8-sinf jahon tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə50/71
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#159399
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
7-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.918

017-18-Qoraxoniylar davlati (35)

Savollar va javobi


1. Qachon qarluqlar Issiqko'lning janubiy sohili va Qoshg'arda yashagan yag'mo qabilasi, chigil va o'g'uz qabilasi bilan birlashgan edilar?
 X asr o'rtalarida
2. Xoqoniya nechanchi asrlarda rivoj topib kuchaygan edi?
 XI-XII asrlarda
3. Qoraxoniylar davlatida qaysi so'zlar oliy darajali hukmdor degan ma'nolarni bildirgan?
 hamma javob to'g'ri
4. Qoraxoniylar davlati tarkibida qaysi qabilalar mavjud bo’lgan?
 yag’mo, chigil, qarluq
5. Buyuklik yoki ulug’lik qadimgi turkiy xalqlarda qanday so’z bilan ifodalangan?
 qora
6. 992 yilda qoraxoniylar hukmdori Movarounnahrga yurish boshlaydi.Ushbu hukmdor ismini aniqlang.
 Xorun Bug'roxon
7. 992 yilda qoraxoniylar Buxoroni egallashganida somoniy Nuh ibn Mansur ularga qarshi kurashish uchun kimdan yordam so’raydi?
 Sobuqtegin
8. Nechanchi yilda somoniylar davlati qoraxoniylar va g'aznaviylar o'rtasida bo'lib olinadi?
 996 yilda
9. Somoniylar davlati X asrda qaysi davlatlar o'rtasida bo'lib olingan edi?
 g'aznaviylar va qoraxoniylar
10. Somoniylar Movarounnahrdagi hukmronligi barham topgan sanani aniqlang.
 999 yil
11. Somoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi kimning Buxoroni egallashi bilan barham topgan edi?
 Nasr Eloqxon
12. Somoniylar davlatining asosiy qismi g’aznaviylar va qoraxoniylar tomonidan bo’lib olingan yilni aniqlang.
 996 yil
13. Qoraxoniylar nechanchi yillarda Xurosonga ikki marta hujum qilgan edilar?
 1006 va 1008 yillarda
14. Qoraxoniylar Xurosonga yurish qilganlarida kim ularga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan edi?
 Mahmud G'aznaviy
15. XI asr boshlarida g'aznaviylar va kimlar o'rtasida hudud uchun kurash boshlanadi?
 saljuqiylar
16. 1038 yilda qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo’ritakin g’aznaviylardan tortib olgan hududlarni aniqlang.
 Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyon
17. Sharqiy qoraxoniylar davlatining poytaxtini aniqlang.
 Bolasog'un
18. Ibrohim Bo'ritegin 1038 yilda Amudaryo bo'ylaridagi viloyatlarni qo'shib olganidan keyin qanday unvon olgan edi?
 bug'roxon
19. Qoraxoniylar davlatni……va……ga bo’lib idora qilganlar?
 el-yurt va viloyatlar
20. Qoraxoniylar eloqxonlari orasida eng katta o’bro’ga ega eloqxon kim bo’lgan?
 Movarounnahr
21. Qoraxoniylar davlatni boshqarishda kimlarning boshqaruv tizimidan foydalanadilar?
 somoniylar
22. Qoraxoniylar davlatida vaqf mulklarining boshqaruvchisi qanday nomlangan edi?
 sadr
23. Qoraxoniylar davlatida Movarounnahr eloqxoni qaysi shaharda taxtda o'tirgan?
 Samarqand
24. O’rta Osiyoda qaysi sulola davrida musulmon ruhoniylarining obro’yi har qachongidan ham balandga ko’tarilgan?
 qoraxoniylar
25. Qaysi davrga kelib “dehqon” atamasi o’zining qishloq hokimi degan ma’nosini yo’qotdi?
 XI-XII asrlarda
26. Qaysi davrdan boshlab yerdan foydalanishning iqto tartibi keng tarqangan?
 XI asrdan
27. Qoraxoniylar qachondan boshlab qoraxitoylar xujumiga uchradilar?
 XII asrning 30-yillaridan
28. Qoraxitoylar qaysi xalqqa mansub qabila hisoblangan?
 mo'g’ul
29. Qoraxitoylar davlatining poytaxtini aniqlang.
 Bolasog'un
30. Qoraxitoylar podshohi qanday nomda atalgan?
 go’rxon
31. Qoraxitoylar va qoraxoniylar o’rtasida jang bo’lib o’tgan sanalarni aniqlang.
 1137 yil, 1141 yil
32. 1137 yilda qoraxitoylar va qoraxoniylar o'rtasida jang qayerda bo'lib o'tgan edi?
 Xo'jand shahri yaqinida
33. Qaysi yilda bo'lib o'tgan jangdan keyin qoraxoniylar davlati tugatilgan edi?
 1141 yilda
34. Buxoro shahridagi Minorai Kalon nechanchi asrga taalluqli inshoot hisoblanadi?
 XII asrga
35. Qoraxoniylar davlatida qaysi shaharlarda tangalar zarb qiladigan zarbxonalar bo'lgan? 1.Bolosog’un 2.Taroz 3.O"zgan 4.Toshkent 5.Buxoro 6.Samarqand 7.Urumchi 8.Urganch
 1, 2, 3, 4, 5, 6



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin