8-sinf jahon tarixi


-Urug’chilik jamiyati (25)



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə4/80
tarix24.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#191261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
6 Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 ta Javoblari bilan

3-Urug’chilik jamiyati (25)

Testlar


1. Qaysi davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o’zgargan?
A) so'nggi paleolit
B) mezolit
C) o’rta paleolit
D) ilk paleolit
2. Kromanyon odam qaysi davrda yashagan?
A) ilk paleolit
B) mezolit
C) so'nggi paleolit
D) o’rta paleolit
3. O’zbekistonda so'nggi paleolit davriga oid odam manzilgohlari topilgan hududlarni aniqlang.
A) hamma javoblar to’g’ri
B) Farg’ona vodiysi
C) Samarqand shahri
D) Toshkent viloyati Ko’lbuloq manzili
4. Qachon odamlar takomillashgan kesuvchi, arralovchi, parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan?
A) 25-30 ming yil avval
B) mil.avv.12-7 ming yilliklarda
C) 5-4 ming yil avval
D) 35-40 ming yil avval
5. Insonlar qachondan taqinchoqlar yasay boshlaganlar?
A) ilk paleolit davridan
B) so'nggi paleolit davridan
C) mezolit davridan
D) o’rta paleolit davridan
6. Eng qadimgi odamlar qachondan urug’ jamoalariga ajralib chiqishgan?
A) mezolit davridan
B) o’rta paleolit davridan
C) so'nggi paleolit davridan
D) ilk paleolit davridan
7. Turar joylar qurilishi qaysi davrda ixtiro qilingan?
A) ilk paleolit davri
B) o’rta paleolit davri
C) so'nggi paleolit davri
D) mezolit davri
8. Inson qaysi davrda sun’iy olov hosil qilishni o’rganib olgan edi?
A) ilk paleolit davri
B) mezolit davri
C) o’rta paleolit davri
D) so'nggi paleolit davri
9. Mezolit davri qaysi -mingyilliklarni o’z ichiga oladi?
A) mil.avv.40-12 -mingyilliklar
B) mil.avv.12-7 -mingyilliklar
C) mil.avv.6/4 -mingyilliklar
D) mil.avv.100-40 -mingyilliklar
10. Muzlik davri qachon poyoniga yetgan?
A) neolit davri boshlanishi bilan
B) so'nggi paleolit davri boshlanishi bilan
C) ilk paleolit davri boshlanishi bilan
D) mezolit davri boshlanishi bilan
11. Inson qaysi davrda o’q-yoy yasashni o’rganib olgan?
A) neolit davri
B) paleolit davri
C) eneolit davri
D) mezolit davri
12. Inson qaysi davrda hayvonlarni qo’lga o’rgata boshlagan?
A) mezolit davri
B) paleolit davri
C) eneolit davri
D) neolit davri
13. Mezolit davrida Old Osiyoda xo’jalikning qaysi tarmog’i vujudga kelgan?
A) ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik
B) ibtidoiy ziroatchilik va ovchilik
C) ibtidoiy baliqchilik va ovchilik
D) ibtidoiy termachilik va ovchilik
14. Qachondan urug’ jamoalari nafaqat Osiyo va Afrikada, balki Yevropa shimolida ham keng joylasha boshladilar?
A) neolit davridan
B) so'nggi paleolit davridan
C) mezolit davridan
D) paleolit davridan
15. Mezolit davriga oid manzilgohlar O’zbekistonning qaysi hududlarida ko’plab uchraydi?
A) Farg’ona vodiysida
B) O’zbekiston janubida
C) hamma javoblar to’g’ri
D) Toshkent vohasida
16. Mezolit davriga oid manzilgohlarning to'liq qatorini aniqlang.
A) Machay, Zarautsoy
B) Selung’ur, Ko’lbuloq
C) Obishir, Qo'shilish va Machay
D) Obishir, Qo’shilish
17. Insonlar qachondan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tgan?
A) bronza davridan
B) eneolit davridan
C) neolit davridan
D) paleolit davridan
18. O’rta Osiyoda neolit davri qaysi -mingyilliklar bilan davrlashtiriladi?
A) mil.avv.12-4 -mingyilliklar
B) mil.avv.7-2 -mingyilliklar
C) mil.avv.6-4 -mingyilliklar
D) mil.avv.12-7 -mingyilliklar
19. Insonlar sopol idishlar yasashni qaysi davrda kashf etishgan edi?
A) paleolit
B) eneolit
C) neolit
D) mezolit
20. Odam qaysi davrda kichik mehnat qurollari-mikrolitlar yasashni o’rgandilar?
A) eneolit
B) neolit va mezolit
C) paleolit
D) mezolit
21. Insonlar qaysi davrda toshga ishlov berishning silliqlash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo’llay boshladilar?
A) neolit
B) eneolit
C) paleolit
D) mezolit
22. Qaysi davrdan qabilalar o’troq turmush tarziga o’tib, doimiy turar joylar qura boshlaganlar?
A) mezolit
B) eneolit
C) neolit
D) paleolit
23. Qaysi davrdan insonlar paxsa imoratlar qurishni boshlaganlar?
A) neolit
B) paleolit
C) eneolit
D) mezolit
24. Kulolchilik va to’quvchilik hunarmandchiligi qaysi davrda ixtiro qilingan?
A) mezolit
B) bronza
C) eneolit
D) neolit
25. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida aholi qachondan ziroatchilikka o’tganlar?
A) mil.avv.6-5-mingyilliklar boshlarida
B) mil.avv.12-10-mingyilliklar boshlarida
C) mil.avv.4-3-mingyilliklar boshlarida
D) mil.avv.12-7-mingyilliklar boshlarida



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin