1-Mavzu: Kino, televidenie va radio tarixi, birinchi qadamlari Reja



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə5/9
tarix16.01.2023
ölçüsü152,5 Kb.
#79369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
кино мавзу

EKRANLASHTIRISH NIMA?
San'atning boshqa turlari — adabiyot, opera yoki balet asarlari asosida yaratilgan kinoasarlarni ekranlashtirish deb atashadi. Ammo bu tushuncha ko’pincha aynan kino tilida qayta yaratilgan adabiy asarga oid bo’ladi. Avvalboshda adabiy syujetlar kinomatograf vositasida shunchaki bezaklanar edi. Ammo 1902 yilga kelib D. Defoning «Robinzon Kruzo»si va J. Svift «Gulliver»ining kinotalqinlari paydo bo’ldi. Rus kinosida ekranlashtirish tarixi 1910-yillardan boshlanadi, o’shanda «Rus oltin turkumi» — A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy, N. A. Nekrasov va boshqa adiblarning asarlari asosida bir qator filmlar yaratilgan edi. Taniqli rejissyor Ya. Protazanov tomonidan yaratilgan «Dama qarg’a» (1916) va «Valine'mat Sergiy» ular orasida eng muvaffaqiyatli chiqqani sanaladi. Yirik adabiy asarni ekranda gavdalantirish vazifasi o’ta murakkab va mas'uliyatli edi. Shuning uchun ham hammaga tanish syujetlarni qayta hikoya qilib berishni havola etadigan «motiv asosida» suratga olish ko’p uchrab turadi. A'lo darajada ekranlashtirishning bosh fazilati — adabiy asliyatga (asl manbaga) hurmat, uning g’oyalari, uslubi va timsollari xususiyatlarini maksimal va mukammal berishdir. Mamlakatimiz va xorijning eng a'lo asar ekranlashtirishlari — «Gamlet» (G. M. Kozinsev, 1964), «Jinoyat vajazo» (L. Qulijonov, 1970), «Xo’rlanganlar» (J. le Shanua, 1958) va Olivyening Shekspir asarlari asosida suvratga olgan turkum filmlari.
BIRINCHI OVOZ YOZIB OLISH QACHON AMALGA OSHIRILGAN EDI?
Birinchi ovoz yozib olish Tomas Edison tomonidan 1877 yilda amalga oshirilgan edi. Uning dastlabki ovoz yozish mashinasi dasta yordamida aylantiriladigan silindrga ega bo’lgan. Tag’in unda mo’giz va uchi to’mtoqlangan igna bo’lgan. Mo’giz tor uchidan qayishqoq membrana bilan berkitilgan edi. Mo’gizning keng tarafidan kirayotgan ovozlar ignaga tang’ilgan ushbu membranani tebrantirardi. Igna ovozlar ta'siri ostida yuqoriga va quyiga harakatlangan. Silindr qalaydan ishlangan zarqog’oz-folga qatlami bilan qoplangan. Igna ushbu zarqog’ozni bosar, mo’giz esa dasta aylantirilishiga qarab igna bilan birgalikda silindr bo’ylamasida harakatlanar edi. Shu tarzda, silindr tevaragidan ko’p marotaba aylangan igna zarqog’ozga yo’lakcha qoldirgan. Kimdir mo’gizga gapirsa yoki kuylasa, igna bu vaqtda yuqoriga va quyiga harakatlanib turgan. Igna tushayotganida zarqog’ozda ancha chuqur, ko’tarilayotganida esa — birmuncha sayoz jo’yakchalar yasagan. Jo’yakchalar chuqurligining o’zgarishi esa gapirilayotganda yoki kuylanayotganida hosil bo’ladigan tovush to’lqinlarining aks ettirilishi edi, ovoz yozish shu tariqa ro’y bergan. Yozuvni eshitib ko’rish uchun ignali mo’gizni qaytadan, jo’yakchalar boshiga joylashtirilgan. Igna jo’yakchalar bo’ylab harakatlanganida yupqa membranani yozish paytida qanday bo’lsa, xuddi shunday galma-gallikda tebranishga majbur qilgan. Bu mo’gizda havo tebranishini keltirib chiqarardi, aynan shu narsa yozish paytida yangraganini eslatuvchi ovozning vujudga kelishiga sabab bўlgandi.

Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin