Televideniya tarixi Hozirgi kunda kundalik hayotimizni oynai jahonsiz tasavvur qilolmaymiz. Texnika taraqqiyot etgan sari televizorlar ham rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Ammo ana shu televizorning tarixi haqida nimalar bilasiz ?
Televizor Rekord 1956 yil ishlab chiqarilgan.
Ma’lumki, ommaviy axborot vositalari orasida televideniye eng kenjasi bo’lib, mamlakatimizda uning paydo bo’lganiga deyarli yarim asr bo’lay deb qoldi. Tasvirni bir manzildan, boshqa manzilga uzatishga urinish ishlari XIX asr o’rtalarida olib borilgan. Ingliz mexanigi A.Benua surat xolidagi tasvirni uzatish apparatini 1843 yili ixtiro qilgan. A.Benua qog’ozday ingichka qalay parchasiga tasvir tushirib, maxsus siyoh yordamida yozuvlar bitib, qalay taxtachani tasvir tarqatuvchi apparatga o’rnatgan. Tasvirni qabul qiladigan apparatga esa elektr toki ta’sirida xiralashadigan maxsus, qog’oz o’rnatgan. Tasvirni elektr quvvati yordamida masofaga uzatadigan yana bir texnik uskuna loyihasi 1858 yilda Rossiya rasmiy doiralarida muhokama qilganligi haqida ham ma’lumotlar bor. 1897 yili bir muhim ixtiro qilinadi, nemis fizik olimi K.F. Braun osselograf uchun nur tarqatuvchi elektron trubka yaratdi. Ana shundan so’nggina Peterburg Texnologiya INstituti professori Boris Lvovich Pozing television tasvirni qabul qilish, uni bir manzildan boshqa manzilga uzatishga muvaffaq bo’ladi. 1907 yili B.Rozing tasvirni masofaga uzatishda nur tarqatuvchi electron trubkani qo’llashnitaklif etadi. 1911 yili 22(9) mayda Rozing yorug’ fonda bir-biriga parallel ikkita qora chizig’ini nur tarqatuvchi electron trubkada qabulqilishni tajribada sinab ko’rdi. Toshkentning Shayxontohur mavzesidagi Bola masjid ko’chasi, 74-uyda, (hozirgi Navoiy ko’chasidagi 199 uy. Hozirgi Toshkent televideniyesi markazi yonida) Yusufxon aka va Hamza opa Mirzamuhamedovlar uyida, 1925-1928 yillarda tasvirni ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi tomonlari to’la electron tizimiga asoslangan hozirgi zamon televideniyesi yaratilib, jahonda birinchi bo’lib harakatdagi haqiqiy television tasvir qabul qilindi. Ushbu ixtiro asoschilari o’sha paytdagi Eski shaharning so’lim hovlisidagi boloxonali uyning bir xonasida yashovchi Boris Grabovskiy bilan Ivan Belyanskiylar edilar.