1-Mavzu: Kino, televidenie va radio tarixi, birinchi qadamlari Reja: Kino va televideniye san’ati, telekommunikatsiya vositalari orasida о‘ziga xos vazifalari.
Mamlakatimiz va jahon kinematografi, televideniye tarixi.
Televideniye'>19-20 asrlarda, san’at sohasidagi kirib kelayotgan qator texnikaviy kashfiyotlar.
Televideniye (yunon. τήλε — uzoq va lot. video — koʻraman) harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimidir. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan. Kadrlar almashinishi chastotasi tasvir oʻzgarishi tezligiga qarab tanlanadi.
Televideniye (tele... — va rus. videniye — koʻrish) — fan, texnika va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bogʻliq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat oʻzi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan. Bu istak koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan. Mas., Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini koʻzguda koʻrib oshiq boʻlib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika "sehrli koʻzgu" ("oynai jahon") ga aylangan 20 a. da roʻyobga chiqdi. T. tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (19-a. oxirida portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. 20-a. 30y.lariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chikishni nemis muhandisi P.G. Nipkov 1884 y. boshlab bergan). 30y.lar oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron T. tizimi paydo boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, yaʼni T. koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obʼyektiv orqali biror obʼyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand elektr signallari olinadi.
Televidenie taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) U. Smit (AQSH) ning , tashki fotoeffektning asosiy qonuniyatlarini belgilab bergan (1888)A. G. Stoletovnij, radioalokani ixtiro qilgan (1895) A. S. Yaoiovning , "katod teleskop" tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim boʻyicha lab. sharoitida birinchi marta elektron televizion uzatishni amalga oshirgan (1911) B. L. Rozingning xizmatlari katta. 1928 y.da oʻzbekistonlik ixtirochilar B. P. Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar elektronnur yordamida xarakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot"ni yaratdilar. T. elektron tizimlari amalda 1920—40 y.larda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan. BungaB. K. Zvorikin va F. Farnsuort (AQSH), K. Svintov (Buyuk Britaniya), A. A. Chernishev, S. I. Katayev, A. P. Konstantinov, B. L. Rozing , P. V. Timofeyev, P. V. Shmakov (SSSR) va b. olimlar katta hissa qoʻshishgan.
Televizion tasvirlar 3 jarayonda uzatiladi: 1-uzatuvchi obʼyekt chiqargan yoki qaytargan yorugʻlikni elektr signallariga aylantirish; 2elektr signallarini aloqa kanallari boʻyicha uzatish va qabul qilish; 3elektr signallarini obʼyektning optik tasvirini hosil kiluvchi yorugʻlik impulslariga aylantirish. Uzatishda tasvir elementlarini elektr signallariga, qabul qilishda uzatilgan signallarni tasvir elementlariga ketma-ket aylantirish jarayoniga tasvirlarni tiklash deyiladi. Tasvirlarni analiz va sintez qilish jarayonlari sinxron hamda sinfaz boʻlishi kerak. Televizion koʻrsatuv tizimida chiziqlisatr yoyilma qabul qilingan; bunda hosil qilinadigan tasvir kadri gorizontalsatr strukturaga ega boʻladi. Tiklashning sinfazligini saklash uchun har qaysi satr va kadr oxirida sinxronlovchi impuls uzatiladi. Shu bilan televizion stya oʻz taʼsir zonasidagi barcha televizorlardagi tiklanishlarni boshqaradi. T.da optik tasvirlarni hosil qilish va tiklash jarayonlari texnik jihatdan asosan vakuumli elektronnurli trubka yordamida amalga oshiriladi.
Uzatuvchi trubkalar ichida ichki fotoeffektli vidikon va tashki fotoeffektli superortikon, qabul qiluvchi trubkalardan esa turli kineskoplar keng tarqalgan. Oqqora T.da yorugʻlik signali (videosignal) uzatuvchi trubkadan chiqishda kuchaytiriladi va elektr signaligaaylantiriladi. Bunda radiokanal yoki kabel kanali aloka kanali boʻlib xizmat qiladi. Qabul qiluvchi qurilmada qabul qilingan signallar bir nurli kineskopda yorugʻlik nurlariga aylantiriladi; bunda kineskop ekrani oq nur nurlatadigan lyuminofor bilan qoplangan. Rangli televideniyem tabiatdagi barcha ranglarni maʼlum nisbatda olingan 3 ta asosiy rang — qizil, yashil va koʻk ranglardan optik jihatdan tiklash mumkin boʻlgani uchun televizion uzatish kamerasi yoritilganlik signalini va asosiy ranglar signallarini yaratishi uchun bir emas, balki 3 ta trubkadan iborat boʻladi. Uzatishda (telemarkazda) ana shu barcha signallar kodlanadi, qabul qilishda (televizion priyomnikda) dekodlanadi. 80y.lar oʻrtalaridan boshlab raqamli T. tizimi ustida ishlar olib borildi va amalda joriy qilindi. Bu tizimda elektr impulslarning kod (raqam) li kombinatsiyalari ketma-ketligidan foydalaniladi. Kabelli T. tizimidan ham foydalanilmoqda. Unda atmosfera va b. xalaqitlar boʻlmaydi. Kabellar (yorugʻlik oʻtkazgichlar) asosan yer ostidan oʻtkaziladi. T. tizimlar quyidagi asosiy belgilari boʻyicha tasniflanadi: sifat belgisi boʻyicha — oqqora (monoxromli), rangli, stereomonoxromli va stereorangli; signallarni qanday shaklga keltirishi (videoinformatsiya) boʻyicha — analog va diskretli (raqamli); aloqa kanali spektrining chastotasi boʻyicha — keng polosali va tor polosali. T. inson turmushida muhim oʻrinni egalladi; televizion eshittirish sifatida keng tarqaldi. Televizion apparaturalar fan, tibbiyot, xalq xoʻjaligining turli tarmoklarida turli masalalarni hal qilishda keng ishlatiladi. Tasvirni uzoq masofaga olib koʻrsatish tajribalari 20-a. 30y.larida boshlandi. SSSR da 1931 i. 1 okt.dan qoʻzgʻalmas tasvirlarning kam qatorli televizion koʻrsatuvlari muntazam olib borildi. Harakatlanuvchi tasvirlarning birinchi koʻrsatuvlari 1932 y. amalga oshirildi, 1934 y. ovozli T. paydo boʻldi. 30y.larning oxirida kam qatorli mexanik T.dan elektron T.ga oʻtilishi T. taraqqiyotida yangi bosqich boʻldi. 1962 y.da SSSR da kosmik T. yaratildi. Yaqin kosmosga televizion xizmatni talab etadigan yer sunʼiy yoʻldoshlari va orbital styalar uchirildi. T. Oyning Yerdan koʻrinmaydigan tomonini oʻrganishga imkon yaratdi, Oy, Merkuriy, Venera, Mars va Yupiter sayyoralarining fototelevizion suratlari olindi va b. Elektron T. koʻrsatuvlari tajriba tarikasida 1938 y. Moskva va Leningradda namoyish qilindi. 1939 y.dan esa muntazam koʻrsatuvlar boshlandi. Muntazam telekoʻrsatuvlar Buyuk Britaniya va Germaniyada 1936 y., AQSH da 1941 y., Yevropa mamlakatlarida 20-a. 50yillarida, rivojlanayotgan mamlakatlarida 60y.larda boshlandi. Hoz. dunyoda T. kjsak darajada rivoj topdi va insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz T.siga ega, AQSH va 3 ta umummilliy teletarmoq — "EyBiSi", "SiBiEs" va "EnBiSi" faoliyat koʻrsatmoqda. Angliyada "BiBiSi", Fransiyada TF, Rossiyada 1kanal, RTR, NTV, TNT va b. telestudiyalar mavjud.
