8 mavzu. To’pgullar. Reja



Yüklə 314,08 Kb.
səhifə4/6
tarix31.01.2023
ölçüsü314,08 Kb.
#81872
1   2   3   4   5   6
8 mavzu. To’pgullar. Reja

Murakkab to’pgullar.
Gul o’qining o’sishiga qarab murakkab to’pgullar simpodial yoki aniq va monopodial yoki noaniq to’pgullarga bo’linadi. Simpodial to’pgulning o’qi gul bilan tugaydi, gullarning ochilishi uchidan yon novdalarga tomon, gullar bir tekislikda joylashganda gullash markazdan chetga tomon boradi.
Monopodial tupgulning o’qi uzoq o’sib, gullarning ochilishi asosidan uchiga tomon, gullar bir tekislikda joylashganda esa markazga tomon boradi.
Simpodial gullar o’z navbatida quyidagi tiplarga bo’linadi (20- rasm):
Monoxaziy. Bu to’pgul ikki xil bo’ladi: gajak va ilonizi to’pgul. Gajak to’pgulning o’qi bir tomonlama o’rnashib buralgan bo’ladi (kampirchopon). Ilonizida o’qi ikki tomonlama birin-ketin o’rnashgan bo’lib, iloniziga o’xshaydi (mingdevona).
Dixaziy (ayri to’pgul). Uning asosiy o’qi gul bilan tugaydi. Yonidagi o’zaro qarama-qarshi o’qlar o’sib, ular ham gul bilan tugaydi (chinnigullilar va meliyada).
Pleyoxaziy (soxta soyabon to’pgul). To’pgulning asosiy o’qi qisqargan, atrofda doira holida o’rnashgan bir qancha o’qlardan tashkil topgan to’pgullar joylashadi (sutlamadoshlarda).
Tirs. To’pgulning markaziy o’qida bir necha oddiy to’pgullar joylashadi (labguldoshlar, kapalakguldoshlar, sigirquyruqdoshlar).
Monopodial tupgullarning esa quyidagi tiplari mavjud:
Murakkab shingil yoki shoda. Gulning asosiy monopodial o’qi uzoq muddat o’sadi va undan bir nechta shoxchalar, bu shoxchalardan ikkinchi tartibli shoxchalar rivojlanadi va ularda gullar hosil bo’ladi (qashqarbeda).

- rasm. Simpodial to’pgullar
A-monoxaziy, B-dixaziy, V-pleyoxaziy, G-tirs.



-rasm. Monopodial to’pgullar.


A-murakkab boshoq, B-murakkab soyabon, V-shingil.
Murakkab soyabon to’pgullar. Asosiy gul o’qi qisqarib, unda katta o’rama barg joylashadi. Bu bargning qo’ltig’ida oddiy soyabon gullar o’sib, ular birgalikda murakkab soyabon to’pgullarni tashkil qiladi (soyabon-guldoshlar).
Murakkab boshoq. Tashqi ko’rinishidan murakkab shodaga o’xshaydi. Markaziy o’qda bir necha boshchalar zich o’rnashgan (arpa, bug’doy).
Murakkab ro’vak. Oddiy boshoqlar uzun shoxlangan bandlari bilan markaziy o’qda ikkinchi va uchinchi tartib shoxchalar hosil qiladi (sholi, so’li, tariq, qo’ng’irbosh).

Yüklə 314,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin