1. Umaviy xalifa Marvon II davrida aholining umumiy noroziligiga nima sabab bo’lgan edi?
ikkita javob to'g'ri
2. So'nggi umaviy xalifasi Marvon II qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
744-750-yillarda
3. Abu Muslim qaysi shahardan bo'lgan?
Kufadan
4. Abu Muslim qachon Xurosonga keldi?
746-yilda
5. Abu Muslim qachon aholini umaviylarga qarshi kurashga da'vat etdi?
747-yilda
6. Abu Muslim o'ziga kelib qo'shilgan kishilarga qanday maosh to'lagan?
avval 3, keyin 5 dirhamdan
7. Abu Muslimning g’oyalariga xayrxoh bo’lgan aholi dastlab qayerga to’planadi?
Moxuvon qal’asi
8. Abu Muslim tomonidan qullar boshlig’i etib tayinlangan shaxsni aniqlang.
Dovud
9. Abu Muslim qullarga qayerdan joy ajratib bergan edi?
Shavval qishlog'idan
10. VIII asrning o'rtalarida qaysi davlat qo'shinlari Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Turkistonga bostirib kirgan edi?
Xitoy
11. Abbosiylardan bo’lgan birinchi xalifani aniqlang.
Abul Abbos Saffoh
12. Abbosiylar hukmronligiga qarshi ilk qo’zg’olon qachon va qayerda bo’lib o’tgan edi?
750 yil, Buxoroda
13. 751 yilda xitoyliklarni Talos vodiysidan quvib yuborgan shaxsni aniqlang.
Ziyod ibn Solih
14. Abbosiylarning ramzi bo’lgan rangni aniqlang.
qora
15. "Shohizinda" atamasining ma'nosini aniqlang.
Tirik shoh
16. Umaviylardan bo'lgan so'nggi xalifani aniqlang.
Marvon II
17. Ziyod ibn Solih boshchiligidagi qo'shin kimlardan tashkil topgan edi?
arab, sug'd va turklar
18. Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg’olon nechanchi yillarda bo'lib o'tgan?
747-749-yillarda
19. Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg’olon qayerlarda bo'lib o'tgan
Xuroson va Movarounnahrda
20. Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg'olonda qaysi xalifalik sulolasi hokimiyatdan ag'darildi?
umaviylar