Apomiksis. Jinsiy hujayralar qo’shilishida urug’lanmagan tuxumhujayradan yangi organizm rivoj-lanishi apomiksis deyiladi (yunon. ano-inkor, miksis-qorishish). Bu hodisa ko’pincha qoqidoshlar, ra’nogul-doshlar va g’alladoshlar singari evolyutsion jihatdan taraqqiy etgan oilalarda kuzatilganligi sababli, apomiksis kelgusida jinsiy ko’payish o’rnini egallaydi, natijada yangi o’simliklar guruhi paydo bo’ladi, degan fikrlar bildirilmoqda.
Ayrim o’simliklarda urug’murtagi tuxumhujayra urug’lanmasdan rivojlanadi. Bu hodisa partenogenez deyiladi. Urug’lanmasdan meva ham hosil bo’lishi mumkin, lekin uning urug’i puch bo’ladi. Bu hodisa esa partenokarpiya deyiladi.
Назорат учун саволлар Changlanish jarayonining mohiyati tushuntiring?
Changlanishning gulli o’simliklarda uchratiladigan asosiy turlari?
Yopiq to’pgullarning turlari izohlang?
Ochiq to’pgullarning turlari?
Qo’sh urug’lanish hodisasi va uning biologik ahamiyati?