1-chizma. Tijorat banklari depozitlarinig mohiyatiga ko‘ra turlari8 Ushbu guruhga talab qilib olunguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlar, muddatli depozitlar, jamg‘arma depozitlar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, boshqa depozitlar kiradi.
Depozit mablag‘larni moliyaviy jihatdan nisbatan barqaror va nobarqaror mablag‘larga hamda to‘lovliligi jihatidan qimmat va nisbatan arzon mablag‘larga ajratish maqsadga muvofiq.
Moliyaviy jihatdan barqaror mablag‘lar tijorat banklarining asosiy foyda manbasini tashkil etish bilan birga, ularni kutilmaganda vujudga keladigan zararlardan himoya qilish imkoniyatini ham beradi. Ushbu mablag‘larga, yuqorida ta’kidlaganimizdek, banklarning ustav kapitalini, joriy yil va o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini, joriy yilning sof foydasi hamda muddatli va jamg‘arma depozitlarini kiritishimiz mumkin.
Muddatli va jamg‘arma depozitlar banklar uchun muddati jihatidan ham barqaror moliyaviy manba hisoblanadi. Zero banklar, ushbu mablag‘larni likvdsizlikka tushib qolish muammosini o‘ylamasdan ma’lum muddatga kredit resurslari sifatida ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tijorat banklari resurslarining muddati jihatidan nobarqaror mablag‘lari qatoriga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘larni kiritishimiz mumkin.
Banklar mazkur turkumga kiruvchi mablag‘lardan kredit resursi sifatida foydaglanganda ularning likvidsizlik holatiga tushib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Chunki mijoz ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘larni bank kutmagan paytda qisman yoki to‘lig‘icha ko‘chirish haqida bankka topshiriq berishi yoki naqd pul shaklida berishni talab qilish huquqiga ega.
Shu jihatdan, ushbu hisobvaraqlarda saqlanadigan mablag‘lar muddat jihatidan nisbatan nobarqaror resurslar turkumiga kiritiladi. Bank tomonidan mazkur mablag‘lar kredit resurslari sifatida ishlatilishi uni kutilmagan puytda likvidsizlik holatiga olib kelishiga sabab bo‘ladi.
Mablag‘larning tashkil topish manbalari jihatidan qimmatli yoki operatsiyalari natijasida vujudga keladigan mablag‘larga qaratilib, yuqorida qayd etilgan nisbatan barqaror mablag‘lar tijorat banklari uchun qimmat resurs manbalarini tashkil etadi.
Arzon resurs mablag‘lari turkimiga esa o‘z-o‘zidan aniqki nisbatan noborqaror mablag‘lar kiradi.
Depozitlar pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda quyidagilarga bo‘linadi:
yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo‘yilmalari;
jismoniy shaxslar qo‘yilmalari.
Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:
muddatli depozit mablag‘lar;
talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar;
aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.
O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadiyu Muddatli depozit mablag‘lar ularning muddatidan kelib chiqib;
3 oy muddatgacha depozitlar;
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘larga tasniflanadi.
Talab qilib olingunga qadar bo‘lgan depozitni quyidagicha harakterlash mumkin:
bunday depozitlar egalariga bankni ogohlantirmay turib hohlagan vaqtda mablag‘larni ishlatishi mkonini beradi.
hisobraqam egasi bankka ushbu hisobvaraqdan foydalangani uchun xaq to‘laydi. Bu haq har oyda qa’tiy belgilangan yoki debet oborotidan foiz ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
bank ham bu kabi depozitlarning egalariga mavjud mablag‘larga past foizlar hisoblaydi yoki umuman hisoblamasligi mumkin.
ba’zi mamlakatlarda ushbu depozitlarda ham Markaziy bankka yuqori foizda majburiy zahiralar ajratadi.
Tijorat banklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlarga korxona, tashkilot, muassasa va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisob-kitob va joriy hisobvaraqlarida saqlanadigan pul mablag‘lari kiradi. Talab qilib olingucha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlarga bank nisbatan kichik miqdorda, ayrim hollarda esa umuman foiz to‘lovlarini to‘lamaydi. Xalqaro bank amaliyotida ushbu depozit tranzaksion va chekli depozit deb ham yuritiladi.
Tijorat banklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlari asosan, hisobvaraq egasining tranzaksion operatsiyalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan. Mijoz ushbu mablag‘larni bankdan naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan, naqd pulda yoki cheklar bilan hisob-kitob qilish orqali amalga oshirishi mumkin.
Muddatli depozitlarga qo‘yiladigan mablag‘larni qaytarib olish muddati oldindan kelishiladi. Ushbu depozit turining nomidan ham ma’lumki, depozit mablag‘lar nisbatan uzoqroq muddatga qo‘yilib ularning muddati kamida bir oyni tashkil etishi lozim. O‘z navbatida banklar, ushbu depozit turi bo‘yicha nisbatan yuqori foiz to‘lovlarini to‘laydi. Bank mazkur depozitga muddati tugaguncha saqlash uchun va oldindan ogohlantirish yo‘li bilan muddati tugamasdan qaytarib berish haqida omonatchi bilan depozit shartnomasini tuzishi mumkin. Birinchi holatdagi depozit turida, bank depozit shartnomasida kelishilgan muddat tugaguncha omonatchining mablag‘idan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Muddati tugagandan keyin omonatchi tomonidan ushbu mablag‘ talab qilib olinmasa, kelgusida ushbu hisobvaraqasi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqasi tarzida ishlaydi. Odatda, ushbu depozitlar bo‘yicha muddatlar har-xil bo‘lib, mablag‘lar qancha ko‘p saqlansa, ularning foiz to‘lovlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Albatta, bu yerda pul bozoridagi resurslarning taklifi, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish hisob stavkasi miqdori asosiy rol o‘ynaydi. Shunga asosan, tijorat banklari depozit siyosatini o‘rnatadi. Muddatli depozitlar oldindan ogohlantirish asosida muddatidan oldin bankda qaytarib olinishi ham mumkin. Bunda bank mijozga depozit mablag‘ini oldindan qaytarib olganligi uchun jarima tarzida shartnomada kelishilgan foiz to‘lovlarini to‘lamaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyoji depozit operatsiyalari natijasida to‘liq qondirilmaganda ular mamlakat yoki xalqaro moliya bozoriga, Markaziy bankka va banklararo pul resurslari bozoriga murojaat qiladi.
Xalqaro bank amaliyotida moliya bozori va banklararo pul resurslari bozorlari orqali banklarning katta miqdorda moliyaviy resurslarni jalb etishi amaliyotda o‘zining ijobiy natijasini topgan. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining resurslari tarkibida qimmatli qog‘ozlarning ulushi 20-25 foizni tashkil etgan.
Banklararo pul resurslari bozori moliya bozorining asosiy mablag‘laridan samarali foydalanish va qo‘shimcha moliyaviy rerurslarga bulgan ehtiyojini zudlik bilan qondirishga imkoniyat yaratadi. Banklararo pul resurslari bozorida qisqa muddatli kredit resurslar sifatida ishtirok etayotgan mablag‘lar butun bank tizimidagi mavjud bo‘sh mablag‘lar hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar birinchidan ikkinchisiga o‘tish orqali ularning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘ining umumiy hajmi o‘zgarishsiz qoladi.
Depozitlarning yana bir turi – bu jamg‘arma depozitlar hisoblanadi. Jamg‘arma depozitlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ularda muayyan maqsad mavjud bo‘ladi.
1-jadval