Toshkent telemarkazining tajriba sinov koʻrsatuvlari 1956 y. 5 noyabrdan boshlandi. 1957 y.da Oʻzbekiston Radioeshittirish va Televideniye qoʻmitasi tashkil etiddi, qoʻmita 1992 y. 7 yanvarda Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, Oʻzbekiston Prezidentining 1996 y. 7 maydagi farmoni bilan esa Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi ("Oʻzteleradio") ga aylantirildi. "Oʻzteleradio" ommaviy axborot vositalarining muassasasi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquklariga ega boʻldi. "Uzteleradio"ning Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda hududiy (mintaqaviy) boʻlimlari mavjud. Oʻz TV da 4 ta kanal bor. Ularda har kuni 52 soat ("Uzbekistan" — 18 soat, "Yoshlar" — 16 soat, "Toshkent" — 7 soat, "Sport" — 11 soat) koʻrsatuv efirga uzatiladi. Viloyatlar telekoʻrsatuvlari bir kechakunduzda 15,5 soatni tashkil etadi (2004). "Oʻzteleradio" jahondagi koʻpgina yirik telekompaniyalar bilan, jumladan, Amerikaning CNN, Germaniyaning DW, Yaponiyaning NHK, TBS, FUJI, Koreyaning KV5, Turkiyaning TRT, Rossiyaning yetakchi telekompaniyalari bilan keng tarmokli aloqalarga ega. Oʻzbekiston TV ning "Axborot" dasturi SCOLA (AQSH) konsorsiumi hamkorligida internet orqali uzatib boriladi. T. paydo boʻlishi bilan ommaviy axborot vositalari tizimida sifat oʻzgarishi yuz berdi — insoniyat ijtimoiy hayot voqealarini bevosita koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi, ijtimoiy ong bilan ijtimoiy borliq oʻrtasida eng kiska va qulay yoʻl barpo etildi, i neon ongiga va histuygʻusiga taʼsir etishning ishonchli vositasi vujudga keldi. T. garchi soʻzni bosma ravishda koʻpaytirmasdan ijtimoiy hayotni ovoz va tasvir vositasida aks ettirsada, u matbuotning , ommaviy axborot vositalarining bir turi hisoblanadi va uning krnunkridalari asosida ish koʻradi. T. matbuotning ijtimoiy informatsiya yigish va tarqatish vazifasining 3 qirrasi boʻlmish tasvir, tahlil va taʼsir funksiyalarini toʻla bajaradi, yaʼni u hayotdagi voqea va hodisalarni tasvirlaydi, ularni taxlil qiladi, hayotga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Matbuotning umuminsoniylik, xalqchillik, milliylik, haqqoniylik va b. tamoyillari ham T. faoliyati uchun bosh qonun hisoblanadi. Matbuotning ijodiy anʼanalariga amal qilish va yangi omillar yaratish, jamoatchilik fikrini ifodalash va b. qonuniyatlari ham T. uchun bevosita taalluklidir. Matbuot materiallarining oʻzagini tashkil etuvchi publitsistika ham T. faoliyatida keng qoʻllanadi va uning oʻziga xos xususiyatlari bilan birlashgan holda telepublitsistikani tashkil etadi. T.da publitsistikaning har 3 — informatsion, taxdiliy va badiiy koʻrinishlari keng xizmat kiladi. T. faoliyati telejurnalistika krnuniyatlari asosida olib boriladi. Telejurnalistika — jurnalistika qonunqoidalarining T. imkoniyatlari bilan birlashmasidan iborat. Telejurnalistika janrlari ham matbuot janrlari bilan T. xususiyatining qoʻshilishidan kelib chikadi. Matbuotning informatsion, tahliliy va badiiypublitsistik janrlari T. xususiyatlari bilan mushtarak holda telexabar, telereportaj, telelavha, telesuhbat, telehisobot, telesharh, teleocherk, telefelyeton va b. xillarga aylanadi. Maʼlum mavzuga bagʻishlangan telekoʻrsatuvlar yigʻindisi telejurnal deb ataladi. Shu bilan birgalikda T. ommaviy axborot vositalarining oʻziga xos, alohida bir turidir. U oʻz funksiyasini bajarishda publitsistika bilan bir qatorda ogʻzaki nutq sanʼati, adabiyot, teatr sanʼati, kino, musika sanʼati kabilardan ham keng foydalanadi. Shuning uchun ham T. boshqa ommaviy axborot vositalari orasida yuqori oʻrinda turadi. Telekoʻrsatuvlarda sanʼatning bu xildagi turlaridan keng foydalanish natijasida adabiyot va sanʼat turlari bilan mushtarak boʻlgan telenovella, teleminiatyura, telefilm, telespektakl, telekompozitsiya va b. janrlar ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston televideniyesi teledasturlarining rangbarangligi respublikaning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, madaniymaʼnaviy hayotining barcha sohalarini qamrab olish va qiziqarli aks ettirish imkon iyatini beradi.
Hozirgi kunda kundalik hayotimizni oynai jahonsiz tasavvur qilolmaymiz . Texnika taraqqiyot etgan sari televizorlar ham rivojlanib, mukammallashib bormoqda . Ammo ana shu televizorning tarixi haqida nimalar bilasiz ? Maʼlumki, ommaviy axborot vositalari orasida televideniye eng kenjasi boʻlib, mamlakatimizda uning paydo boʻlganiga deyarli yarim asr boʻlay deb qoldi . Tasvirni bir manzildan, boshqa manzilga uzatishga urinish ishlari XIX asr oʻrtalarida olib borilgan . Ingliz mexanigi A.Benua surat xolidagi tasvirni uzatish apparatini 1843 yili ixtiro qilgan. A.Benua qogʻozday ingichka qalay parchasiga tasvir tushirib, maxsus siyoh yordamida yozuvlar bitib, qalay taxtachani tasvir tarqatuvchi apparatga oʻrnatgan. Tasvirni qabul qiladigan apparatga esa elektr toki taʼsirida xiralashadigan maxsus, qogʻoz oʻrnatgan. Tasvirni elektr quvvati yordamida masofaga uzatadigan yana bir texnik uskuna loyihasi 1858 yilda Rossiya rasmiy doiralarida muhokama qilganligi haqida ham maʼlumotlar bor. 1897 yili bir muhim ixtiro qilinadi, nemis fizik olimi K.F. Braun osselograf uchun nur tarqatuvchi elektron trubka yaratdi. Ana shundan soʻnggina Peterburg Texnologiya INstituti professori Boris Lvovich Pozing television tasvirni qabul qilish, uni bir manzildan boshqa manzilga uzatishga muvaffaq boʻladi. 1907 yili B.Rozing tasvirni masofaga uzatishda nur tarqatuvchi electron trubkani qoʻllashnitaklif etadi. 1911 yili 22(9) mayda Rozing yorugʻ fonda bir-biriga parallel ikkita qora chizigʻini nur tarqatuvchi electron trubkada qabulqilishni tajribada sinab koʻrdi. Toshkentning Shayxontohur mavzesidagi Bola masjid koʻchasi, 74-uyda, (hozirgi Navoiy koʻchasidagi 199 uy. Hozirgi Toshkent televideniyesi markazi yonida) Yusufxon aka va Hamza opa Mirzamuhamedovlar uyida, 1925—1928 yillarda tasvirni ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi tomonlari toʻla electron tizimiga asoslangan hozirgi zamon televideniyesi yaratilib, jahonda birinchi boʻlib harakatdagi haqiqiy television tasvir qabul qilindi. Ushbu ixtiro asoschilari oʻsha paytdagi Eski shaharning soʻlim hovlisidagi boloxonali uyning bir xonasida yashovchi Boris Grabovskiy bilan Ivan Belyanskiylar edilar.
1928 yilning 4 avgust kuni teletasvirni uzatuvchi apparat koʻchaga oʻrnatildi. «Xiva» kinoteatri oldiga oʻrnatilgan telemajmuaning tasvirni qabul qiluvchi qismida oʻtib ketayotgan tramvay koʻrindi. Bu dunyoda birinchi bor koʻchada toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatilayotgan telereportaj — toshkentlik ixtirochilarning katta gʻalabasi edi. Televizor haqida maʼlumot beradigan boʻlsak, u telestudiyalardan uzatiladigan teleeshittirishlarning signallarini qabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun moʻljallangan radioelektron qurilma. Televizorning rangli va oq-qora, statsiognar va koʻchma xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan electr signallarini toʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqalitelevizorga uzatiladi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, soʻngra kineskop va radiokarnayga oʻtadi. Generatorlar vositasida kineskop ekranida television rastr hosil qilinadi. Oq-qora televizorda tasvir tasvir signallari qora va yorugʻ elementlar koʻrinishida namoyon boʻladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizor bir, uch, besh, oʻn ikki, oʻttiz bir va hokazo kanallari boʻladi. Televizorda qabul qilish uchun metrli toʻlqinlardiapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun televizorlarga alohida moslama — konverton qoʻyiladi. U detsimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa television kanal chastotasiga moslab beradi. Televizorlarning tuzilishi standartlashtirilgan. Uning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlb ulash bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvatlari bilan taʼminlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini koʻrish uchun televizorda sozlash blokidan foydalaniladi. Bu sozlash bloki yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan boʻladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchunbu signallar kuchaytirilganidan soʻng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqa-boshqa mustaqil kanallar boʻyicha ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detector yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli televizorlarning tuzilishi ancha murakkab, ular oq-qora televizorlardan ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye tizimi uch kanalli boʻladi. Monoxrom tashkil etuvchilar — qizil, koʻk va zangori ranglar rang qorgichchida aralashadi, soʻngra uzatgich modilyatoriga oʻtadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan uch chastota kanaliga boʻlinib, rangli kineskopga oʻtadi. Sifat koʻrsatkichlari, ekranning oʻlchami va foydalanishga qulayligi boʻyicha televizor toʻrt sinfga boʻlinadi: I—III sinfdagisi — statsionar televizorlar, IV sinfdagisi — portativ, yaʼni koʻchma televizorlar, odatda, televizorlar bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv bloklardan tuziladi. Televizorlarda asosan, yarim oʻtkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qoʻllaniladi. Ekrani tekis va elektrlyuminiforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli televizorlar yaratilgan.