8-sinf jahon tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə48/71
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#159399
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
7-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.918

014-Somoniylar (28)

Savollar va javobi


1. IX asrda Somoniylardan hukmronlik qilgan shaxslarning ketma-ketligini aniqlang.
 Nuh-Ahmad-Nasr-Ismoil
2. Somoniylardan bo'lgan Ahmad qachon vafot etgan?
 865-yilda
3. Ahmad vafotidan keyin Nasr qaysi shaharni markazga aylantirdi?
 Samarqand
4. Somoniylardan birinchi bo’lib kumush tanga zarb qilgan shaxsni aniqlang.
 Nasr ibn Ahmad
5. Ismoil Somoniy butun Movaraunnahrning hukmdorigan aylangan sanani aniqlang.
 888 yil
6. Ismoil Somoniy 893 yil qaysi shaharni bosib olib dashtliklarga qattiq zarba bergan edi?
 Taroz
7. Tarixda "Amiri moziy" nomi bilan qolgan hukmdor shaxsni aniqlang.
 Ismoil Somoniy
8. Ismoil Somoniy va Amr ibn Laysni bir-biriga gij-gijlagan arab xalifasini aniqlang.
 Mu’tazid
9. Xalifa Mu'tazid hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
 892-902 yillar
10. Somoniylar va safforiylar o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lib o’tgan sanani aniqlang.
 900 yil
11. Somoniylar sulolasi nechanchi yillarda hukmronlik qilganlar?
 865-999-yillar
12. Somoniylar davlati ravnaq topgan davrda unga qaysi hududlar kirgan? 1.Xuroson 2.Movaraunnahr 3.Sharqiy Turkiston 4.Shimoliy va Sharqiy Eron 5.Hindistonning bir qismi 6.Yettisuv
 1, 2, 4
13. Ismoil Somoniy Movaraunnahr va Xuroson poytaxti etib qayerni belgilaydi?
 Buxoroni
14. Somoniylar davlat boshqaruvi necha qismdan tashkil topgan edi?
 2 ta, dargoh va devon
15. Somoniylar davlatida davlat hujjatlari va elchilik aloqalari bilan qaysi vazirlik shug’ullangan?
 amid-ul mulk devoni
16. Somoniylar davlatida moliya ishlarini qaysi devon boshqargan?
 mustovfiy devoni
17. Somoniylar davlatida harbiy ishlar vaziri nima deb atalgan?
 sohibi shurat
18. Qaysi somoniy hukmdor davrida devonlar uchun maxsus bino qurilgan edi?
 Nasr II
19. Somoniy Nasr II hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
 914-943 yillar
20. Movarounnahrda ilk ilmgoh - madrasa qaysi shaharda qurilgan edi?
 Buxoroda
21. X asrda Buxoroda bunyod etilgan madrasa qanday nomlangan?
 Farjak madrasasi
22. Movaraunnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo’lgan davrni aniqlang.
 IX asr oxirida
23. Shayx-ul islomlar oldin qanday nom bilan atalgan?
 ustod
24. Shayxulislomdan kеyin turadigan islom pеshvosini aniqlang.
 xatib
25. Somoniy hukmdorlar qay biri birinchi bo’lib muntazam armiya tuzadi?
 Ismoil
26. Somoniylar saroyidagi oliy unvonga ega bo’lgan va dargoh ishlarini boshqargan shaxsni aniqlang.
 hojibi-buzruk
27. Somoniylar saroyida qo'shinda yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar qanday unvon olganlar?
 hojib
28. Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi nechanchi asrga taalluqli?
 X asr



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin