1. «Diadohlar» kimligini aniqlang.
Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ng hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar
2. Hukmdorning cheklanmagan hokimiyati joriy qilingan davlat qanday nomlanadi?
imperiya
3. Nekropol nimaligini aniqlang.
qabriston; maqbara
4. Tiran so’zining ma’nosini aniqlang.
mutlaq hokimiyatga ega bo’gan hukmdor
5. Asrlar, davrlar, vaqt o’lchovi haqidagi fan qanday nomlanadi?
xronologiya
6. Parfiya davlati gullab-yashnagan vaqtni aniqlang.
mil.avv.I asr
7. Qizil bo’yoqda yovvoyi ho’kizlarni ovlash tasvirini qadimgi rassomlar qayerda chizib qoldirganliklarini aniqlang.
hamma javoblar to’g’ri
8. Jamiyatning rivojlanishini aniqlaydigan va unda odamlarning rolini belgilovchi ta’limot – bu…?
mafkura
9. «Amfora» nimaligini aniqlang.
qo’shaloq dastali katta ko’za
10. «Amulet» nimaligini aniqlang.
yovuz ruhlar va balo-ofatlardan himoya qiluvchi tumor
11. Oltin mo’ynani izlab «Argo» degan ko’p eshkakli kemada daryoga chiqqan Ellada qahramonlari qanday atalgan?
argonavtlar
12. «Ariylar» deyilgan qadimgi xalqlarning nomi tarjimasi qanday ma’noni bildiradi?
erkinlar,sodiqlar»
13. Davlatga oid hujjatlar saqlanadigan joy qanday nomlanadi?
arxiv
14. Binolar va boshqa inshootlarni barpo etish san’ati qanday nomlanadi?
arxitektura
15. Gomer «Iliada» dostonida yunonlarni qanday nom bilan atagan edi?
danaylar