1. Qachon qarluqlar Issiqko'lning janubiy sohili va Qoshg'arda yashagan yag'mo qabilasi, chigil va o'g'uz qabilasi bilan birlashgan edilar?
A) X asr boshlarida
B) XI asr o'rtalarida
C) X asr o'rtalarida
D) IX asr o'rtalarida
2. Xoqoniya nechanchi asrlarda rivoj topib kuchaygan edi?
A) IX-XII asrlarda
B) X-XI asrlarda
C) XI-XIII asrlarda
D) XI-XII asrlarda
3. Qoraxoniylar davlatida qaysi so'zlar oliy darajali hukmdor degan ma'nolarni bildirgan?
A) hamma javob to'g'ri
B) arslonxon
C) bug'roxon
D) tavg'achxon
4. Qoraxoniylar davlati tarkibida qaysi qabilalar mavjud bo’lgan?
A) qoraxitoy, arslonxon, yag’mo
B) chigil, o’g’uz, totor
C) totor, tarxon, barlos
D) yag’mo, chigil, qarluq
5. Buyuklik yoki ulug’lik qadimgi turkiy xalqlarda qanday so’z bilan ifodalangan?
A) tamg’ach
B) qora
C) arslonxon
D) bug’ro
6. 992 yilda qoraxoniylar hukmdori Movarounnahrga yurish boshlaydi.Ushbu hukmdor ismini aniqlang.
A) Xorun Bug'roxon
B) Go'rxon
C) Nasr Eloqxon
D) Ibrohim Bo'ritegin
7. 992 yilda qoraxoniylar Buxoroni egallashganida somoniy Nuh ibn Mansur ularga qarshi kurashish uchun kimdan yordam so’raydi?
A) Nasr Eloqxon
B) Tug’rulbek
C) Sobuqtegin
D) Mahmud G’aznaviy
8. Nechanchi yilda somoniylar davlati qoraxoniylar va g'aznaviylar o'rtasida bo'lib olinadi?
A) 996 yilda
B) 999 yilda
C) 998 yilda
D) 997 yilda
9. Somoniylar davlati X asrda qaysi davlatlar o'rtasida bo'lib olingan edi?
A) g'aznaviylar va saljuqiylar
B) qoraxoniylar va qoraxitoylar
C) saljuqiylar va qoraxoniylar
D) g'aznaviylar va qoraxoniylar
10. Somoniylar Movarounnahrdagi hukmronligi barham topgan sanani aniqlang.
A) 999 yil
B) 998 yil
C) 1006 yil
D) 996 yil
11. Somoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi kimning Buxoroni egallashi bilan barham topgan edi?
A) Horun Bug'roxon
B) Ibrohim Bo'ritegin
C) Go'rxon
D) Nasr Eloqxon
12. Somoniylar davlatining asosiy qismi g’aznaviylar va qoraxoniylar tomonidan bo’lib olingan yilni aniqlang.
A) 1006 yil
B) 999 yil
C) 998 yil
D) 996 yil
13. Qoraxoniylar nechanchi yillarda Xurosonga ikki marta hujum qilgan edilar?
A) 1006 va 1007 yillarda
B) 1006 va 1008 yillarda
C) 1004 va 1006 yillarda
D) 1002 va 1008 yillarda
14. Qoraxoniylar Xurosonga yurish qilganlarida kim ularga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan edi?
A) Nasr Eloqxon
B) Ibrohim Bo'ritekin
C) Ma'sud G'aznaviy
D) Mahmud G'aznaviy
15. XI asr boshlarida g'aznaviylar va kimlar o'rtasida hudud uchun kurash boshlanadi?
A) saljuqiylar
B) xorazmshohlar
C) qoraxoniylar
D) qoraxitoylar
16. 1038 yilda qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo’ritakin g’aznaviylardan tortib olgan hududlarni aniqlang.
