8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari.
1. Loyihalash jarayonlari va bosqichlari.
2. Avtomatlashtirilgan loyihalashda ishlatiladigan model va parametrlarini sinflash.
3. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari strukturasi va turlari. Sintez va analiz masalalari. Konseptual loyiha asosida analitik va sonli modellar yaratish. Geometrik modellar tizimlarini qo‘llash.
4.Loyihalashda fizik jarayonlarini taxlil kilish. Dinamik modellashtirish usullarini o‘rganishda CAD, CAM, CAE tizimlarini qo‘llash, texnologik jarayonlarni loyihalash tizimini avtomatlashtirishda amaliy dasturlardan foydalanish.
5. Texnologik avtomatlashtirishda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularning vazifa hamda funksiyalari.
Loyihalash — odam faoliyati yoki loyhani bunynyod qilish bo’yicha tashkilot, shunga o’xshashni bo’lishi, mumkin bo’lgan obekt holatlar jamlanmasi, ma’lum ob’ektni bunyod qilishni tavsiya qilish uni ekspluatsiyasi, hisobdan chiqishdir.
Loyihalash bir qancha bosqichlarni texnik topshiriqdan tortib to namunaviyni sinashgacha jarayonni o’z ichiga oladi. Loyihalash ob’ekti material predmet hisoblanadi. «Loyihalash» tushinchasi loyihani amalga oshirish jarayoni uni ichiga kirmaydi .
“Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanining maqsadi shundan iboratki: loiyhalashdagi ilmiy faoliyatda muhandislik mehnati unimdorligini ko’tarish va iulov muddatini qisqartirish; ishlanmalarni sifatini oshirish; yangi zamonaviy takomillashgan buyumlarni yaratish bilan o’sib borayotgan bozor raqobatida yashovchanlikni ta’minlashdan iboratdir.
Bu bilan mahsulotni yashash davrini qisqartirish va yangi bozorgir buyumlarni qisqa davirda yaratishni taqazo etadi. Mahsulotning yashash davri :
yangi mahsulotga talabni poydo bo’lishi;
yangi g’oyani poydo bo’lishi;
loiyhalash ( ishlab chiqarish) ommaviy mahsulotchiqarish;
ekspluatatsiya qilish, foydalanish;
keraksiz holatga kelish.
Loyihalash o’zining uslubiyatiga ko’ra, tarkibiga omillar va meyorlar faoliyati, subekt, ob’ekt va uning modeli va boshqalarni oladi
Eshik chizmasi konstruksiyasi .
8.1-rasm. CAD-dastur yordamida loyihalash (konstruksiyalash)
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining kompyuter texnologiyasi bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va kompyuter texnologiyasi orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada echish metodlarini asosli tanlash lozim.
Fan quydagi mutahasislik bilimlarini egallash imkonini berishi kerak:
- zamonaviy uslublarni rivojlanish mashinaqurilish ishlab-chiqarishini loiyhalash-texnologik tizim va vositalarini ta’minlash;
- mashinasozlik buyimlari ishlovi va ekspluatatsiyasidagi CAPR TL pogressiv uslublari;
- komp’yuter texnikasidan foydalangan holda TL dagi matematik modellarni uslublarini bunyod qilish va tadqiq qilish.
Konstruksiyalash tushinchasi.
Loyihalash jarayoni ichida, hisoblash bosqichlari bilan birga tajriba tadqiqoti, ko’pincha konstruksiyalash jarayoni deb yuritiladi.
Konstruksiyalash — ishlanadigan ob’ektni bunyod qilishni material obrazi faoliyati,natural ko’rinishini tuzish ishiva uning grafik aksi.(chizmasi, eskizi,komp’yuter modeli). Bu model va ko’rinishlar ,shuningdek buyimni bazibir ko’rinishlari konstruktsiya deb ataladi.
Ko’pincha «konstruksiya»so’zi «tuzilish», «ko’rinish»sifatida foydalaniladi, Konstruksiyalash ko’pincha amalga oshiriladi:
- chizma asboblar yordamida qo’lda, masalan chizma stolda;
- avtomatlashtirilgan holda — loyihalash ishlarini avtomatlashtirish yordamida loyihalash ishlarini avtomatlashtirish (LIAT);
Avtomatik (odam qatnashmasdan) intelektual information tizim yordamida (IIT).
Dostları ilə paylaş: |