8-sinf jahon tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/71
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#159399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
7-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.918

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Testlar
TEST SAVOLLAR


001-Kirish-Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar (7)

Testlar


1. O'zbekiston tarixining ushbu davri qaysi asrlarni o'z ichiga oladi?
A) V-XV asrlar
B) IV-XVII asrlar
C) IV-IX asrlar
D) IV-XVI asrlar
2. Ilk o'rta asrlarda chokarlar kimlar?
A) dehqonlarning qo’riqchilari
B) erkin jamoachi qo’shchilar
C) shahardagi savdogar aholi
D) qishloqdagi yerga ishlov beruvchilar
3. Ganchkor bo'rtma olqor tasviri qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Varaxsha
B) Tuproqqal'a
C) Afrosiyob
D) Bolaliktepa
4. Dеhqonlar osoyishtalik davrida chakorlardan qanday foydalanganlar?
A) qishloq aholisi ustidan hukm yuritganlar
B) harbiy yurishda qatnashganlar
C) katta ariqlar qazganlar
D) boshqa yеrlarni o’zlashtirganlar
5. V asr o’rtalariga kеlib ziroatkor еrlardagi obikor yеrlarning asosiy qismi kimga tеgishli edi?
A) majusiy ruhoniylarga
B) qishloq jamoalariga
C) davlat boshlig’iga
D) dеhqonlarga
6. Ilk o’rta asrlarda "dehqon" atamasi nima ma’no bildirgan?
A) qishloq qo’rg’onida yashovchilar
B) jamoa ishlariga boshchilik qiluvchi
C) yerga ishlov beruvchi erkin qo’shchi
D) qishloq hokimi
7. Quyidagi atamalardan qaysi biri noto’g’ri izohlangan?
A) chokar – dehqon qo’riqchilari
B) kashovarzlar – umumiy yerga egalik qulivchi jamoachi ziroatchilar
C) dehqon – qishloq hokimi
D) kadivarlar – erkin qo’shchilar


002-Ilk orta asrlar davlatlari (36)