A) Qoshg’ar, Yorkent va Urumchi
B) Xorazm va Xuroson
C) Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyon
D) Farg’ona va Toshkent
17. Sharqiy qoraxoniylar davlatining poytaxtini aniqlang.
A) Bolasog'un
B) Pishpak
C) Samarqand
D) Buxoro
18. Ibrohim Bo'ritegin 1038 yilda Amudaryo bo'ylaridagi viloyatlarni qo'shib olganidan keyin qanday unvon olgan edi?
A) arslonxon
B) bug'roxon
C) qoraxon
D) tavg'achxon
19. Qoraxoniylar davlatni……va……ga bo’lib idora qilganlar?
A) tuman va qasabalar
B) el-yurt va viloyatlar
C) tuman va viloyatlar
D) muzofot va ellar
20. Qoraxoniylar eloqxonlari orasida eng katta o’bro’ga ega eloqxon kim bo’lgan?
A) Xorazm
B) Farg’ona
C) Movarounnahr
D) Bolosog’un
21. Qoraxoniylar davlatni boshqarishda kimlarning boshqaruv tizimidan foydalanadilar?
A) saljuqiylar
B) xorazmshohlar
C) qoraxitoylar
D) somoniylar
22. Qoraxoniylar davlatida vaqf mulklarining boshqaruvchisi qanday nomlangan edi?
A) shayx
B) sadr
C) sayyid
D) mutavalli
23. Qoraxoniylar davlatida Movarounnahr eloqxoni qaysi shaharda taxtda o'tirgan?
A) Bolasog'un
B) Samarqand
C) Pishpak
D) Buxoro
24. O’rta Osiyoda qaysi sulola davrida musulmon ruhoniylarining obro’yi har qachongidan ham balandga ko’tarilgan?
A) somoniylar
B) xorazmshohlar
C) qoraxoniylar
D) saljuqiylar
25. Qaysi davrga kelib “dehqon” atamasi o’zining qishloq hokimi degan ma’nosini yo’qotdi?
A) X-XI asrlarda
B) XI-XII asrlarda
C) XII-XIII asrlarda
D) IX-X asrlarda
26. Qaysi davrdan boshlab yerdan foydalanishning iqto tartibi keng tarqangan?
A) XII asrdan
B) X asr o’rtalaridan
C) IX asr oxiridan
D) XI asrdan
27. Qoraxoniylar qachondan boshlab qoraxitoylar xujumiga uchradilar?
A) XI asr 50-yillaridan
B) XII asrning 30-yillaridan
C) XI asr oxiridan
D) X asr o’rtalaridan
28. Qoraxitoylar qaysi xalqqa mansub qabila hisoblangan?
A) xitoy
B) fin-ugor
C) eroniylar
D) mo'g’ul
29. Qoraxitoylar davlatining poytaxtini aniqlang.
A) Bolasog'un
B) Buxoro
C) Toshkent
D) Samarqand
30. Qoraxitoylar podshohi qanday nomda atalgan?
A) tamg’achxon
B) go’rxon
C) el-arslon
D) eloqxon
31. Qoraxitoylar va qoraxoniylar o’rtasida jang bo’lib o’tgan sanalarni aniqlang.
A) 1126 yil, 1146 yil
B) 1137 yil, 1141 yil
C) 1140 yil, 1147 yil
D) 1134 yil, 1140 yil
32. 1137 yilda qoraxitoylar va qoraxoniylar o'rtasida jang qayerda bo'lib o'tgan edi?
A) Samarqand shahri yaqinida
B) Bolasog'un shahri yaqinida
C) Buxoro shahri yaqinida
D) Xo'jand shahri yaqinida
33. Qaysi yilda bo'lib o'tgan jangdan keyin qoraxoniylar davlati tugatilgan edi?
A) 1137 yilda
B) 1147 yilda
C) 1145 yilda
D) 1141 yilda
34. Buxoro shahridagi Minorai Kalon nechanchi asrga taalluqli inshoot hisoblanadi?
A) XIV asrga
B) XI asrga
C) XIII asrga
D) XII asrga
35. Qoraxoniylar davlatida qaysi shaharlarda tangalar zarb qiladigan zarbxonalar bo'lgan? 1.Bolosog’un 2.Taroz 3.O"zgan 4.Toshkent 5.Buxoro 6.Samarqand 7.Urumchi 8.Urganch
A) 1, 3, 5, 6, 7
B) 1,2, 4, 5, 6, 7
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) 2, 3, 6