1. Qadimgi Rimda imperator poytaxt aholisi uchun qurdirgan hammomlar qanday nomlangan?
term
2. «Term» atamasining ma’nosini aniqlang.
«issiq» ma’nosini
3. Rimda badavlat xonadon farzandlari necha yoshdan maktabga qatnar edilar?
6 yoshdan
4. Rim maktablarida yozuvni o’rganayotgan bolalar yozadigan metall ruchka qanday atalgan?
stil
5. Rimda o’rta miaktablar qanday atalganini aniqlang.
grammatika
6. Qadimgi Rim maktablarida qaysi tilni o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan?
yunon tilini
7. Rimda siyosiy arbob bo’lishni istagan har bir kishi qaysi fanni o’zlashtirgan?
notiqlik va ritorika
8. Rim shahri eng yirik va aholisi ko’p shahar bo’lgan sanani aniqlang.
I asrda
9. Rimda yuqori qismidan anhorlar o’tkazilgan ko’priklar qanday atalgan?
akveduk
10. Rimliklar ixtiro qilgan qurilish materialini aniqlang.
beton
11. Rimda harbiy kemalar jangi o’tkaziladigan eng katta inshootni aniqlang.
Kolizey amfiteatri
12. Rimdagi «barcha xudolar ibodatxonasi» ni aniqlang.
Panteon ibodatxonasi
13. Tit, Liviy, Tatsit, Plutarxlar qaysi davlat tarixchilari bo’lgan?
Rim tarixchilari
14. Rivoyatlarda «Xudoning o’g’li» Iso qayerda tug’ilgan deb tarqalgan edi?
Nazaret shahrida
15. «Xudoning o’g’li» Iso 30 yoshida Iordan daryosida kim tomonidan cho’qintirilgan edi?
Ioann
16. «Xudoning o’g’li» Isoni o’lim jazosiga mahkum etishni tasdiqlagan Rim noibini aniqlang.
Pontiy Pilat
17. «Xudoning o’g’li» Isoni qayerda xochga tortgan edilar?
Golgof tog’ida
18. Iso Masih haqidagi rivoyatlar qanday nom olgan?
Yevangaliya
19. Yevangaliya so’zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
«xushxabar»
20. Xristianlik jamoalariga kim boshchilik qilishini aniqlang.
yepiskoplar
21. Iso payg’ambar ta’limoti izdoshlari qanday nom bilan atalgan?
xristianlar
22. Xristianlik dini vujudga kelgan sanani aniqlang.
milodiy I asr
23. Milodiy 313-yilda xristianlik boshqa dinlar bilan teng bir din deb e’lon qilingan farmon chiqargan imperatorni aniqlang.
Konstantin
24. Rimda qaysi imperator xristianlik ramzini o’z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g’alaba qozongan?
Konstantin