8-Mavzu: Zamonaviy pedagog modeli
REJA:
1.
O‘qituvchi shaxsi umumiy xususiyatlari.
2.
O‘qituvchi shaxsining yo‘nalganligi.
Insonda
professionalizmni
tashkil
etuvchi
unsurlardan
biri
kompetensiya hisoblanadi. Biz yuqorida mamlakatimiz va xorijiy olimlar
tomonidan unga turli-tuman tushunchalar, har xil
fikrlar berilayotganligi
haqida fikr yuritgan edik.
Xorij adabiyotlarida kompetensiyani “chuqur
bilimdonlik”, “berilgan vazifalarni munosib bajarish xususiyati”,
“faoliyatni dolzarb va tezkorlik bilan bajarish qobiliyati”, deb
tushuntirishga urinadilar.
Kasbiy kompetensiya mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi jarayonlarida
shakllanadi va takomillashib boradi. Oliy o‘quv yurtida olib borilgan ta’lim
kasbiy kompetentlik asoslarini shakllanishi jarayoni deb qaralsa, malaka
oshirish tizimidagi o‘qish bu kasbiy kompetensiya takomillashuvi va yanada
chuqurlashuvi jarayoni sanaladi hamda kampetensiyaning
oliy darajaga
ko‘tarilishi deb baholash mumkin. Bunda, albatta, “kompetentlik” va
“kvalifikatsiya” – “malaka” tushunchalarining pedagogik mohiyatini bir-
biridan farq qila bilishni talab qiladi. Mutaxassis uchun berilgan malaka
undan mazkur kasb bo‘yicha tajriba talab qilmaydi, balki o‘quv jarayonlari
davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini ta’lim standartlari talablariga javob
berishini ta’minlaydi. Kvalifikatsiya bu, kasbiy ta’limning shunday turi va
darajasiki (tayyorgarlik), u mutaxassis uchun ma’lum bir ish joyida ishlash
imkonini beradi. Mutaxassis o‘zi uchun zarur bo‘lgan kasbiy tajribaga ega
bo‘lmay turib, malaka oshirishi mumkin. Shulardan ko‘rinib
turibdiki,
“professionalizm” tushunchasi “kasbiy kompetensiya” tushunchasiga
nisbatan ancha kengroqdir.
Professional
–
o‘z kasbining ustasi bo‘lish, nafaqat bilish,
ularni qanday amalga
oshirishni bilishgina emas, balki ana shu bilimlarni hayotga tatbiq eta olish
hamda samarali natijalarga erishishi ham demakdir. Professionalizm
deganda, unga baho berishda, so‘z samarali kasbiy faoliyat to‘g‘risida
bo‘lishi lozim. Pedagogik kompetensiya va professionalizm haqida va ularni
bir-biridan ajratib turuvchi jihatlari to‘g‘risida gaplashib o‘tdik. Demak,
professionalizm mutaxassis kasbiy jihatdan o‘sishining turli qirralarini aks
ettiradi va kasbiy kompetensiyaning to‘rt turini o‘zida ta’minlaydi.
1.
Ijtimoiy yoki faoliyat ko‘rsatuvchi
kasbiy kompetentlik oliy
darajadagi kasbiy faoliyat hisoblanib, o‘z tarkibiga nafaqat maxsus
bilimlarni egallaganlikdan tashqari ularni amaliyotda qo‘llay olishni bilish
demakdir.
2.
Ijtimoiy kasbiy kompetensiya hamkorlikda olib boriladigan faoliyat
usullarini egallaganlik, kasbiy muloqot usullariga ega bo‘lish.
3.
Shaxsiy kasbiy kompetensiya. O‘z-o‘zini
namoyish qilish va
rivojlantirish, kasbiy deformatsiya, tanazzulni oldini olish,
usullarini
egallaganlik, ularning ichiga mutaxassis tomonidan o‘z kasbiy faoliyatni
rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish,
muammolarni anglash
xususiyatlari ham kiradi.
4.
Individual kasbiy kompetensiya o‘z-o‘zini boshqarish yo‘lini
egallaganlik, kasbiy o‘sishga tayyorgarlik, o‘z ishiga sodiqlik, sabr- toqat
xislatlari bilan xarakterlanadi.