6 Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 ta Javoblari bilan
51-Rim imperiyasining yemirilishi (20)
Savollar va javobi
1. Rim imperiyasining poytaxtini imperator Konstantin qachon Vizantiy shahriga ko’chirgan edi?
330-yil
2. Vizantiy shahri joylashgan hududni aniqlang.
Bosfor bo’g’ozida
3. Qaysi shahar imperator sharafiga Konstantinapol deb nomlangan edi?
Vizantiya shahri
4. Rim imperiyasi qachon G’arbiy va Sharqiy qismlarga ajralgan edi?
395-yil
5. Rim imperiyasi ikki qismga ajralgan vaqtda imperatorning yagona hokimiyati saqlangan tomonini aniqlang.
Sharqiy Rim imperiyasi
6. Milodiy III asrda Rimda….
imperiya zaiflashgan
7. Rimda qaysi imperator zamonidan bosqinchilik urushlari olib borilmagan edi?
Trayan
8. Rimda imperatorni armiya saylaydigan tartib o’rnatilgan sanani aniqlang.
III asrda
9. Rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog’onasida turuvchi xalqlarni qanday nomlashgan edi?
«varvarlar»
10. Rim imperiyasini qullar va kolonlar qo’zg’oloni qamrab olgan sanani aniqlang.
IV-V asrlar
11. Rimga «varvarlar»ning imperiyaga hujumlari qancha vaqt davom etgan?
150 yildan ko’p
12. Qachon Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni bosib olganlar?
410-yil
13. Alarix boshchiligidagi gotlarga Rim darvozalarini ochib bergan tabaqani aniqlang.
qullar
14. Qadimgi qaysi shaharni «boqiy shahar» deya tariflashar edi?
Rim
15. Tarixchi qaysi davlatning qulashi haqida «Butun Yer yuzining jahon shamchirog’i ham so’ndi» deb yozgan edi?
Rim imperiyasi
16. Attila boshchiligidagi xunnlar qachon Italiyaga bostirib kirgan edilar?
452-yil
17. Milodiy 455-yilda Rimga hujum qilgan qabilani aniqlang.
vandallar
18. Qachon Rimning so’ngi imperatori Romul saroydan haydab yuborilgan edi?
476-yil
19. G’arbiy Rim imperiyasi qulagan sanani aniqlang.
476-yil
20. Qaysi sanadan O’rta asrlar tarixi boshlanganligini aniqlang.
476-yil