Testlar


1. Qang’ davlatidan ajralib chiqqan davrda Xorazm davlatining poytaxti dastlab qayеr bo’lgan?
A) Tuproqqal'a
B) Qo’yqirilganqal'a
C) Kat
D) Ellikqal'a
2. Qang’ davlatidan ajralib chiqqan davrda Xorazm davlatini qaysi sulola vakillari boshqara boshlaydilar?
A) xioniylar
B) afrig’iylar
C) toxarlar
D) xorazmshohlar
3. Xorazmshoh Afrig' qachon o'z davlatining poytaxtini Kat shahriga ko'chiradi?
A) 301 yilda
B) 306 yilda
C) 256 yilda
D) 305 yilda
4. Xorazmshoh Afrig' zarb qilgan tanganing bir tarafiga shoh orqasiga....tasviri tushirilgan edi.
A) burgut
B) arslon
C) suvoriy
D) shohbozlochin
5. Abu Rayxon Beruniyning yozishicha xorazmshoh unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilganlar?
A) afrig'iylar
B) anushteginiylar
C) siyovushlar
D) ma'muniylar
6. Beruniyning ma'lumotiga ko'ra xorazmshoh unvonini kim birinchi bo'lib olgan?
A) Xusrav
B) Farasman -
C) Saksafar -
D) Kayxusrav -
7. Ma'lumotlarga ko'ra Xorazmni quyidagi qaysi sulolalar boshqargan?
A) anushteginiylar
B) oltintoshlar
C) afrig’iylar
D) ma'muniylar
E) hammasi
8. Ma'lumotlarga ko'ra Xorazmni ma'muniylardan keyin qaysi sulola boshqargan?
A) anushteginiylar
B) ma'muniylar
C) afrig’iylar
D) oltintoshlar
9. Qo'lida burgut ushlagan hukmdor haykali qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Ellikqal’a
B) Kat
C) Tuproqqal’a
D) Anqaqal’a
10. Qo’lida shohbozlochin tutgan hukmdor tasviri ifodalangan tangalar qayerdan topilgan?
A) Tuproqqal’a
B) Kat
C) Ellikqal’a
D) Anqaqal’a
11. Xorazmning VI asrning 60-yillarida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligi haqida yozib qoldirgan tarixchini aniqlang?
A) Tatsit
B) Prokopiy
C) Mavrikiy
D) Menandr
12. Ilk o'rta asrlarda Xorazmshohlarning hukmdorlik ramzi nima bo'lgan?
A) burgut va suvoriy
B) suvoriy va lochin
C) burgut va arslon
D) burgut va lochin
13. Xioniylar O’rta Osiyoga qachondan kirib kela boshlaganlar?
A) III asrdan
B) V asrning 20- yillaridan
C) IV asrning 70- yillaridan
D) IV asr o’rtalaridan
14. Qachon xioniylar So’g’dga bostirib kiradilar?
A) 353 yilda
B) 356 yilda
C) 359 yilda
D) 370 yilda
15. Xioniylar O’rta Osiyoga qayerdan kirib kelganlar?
A) Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan
B) Sirdaryo va Orol bo’ylaridan
C) Eron va Kaspiyortidan
D) Badaxshondan
16. Quyidagi shaxslardan xioniylar hukmdorini aniqlang.
A) Grumbat
B) Kidar
C) Eftalon
D) Mihirakula
17. Xioniylar sosoniylarning qaysi hukmdori bilan jang olib borganlar?
A) Shopur II
B) Ardasher
C) Pero’z
D) Anushervon
18. Xioniylar O’rta Osiyoda qachondan boshlab uzil-kesil hukmronlik o’rnatganlar?
A) III asrdan
B) IV asr o’rtalaridan
C) IV asrning 70- yillaridan
D) V asrning 20- yillaridan
19. Quyidagi davlatlardan qaysi biri 120 yil hukmronlik qilgan?
A) eftaliylar
B) kidariylar
C) afrig’iylar
D) xioniylar
20. Kidariylar qachondan boshlab O’rta Osiyoga kirib bostirib kirdilar?
A) IV asr o’rtalaridan
B) III asrdan
C) IV asrning 70- yillaridan
D) V asrning 20- yillaridan
21. Toxarlar O’rta Osiyoga qaysi hudud orqali kirib keldilar?
A) Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan
B) Badaxshondan
C) Eron va Kaspiyortidan
D) Sirdaryo va Orol bo’ylaridan
22. Toxarlar kimlarning avlodlari edilar?
A) xioniylar
B) dulu qabilasi
C) xunnlar
D) kushonlar
23. Kidariylar davlatining poytaxtini aniqlang.
A) Marv
B) Tolikon
C) Poykand
D) Balx
24. V asrning 30-50 yillarida bir-biri bilan ayovsiz urush olib borgan davlatlarni aniqlang.
A) sosoniylar va eftaliylar
B) guptalar va kidariylar
C) kidariylar va sosoniylar
D) xioniylar va sosoniylar
25. 456 yilda….
A) A va B
B) Eftaliylar Xitoyga elchi jo’natdilar
C) Sosoniylar Kidariylarni yengishdi
D) Turk xoqonligi tashkil topdi
26. Eftaliylardan zarbaga uchragan kidariylar Shimoliy Hindistonda yana necha yil davomida hukmronlik qilganlar?
A) 120 yildan ortiq
B) 50 yil
C) 200 yil
D) 75 yil
27. Qadimda eftallarning ilk ajdodlari yashagan Xitoyning shimoliy-g'arbiy hududi qanday nomlangan?
A) O'tukan
B) Sinszyan
C) Dunbey
D) Xesi
28. Eftaliylar yurtimizga qachon kirib kelganlar?
A) V asr boshlaridan
B) IV asr o’rtalaridan
C) IV asrning 70- yillaridan
D) V asrning o’rtalaridan
29. “Eftal” degan nom xeptal shaklida qanday manbalarda uchraydi?
A) turk
B) hind
C) arman
D) vizantiya
30. Eftaliylarning O’rta Osiyoga yurishlariga qaysi shoh boshchilik qilgan?
A) Kanik
B) Vaxshunvor
C) Mihirakula
D) Kunxa
31. Eftaliylar va sosoniylar o’rtasidagi urushlar qaysi sosoniy podshosi davrida avjiga chiqadi?
A) Ardasher
B) Shopur II
C) Pero’z
D) Anushervon
32. Qaysi vizantiya impеratori bеrgan o’lpon evaziga sosoniylar shohi Pеroz qutqarib qolinadi?
A) Yustinian
B) Yustin
C) Еvsеviy
D) Zеnon
33. Pеrozning eftaliylarga III mag’lubiyati oqibatlarini aniqlang.
A) Eron ustiga katta o’lpon solinadi
B) A va B
C) Marv eftaliylar tomonidan ishg’ol etiladi
D) Kubod eftaliylarga garov sifatida berildi
34. Sosoniylarning eftaliylarga beradigan boj-yasoqlari nima miqdorida belgilangan edi?
A) ipak
B) oltin
C) g’alla
D) kumush
35. Eftaliylar bilan nisbatan tinchlik munosabatlarini olib borgan sosoniy hukmdorlarini aniqlang.
A) A va C
B) Kubod
C) Yazdigird III
D) Xusrav Anushervon
36. Sosoniylar podshohi Kubod hukmronlik qilgan sanalarni aniqlang.
A) milodiy 500-531 yillar
B) milodiy 459-484 yillar
C) milodiy 531-579 yillar
D) milodiy 488-531 yillar


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin