1-MAVZU: ALGORITM VA UNING TURLARI.
1. Algoritm tushunchasi va uni formallashtirish
Algoritm – bu algoritmik jarayon bilan ifodalanuvchi aniq ko’rsatmalar
bo’lib, ixtiyoriy bеrilgan boshlang’ich ma'lumotdan boshlanadi (ushbu algoritm
uchun mumkin bo’lgan bеrilganlar majmuasi)
va ushbu bеrilganlar bilan
ifodalanuvchi natija olishga qaratiladi.
Algoritmik jarayon
– bu konstruktiv ob'еktlar (so’zlar, sonlar, ifodalar) ning
diskrеt qadamlar bilan amalga oshiriluvchi kеtma-kеt shakl o’zgartirish jarayonidir.
Protsеdura
(ko’rsatalar komplеksi) – alohida amallar barilishi qoidalarning
knstruktiv aniqlanuvchi tizimidir.
Algoritm
- algoritm bajaruvisi amalga oshiruvchi
qaralayotgan masalalar
sinfiga taalluqli bo’lgan ixtiyoriy masalaning еchimini topish uchun zarur bo’lgan
chеkli sondagi amallar kеtma-kеtligi va mazmunini ifodalovchi formallashtirilgan
va konstruktiv, aniq va to’liq ko’rsatalar tizimi vositasida rеalizatsiya qilinadi.
Algoritm so’zi (termini)
buyuk O’rta Osiyolik
mutafakkir olim Abu
Abdulloh Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (taxminan 783-850 yillarda yashagan)
ismidan kelib chiqqan. 825 - yillarda u Hindistonda kashf qilingan pozitsion o’nlik
sanoq tizimining tavsifini keltirgan “Kitob al jabr val muqabala” (Qo’shish va
ayirish to’g’risidagi kitob) asarini yozadi. Al Xorazmiy yangi sanoq tizimida
arifmetik hisob-kitob qoidalarini
ifodalab, ilk bor son yozuvidagi bo’sh pozitsiyani
ifodalash uchun 0 raqamidan foydalanadi (arabcha as-sifr yoki sifr). Taxminan xuddi
shi vaqtlarga kelib hind raqamlaridah arab olimlari ham foydalana boshlagan. XII
asrning birinchi yarmiga kelib, Al-Xorazmiy qalamiga
mansub yuqorida qayd
etilgan asarning lotin tilidagi tarjimasi Evropaga etib boradi. Ismi noma’lum bo’lgan
tarjimon asar tarjimasini “ Algoritmi de numero Indorum” (Hind hisobi to’g’risidagi
algoritm) deb atagan( “Al Xoravmiy dedi”,- jumlasining lotincha ifodasi “ diskrit
Algorizmi”)
1
. Quyida turli algoritmik ta’riflarga misollar keltiramiz:
Algoritm – alohida olingan olinga masalalar to’plamini rchishga qaratilgan
hamda cheklilik, aniqlik, kirish, chiqish va effektivlik xususiyatlariga ega bo’lgan
qoidalarning chekli to’plamidir (Dolald Knut)
Algoritm –qandaydir sondagi qadamdan keyin qo’yilgan masalaning echimiga
olib keluvchi qat’iy qoidalar bo’yicha bajariluvchi ixttiyoriy hisoblash tizimidir (A.
Kolmogorov)
Algoritm –tanlanuvchi boshlang’ich berilganlardan izlangan natijaga intiluvchi
hisoblash jarayonini ifodalovchi aniq ko’rsatmadir (A. Markov)
Algoritm –berilgan tipdagi barcha masalalar echimiga olib keluvchi qandaydir
amallar tizimining ma’lum tartibda bajarilishi haqidagi aniq ko’rsatmalardir.
(Falsafiy lug’at M.M. Rozental tahriri ostida)
Algoritm –ob’ektning boshlang’ich holatidan oxirgi holatga o’tish jarayonini
ifoda etuvchi bajaruvchiga tushunarli buyryqlar yordamida yozilgan qat’iy
determinlashganxarakatlar keytma-ketluigidir (N.D. Ugrinovich)
Algoritm –ma’lum maqsadlarga chekli sondagi
qadamlarda erishishga
qaratilgan xarakatlarning qat’iy aniqlangan ketma-katligidir. (Privalov E.N