonunchiligiga muvofiq ijrochining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami analogi, benefitsiar mulkdor to‘g‘risidagi axborot, bundan tarixiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan va davlat muzey, axborot-kutubxona, arxiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga o‘xshash fondlarni to‘ldirish uchun mo‘ljallangan madaniy qimmatliklarni, shu jumladan muzey ashyolarini va muzey kolleksiyalarini, shuningdek noyob va qimmatbaho nashrlarni, qo‘lyozmalarni, arxiv hujjatlarini (shu jumladan ularning ko‘chirma nusxalarini) yetkazib beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs to‘g‘risidagi axborot mustasno; shartnomaning o‘zgartirilgan shartlari ko‘rsatilgan holda shartnomani o‘zgartirish to‘g‘risidagi axborot; shartnomani ijro etish to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan shartnoma uchun haq to‘lash, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni tegishli tarzda bajarmaganlik munosabati bilan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar, penyalar) hisoblanishi to‘g‘risidagi axborot; bekor qilish sabablari va asoslari ko‘rsatilgan holda shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi axborot. Shartnomalarning yagona reyestridagi axborot to‘lov undirilmagan holda tanishib chiqish uchun ochiqdir. Shartnomalarning yagona reyestrini yuritish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Qaysi shartnomalar to‘g‘risidagi axborot Shartnomalarning yagona reyestriga kiritilmagan bo‘lsa, o‘sha shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi.
benefitsiar mulkdor — pirovardida mulk huquqlariga egalik qiladigan yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
benefitsiar mulkdor — pirovardida mulk huquqlariga egalik qiladigan yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta’minlash jarayoni;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnoma — davlat buyurtmachisi va davlat xaridlarining ijrochisi o‘rtasidagi davlat xaridlari bo‘yicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv;
davlat xaridlarining subyektlari — davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot va ekspert, ekspert tashkilot
davlat xaridlarining subyektlari — davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot va ekspert, ekspert tashkilot
tender — davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida davlat xaridlarining ijrochisini aniqlash tartib-taomilini nazarda tutuvchi tanlov bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif etgan xarid qilish tartib-taomillarining ishtirokchisi g‘olib deb topiladi;
xarid qilish tartib-taomili — davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlar majmui;
Shartnomalarning yagona reyestri — davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan maxsus axborot portalida yuritiladigan, davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarning reyestri;
e’lon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi ko‘rsatilgan, maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladigan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot;