1. Qaysi voqealardan keyin "Dorul hikma va maorif" faoliyati tugatilgan edi?
Xorazmning Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olinishi
2. Movarounnahrda qanday vaziyat madaniy hayot va ilm-fanning rivojlanishi uchun sharoit yaratgan edi?
markazlashgan davlatning tashkil topishi
3. Quyidagi shaxslardan qay bir Ma'mun akademiyasining a'zosi hisoblanmaydi?
Yahyo ibn Abu Mansur
4. "Dorul hikma va maorif" da faoliyat yuritgan Abu Sahl Masihiy yashagan yillarni aniqlang.
970-1011 yillarda
5. "Ma'mun akademiyasi"da faoliyat yuritgan Abulxayr ibn Hammor yashagan yillarni aniqlang.
991-1048 yillarda
6. "Ma'mun akademiyasi"da faoliyat yuritgan Abu Nasr ibn Iroq yashagan yillarni aniqlang.
X asr - 1034 yillarda
7. Gurganjda “Dorul hikmat va Moarif” - Mamun akademiyasi shakllangan sanani aniqlang.
1004 yil
8. Gurganjda “Dorul hikmat va Moarif” - Mamun akademiyasining a'zolari 1017 yildan keyin qaysi shaharga olib ketilgan edilar?
G'azna
9. “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to'g’risidagi” Ozbekiston Respublikasi presidenti Farmoni e’lon qilingan sana aniqlang.
1997 yil 11 noyabrda
10. Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi qachon nishonlangan edi?
2006 yilda kuzida
11. Alloma Abu Nasr Farobiy yashagan yillarni aniqlang.
873-950 yillar
12. Abu Nasr Forobiy umrining oxirlarida qaysi shaharlarda yashagan?
Xalab va Damashq
13. Abu Nasr Forobiy quyida ko’rsatilgan qaysi sohada asar yozmagan?
fiqh
14. Alloma Abu Nasr Farobiy qancha asar yozib qoldirgan?
160 dan ortiq
15. Alloma Abu Nasr Farobiy Arastuning qaysi asariga sharhlar yozgan?
"Metafizika"
16. Sharqda “Muallimus soniy” nomi bilan mashhur bo’lgan shaxsni aniqlang?
Abu Nasr Forobiy
17. Sharqning buyuk hakimi va allomasi Abu Bakr ar-Roziy yashagan yillarni aniqlang.
865-925 yillar
18. Ibn Sino Somoniy hukmdorlaridan kimni davolab shuhrat topgan edi?
Nuh ibn Mansur
19. Ibn Sino qachon va qayerda vafot etdi?
1037 yil, Hamadonda
20. Ibn Sino tibbiyotga doir necha asar yozgan?
43 ta
21. Ibn Sinoning "Al-qonun fit-tib" asari qaysi asrlar davomida Yevropada asosiy qo'llanma sifatida foydalanilgan edi?
XII-XVII asrlar
22. Sharqda "Shayx ur-Rais" nomi bilan mashhur bo'lgan allomani aniqlang.
Abu Ali ibn Sino
23. Quyidagi allomalardan qay biri Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tavallud topgan edi?
Abu Rayhon Beruniy
24. Abu Rayhon Beruniy qachon va qayerda vafot etdi?
1048 yil, G'aznada
25. Quyidagi asarlardan qay biri Beruniy qalamiga mansub emas?
“Al Mufassal”
26. Abu Rayhon Beruniy asarlarida nechta yulduzlarning koordinatalari va kattaliklari qayd etilgan edilar?
1029 ta
27. Abu Rayhon Beruniy nomiga qo'yilgan shahar qayerda joylashgan?
Qoraqalpog'istonda
28. O'zbekistondagi qaysi oliy ta'lim dargohi Abu Rayhon Beruniy nomiga qo'yilgan?
Toshkent Davlat Texnika Universiteti
29. Mahmud az-Zamaxshariy turli sohalarga oid nechta asar yozgan?
50 dan ortiq
30. Qohira dorilfununi talabalari hozirgacha Qur’oni Karimni qaysi asar bo’yicha o’rganadilar?
“Al Kashshof”
31. Islom diniy ta’limotini asoslab beruvchi fan sohasini aniqlang.
kalom
32. Sezgilar yordamida anglash mumkin bo'lmagan obyektlarni o'rganuvchi fan qanday nomlanadi?
metafizika
33. Burhonuddin al-Marg’iloniyning 2000-yilda nechcha yilligi nishonlangan?
910-yilligi
34. Islom dunyosidagi eng mashhur diniy ta'lim beradigan Al-Ahzar universiteti qaysi shaharda joylashgan?
Qohira
35. Maxmud Az-Zamaxshariy qachon va qayerda tavallud topgan?
1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog'ida
36. Burhonuddin al-Marg’iloniy qachon va qayerda tavallud topgan?
1123-yilda Rishtonda
37. Burhonuddin Al –Marg’iloniyning mashshur asarini aniqlang.
“Hidoya”