6 Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 ta Javoblari bilan
35-36-O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (30)
Savollar va javobi
1. Fors shohi Kir II mil.avv.545 va 540-yillarda qaysi hududlarni bosib olgan edi?
Parfiya, Baqtriya, Marg’iyonani
2. Fors shohi Kir II qachon ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish boshlagan?
mil.avv.530-yil
3. Fors shohi Kir II ning massagetlar yurtiga bostirib borishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan?
Gerodot
4. Kir II massagetlar ustiga yurish qilganda massagetlar hukmdori kim bo’lgan?
To’maris
5. Fors podshosi Kir II qaysi jangda halok bo’lganligini aniqlang.
massagetlar bilan bo’lgan jangda
6. Fors shohi Doro I hukmronligining birinchi yilida qayerda yirik xalq qo’zg’oloni ko’tarilgan edi?
Marg’iyona
7. Marg’iyonada forslarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloniga kim rahbarlik qilgan edi?
Frada
8. Fors podshosi Doro I qo’shini va Frada boshchiligidagi qo’zg’olonchilar o’rtasida hal qiluvchi jang qachon bo’lganligini aniqlang.
mil.avv.522-yil
9. Mil.avv.521-yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
Forslarga qarshi qo’zg’olon ko’targan Frada qatl qilindi
10. Fors podshosi Doro I qachon saklar ustiga yurish qilgan edi?
mil.avv.519-yil
11. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan edi?
Poliyen
12. Saklar yurtiga Doro I yurish qilganda ularning sardori Skunxa bo’lganligi haqida qayerda ma’lumot keltirilgan?
«Behistun» bitiklarida
13. Tarixchi Poliyen qaysi asrda yashaganligini aniqlang.
mil.avv.II asrda
14. Fors podshosi Doro I ning qaysi xalq ustiga qilgan yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan?
saklar ustiga
15. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurish qilgan qo’shinini Shiroq ismli cho’pon mag’lub qilgani haqidagi ma’lumot bizgacha qanday yetib kelgan?
Poliyenning rivoyati orqali
16. Ahamoniylar davlatni alohida viloyatlarga bo’lib tashlagan edilar.Bu viloyatlar qanday atalgan?
satraplik
17. Qaysi forscha so’z «xshatra» - «viloyat» so’zidan kelib chiqqan?
satraplik
18. Ahamoniylar davrida cheklanmagan hokimiyat berilgan viloyat hokimi qanday atalgan?
satrap
19. O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan?
uch satraplikka
20. Fors podshosi Kserks qaysi yillarda hukmronlik qilganligini aniqlang.
mil.avv.486-465-yillar
21. Ahamoniylardan kimning hukmronligi davrida O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida qatnashgan edilar?
Doro I va Kserks davrida
22. Marafon jangida fors qo’shinlari markazida O’rta Osiyoning qaysi xalqi muvaffaqiyatli janglar olib borgan?
saklar
23. Qaysi tarixchi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O’rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog’larini mufassal tasvirlagan?
Gerodot
24. Yunon-fors urushida baqtriyaliklar jangda qanday qurollar bilan qatnashganlar?
kamon va nayzalar bilan
25. Yunon-fors urushlarida qaysi O’rta Osiyo xalqi xanjar va oyboltalar bilan qatnashgan?
saklar
26. Qaysi muallif Salamin yonidagi dengiz jangida halok bo’lgan baqtriyaliklar haqida yozib qoldirgan?
Esxil
27. Saklar, xorazmiylar va massagetlar qachon Ahamoniylar davlati tarkibidan mustaqil bo’lganlar?
mil.avv.IV asrda
28. Mil.avv.VI-IV asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylarida hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang.
hamma javoblar to’g’ri
29. O’rta Osiyo hududida qachon dastlabki tanga pullar tarqalgan?
mil.avv.V-IV asrlarda
30. Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi qachon topilganligini aniqlang.
1877-yil